Soliq ma’murchiligi tushunchasi va uni ahamiyati


 Soliq to’lovchilarni hisobga olish tartibining tahlili



Download 323,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/16
Sana20.06.2023
Hajmi323,02 Kb.
#952336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1. Soliq ma’murchiligi tushunchasi va uni ahamiyati

3. Soliq to’lovchilarni hisobga olish tartibining tahlili 
Soliq ma’murchiligi keng tushuncha bo’lib, u soliq siyosatining asosiy 
tarkibiy qismini tashkil etadi va davlat bilan soliq to’lovchi o’rtasidagi 
munosabatlarga bog‘liq bo’lgan bir qator yo’nalishlarini qamrab olishini bitiruv 
malakaviy ishimizning birinchi bobida o’rganib chiqdik. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 51-moddasida fuqarolarning 
qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to’lash bo’yicha 
majburiyatlari ifodalangan. Ushbu asosda soliq to’lovchilarning davlat byudjetiga 
soliqlar va bosh majburiy to’lovlarni to’lash bo’yicha munosabatlari O’zbekiston 
Respublikasining Soliq kodeksida belgilab berilgan. 
Mazkur konstitutsiyaviy majburiyatlarning bajarilishi, ya’ni soliq to’lovchi 
har qanday Yuridik va jismoniy shaxslarning belgilangan soliq va boshqa majburiy 
to’lovlarni byudjetga to’lanishi davlat soliq xizmati organlari tomonidan birinchi 
navbatda soliq to’lovchilarni hisobga olish yo’li bilan ta’minlanadi. 
Har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’zining faoliyatini boshlashdan oldin 
belgilangan tartibda davlat ro’yxatidan o’tishi shart. Shu sababdan soliq 
to’lovchilarni hisobga olish soliq ma’murchiligining dastlabki eng muhim bosqichi 
bo’lib, ushbu jarayon quyidagai huquq me’yorlarga muofiq amalga oshiriladi. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni ro’yxatga olish tartibi tadbirkorlik 
sub’ektlariga qulay sharoitlar yaratish va ma’muriy sarf-xarajatlarni kamaytirish 
maqsadida yil sayin takomillashib bormoqda.Mazkur jarayon hozirgi kunda asosan 
O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2016 yil 28 oktyabrdagi «Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat 
ro’yxatdan o’tkazish va hisobga qo’yish tizmimini takomillashtitish to’g‘risida»gi 
va Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 fevraldagi “Tadbirkorlik subektlarini davlat 


20 
ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g‘risida”gi 66-son qarorlarida belgilangan tartib-
qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 
“O’zbekiston Respublikasida soliq to’lovchilarning identifikatsiya raqamlarini 
berish va qo’llash tizimi to’g‘isida”gi 130-sonli qarori bilan tasdiqlangan 
“O’zbekiston Respublikasida soliq to’lovchilarning identifikatsiya raqamlarini 
berish va qo’llash tizimi to’g‘risidagi nizomga asosan davlat soliq xizmati 
organlarida soliq to’lovchilar ro’yxatdan o’tkazilib ularga identifikatsiya raqami 
beriladi. Mazkur jarayon to’liq avtomatlashtirilgan va ushbu raqamni berish 
muddati 8 ish soatdan oshmasligi lozim.
Soliq to’lovchining identifikatsiya raqami soliq to’lovchining soliq 
organlarida ro’yxatdan o’tganligi to’g‘risida ma’lumot hisoblanadi va bu raqam 
soliq to’lovchining barcha moliyaviy hujjatlarida ko’rsatilishi kerak. 
Nizomga muvofiq, soliq to’lovchilarni hisobga olish Davlat soliq 
qo’mitasida Yagona davlat reestrida olib boriladi.
Davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq to’lovchiga berilgan 
identifikatsiya raqami berilganligi to’g‘risidagi guvohnoma yoki soliq to’lovchi bir 
vaqtning o’zida davlat soliq xizmati organlarida va davlat statistikasi organlarida 
hisobga qo’yilgan holda davlat ro’yxatidan o’tkazilgan taqdirda, davlat ro’yxatidan 
o’tkazilganlik to’g‘risidagi guvohnoma soliq to’lovchining hisobga qo’yilganligini 
tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. 
Soliq to’lovchining identifikatsiya raqami muayyan soliq to’lovchiga bir 
marta beriladi. Soliq to’lovchining identifikatsiya raqami o’zgarmaydi va bekor 
qilinganidan keyin boshqa soliq to’lovchiga berilmaydi. 
Soliq to’lovchi sifatida rezident va norezident Yuridik hamda jismoniy 
shaxslar quyidagi tartibda hisobga qo’yiladi: 
Yuridik shaxslar- O’zbekiston Respublikasining rezidentlari o’zlari 
joylashgan erdagi (pochta manzilidagi) davlat soliq xizmati organida; 


21 
Yuridik shaxsning soliq majburiyatini mustaqil ravishda bajaradigan alohida 
bo’linmalari - alohida bo’linmaning joylashgan yeridagi yoki faoliyatni amalga 
oshirayotgan joyidagi davlat soliq xizmati organida; 
jismoniy shaxslar-O’zbekiston Respublikasining rezidentlari jismoniy 
shaxsning yashash joyidagi davlat soliq xizmati organida; 
Yuridik shaxslar-O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa 
orqali amalga oshirayotgan O’zbekiston Respublikasining norezidentlari- doimiy 
muassasaning joylashgan eridagi va (yoki) faoliyatni amalga oshirayotgan joyidagi 
davlat soliq xizmati organida; 
Mol-mulk solig‘i va er solig‘i to’lovchilar bo’lgan yuridik va jismoniy 
shaxslar O’zbekiston Respublikasining norezidentlari- soliq solish ob’ekti 
joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organida. 
Soliq to’lovchilarni hisobga qo’yish tartibi soliq kodeksining 80 moddasiga 
muofiqquyidagicha amalga oshiriladi amalga oshiriladi: 
Bir vaqtning o’zida davlat soliq xizmati organlarida va davlat statistikasi 
organlarida hisobga qo’yilgan holda davlat ro’yxatidan o’tkaziladigan yuridik va 
jismoniy shaxslar davlat ro’yxatidan o’tkazilgan joyda qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda hisobga qo’yilishi kerak. 
Soliq majburiyatlarini mustaqil ravishda bajaradigan alohida bo’linmani 
hisobga qo’yish uchun mazkur alohida bo’linmani tashkil etgan yuridik shaxs uni 
tashkil etish to’g‘risida va (yoki) mustaqil balansga ajratish haqida qaror qabul 
qilingan kundan e’tiboran o’n kun ichida davlat soliq xizmati organiga hisobga 
qo’yish to’g‘risidagi arizani taqdim etishi shart. Arizada mazkur alohida 
bo’linmani tashkil etgan yuridik shaxsning - soliq to’lovchining identifikatsiya 
raqami albatta ko’rsatiladi. Arizaga yuridik shaxsning alohida bo’linmani tashkil 
etish to’g‘risidagi qarori, shuningdek uning rahbariga berilgan ishonchnoma ilova 
qilinadi. 
Yer solig‘i, shuningdek ko’chmas mulkka taalluqli qismida mol-mulk solig‘i 
to’lovchilari bo’lgan Yuridik va jismoniy shaxslar -O’zbekiston Respublikasi 
norezidentlari er uchastkasiga, ko’chmas mulkka bo’lgan huquq davlat ro’yxatidan 


22 
o’tkazilgan kundan e’tiboran o’n kun ichida davlat soliq xizmati organiga hisobga 
qo’yish to’g‘risidagi arizani taqdim etishi shart. Arizaga unda ko’rsatilgan 
ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi. 
Jismoniy shaxslar-O’zbekiston Respublikasining rezidentlari, soliq solish 
ob’ekti vujudga kelgan kundan e’tiboran o’n kun ichida ushbu davlat soliq xizmati 
organiga hisobga qo’yish to’g‘risidagi arizani taqdim etishi shart. 
Yuridik shaxslar-O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa 
orqali amalga oshirayotgan O’zbekiston Respublikasining norezidentlari mazkur 
faoliyatni amalga oshirish boshlangan kundan e’tiboran bir yuz sakson uch kundan 
kechiktirmasdan davlat soliq xizmati organiga doimiy muassasa sifatida hisobga 
qo’yish to’g‘risidagi arizani taqdim etishi shart. 
Soliq tizimining eng asosiy vazifalaridan biri, soliq majburiyatiga ega 
bo’lgan barcha soliq to’lovchilardan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning 
davlat byudjetiga to’liq va o’z vaqtida to’lanishini ta’minlash bo’lib, mazkur 
vazifani to’liq bajarilishi mamlakatda joriy etilgan soliq ma’murchiligi hamda 
uning ta’sirchanligiga ko’p jihatdan bog‘liqdir. Hozirgi vaqtga kelib Davlat Soliq 
qo’mitasining ma’lumotlariga ko’ra: 
Mamlakatimizda jami soliq to’lovchilar soni 1 007241 Jumladan: 
Korxona va tashkilotlar soni 647118 umumbelgilangan soliq to’lovchilar 7559, 
yagona soliq tulovchilar soni 176618, yagona yer solig‘i to’lovchilari 154501, 
davlat tashkilotlari 8204, soliq majburiyatiiga emas korxonalar 69218 ta va 
faoliyatni tuxtatganlar soni 231018 tani tashkil etadi. 
Yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat ko’rsatayotganlar soni 
221997, faoliyatni vaqtincha to’xtatib turganlar 138126, yangi tashkil etilganlar 
118143 tani tashkil etadi. 
Jismoniy shaxlar

daromad solig‘i bo’yicha 4545217 mol-mulk solig‘i 
5994421 yer solig‘i 5170969
Yuridik shaxslar:foyda solig‘i to’lovchilar soni 7559, Qo’shilgan qiymat 
solig‘i to’lovchilar soni 6956 aksiz solig‘i to’lovchilari 125 ta, soliqlar va er 
qaridan foydalanuvchilar uchun maxsus to’lovchilar soni 1063 ta, suv resurslaridan 


23 
foydalanuvchilar soni 3440, mol-mulk solig‘i to’lovchilari 5856, er solig‘i 
to’lovchilari 11887 tani tashkil qilgan. 
Mazkur ma’lumotlarni o’tgan 2017 yil ma’lumotlari bilan taqqoslab 
ko’radigan bo’lsakro’yxatdan o’tgan soliq to’lovchilar soni114,7 foizga 
o’sganligini kuzatishimiz mumkin. 
1-jadval

Download 323,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish