1. Soliqlarning paydo bo‘lishi, ilk ko‘rinishlari va rivojlanish
bosqichlari
Keyinchalik joriy etilgan soliqlar esa,
bevosita qabila hamda urug‘lar o‘rtasida
davom etib turgan urush-janjallarga
bog‘liqdir. Bunday soliqlar natura shaklida
bo‘lib, bir qabilani bosib olish yoki o‘zini
muhofaza qilish uchun safarbar etilgan.
Soliqlar paydo bo‘lishi va rivojlanishi jarayonida ularning shakllari
ham o‘zgarib kelmoqda. Agarda bugungi kunga kelib soliqlar
asosan pul shaklida undirilayotgan bo‘lsa, ular qadimda bir qancha
ko‘rinishlarda, jumladan, mehnat shaklida, natura shaklida
undirilgan. Shu bilan birgalikda jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti
yuksalishiga mos ravishda soliqlarning pulli shaklda undirilishi ham
tobora rivojlanib bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |