Ikkinchi bosqichning
o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda soliqlar
davlat byudjetini shakllantirishning asosiy manbasi sifatida ko‘rilgan.
Yevropa mamlakatlarida demokratiyaning rivojlanishi
natijasida soliqlarni hisoblash va undirish borasida
aholining haq-huquqlarini himoya qilish masalalari
o’rtaga tashlandi. Natijada
1689 yil
Angliyada
«Bill
huquqlari»
kitobida qat’iyan xalq vakillari organlariga
davlat daromadlari hamda xarajatlari to’g‘risida
ma’lumot berishi belgilandi.
Frantsiyada faqatgina 1791 yil «Ulug‘ Frantsuz
revolyutsiyasi» dan keyin davlat byudjeti va
soliqlari haqida ma’lumot berila boshlandi.
Soliqqa tortish tizimi rivojlanishi bilan bir
qatorda soliqqa tortish nazariyasi ham asta-
sekin takomillashib bordi. Soliqqa tortish
nazariyasining ilk asoschisi shotlandiyalik
iqtisodchi
Adam Smitdir
(1723-1790).
Do'stlaringiz bilan baham: |