Soliq ma’murchiligi tushunchasi va uni ahamiyati


-rasm. Soliq ma’murchiligining amalga oshirish usullari



Download 323,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/16
Sana20.06.2023
Hajmi323,02 Kb.
#952336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1. Soliq ma’murchiligi tushunchasi va uni ahamiyati

1-rasm. Soliq ma’murchiligining amalga oshirish usullari
7
 
Soliq ma’murchiligi esa davlat bilan soliq to’lovchilar o’rtasidagi soliq 
munosabatlarini boshqaruvchi yoki boshqacha aytganda, davlatning soliq 
siyosatining amalga oshirilishini ta’minlovchi va shunga xizmat qiluvchi asosiy 
vosita bo’lib, u soliq siyosatining asosiy yo’nalishlarini o’zida aks ettiradi. 
7
F.Mirzaev va boshqalar/ “Soliq ma’murchiligi” o’quv qo’llanmasi/ 2014 yil ma’lumotlari asosida Muallif 
tomonidan tayyorlandi 



Ya’ni, davlat soliq ma’murchiligi orqali soliq tizimi va soliq organlarining 
faoliyatini muvofiqlashtirib turadi. Bu holat xususan bozor iqtisodiyoti sharoitida 
yanada oydinlashib, alohida ahamiyat kasb etib boradi. 
Xorijiy manbaalarda soliq ma’murchiligiga turlicha ta’riflar keltirilgan. Bu 
borada ayrim tadqiqotchilar soliq ma’murchiligini soliq idoralarining kundalik 
faoliyati deb qarashsa, ba’zilari byudjet tushumlarini ta’minlashda soliq 
xizmatining nazorat funksiyasi deb qaraydilar yoki boshqa tadqiqotchilar soliq 
boshqaruvi bilan bog‘liq munosabatlar ham deb hisoblaydilar. 
Ba’zi davlatlarda soliq ma’murchiligi soliq munosabatlarining davlat 
boshqaruvi tizimining ajralmas elementi deb qaraladi. 
Ko’pchilik davlatlarda soliq ma’murchiligi, bu soliq idorasi o’zining ayrim 
avtonom funksiyalarini amalga oshirishni saqlagan holda moliya vazirligi 
faoliyatining asosiy qismi hisoblanadi. Jumladan, Amerika qo’shma shtatlari va 
Buyuk britaniyada ushbu apparatlar Ichki daromadlar xizmati (IDX) deb yuritilsa, 
Fransiyada Bosh soliq boshqarmasi, Germaniyada esa Federal soliq boshqaruvi, 
yer va boshqalarning soliq boshqarmalari bo’lib tashkil topgan. 
Rossiyada “soliq ma’murchiligi” termini va soliq munosabatlari nazariyasi 
hamda metodologiyasi bozor iqtisodiyotiga o’tish davri bilan birga aniqrog‘i sobiq 
ittifoq parchalangandan keyin kirib kelgan. 
Rossiyada birinchilardan bo’lib, aniqrog‘i 1997 yilda iqtisodchi olim 
M.T.Ospanov o’zining “Soliq islohotlari va soliq munosabatlari garmonizatsiyasi” 
nomli ilmiy ishida soliq ma’murchiligining mohiyati haqida fikr yuritib, “Soliq 
ma’murchiligi deyilganda, davlat va soliq qonunchiligida belgilangan vakolati va 
mansab vazifalaridan kelib chiqib amalga oshiriladigan soliq boshqaruvi”
8
tushuniladi deb ta’kidlaydi.
Bizning fikrimizcha M.T.Ospanovning ushbu fikrlarida soliq ma’murchiligi 
tor doirada faqat davlat tomonidan belgilab berilgan vakolat va mansab 
7
Ospanov M. Nalogi i nalogooblojenie: Uchebnik.-7-e. izd., pererab. i dop..- Izdatelsko-torgovaya korporatsiya 
«Dashkov i Ko», -M.: 1997g.- 314 s.


10 
vazifalarida belgilangan holatlar bo’yicha boshqaruv soliq ma’murchiligi deb 
tushinilmoqda. 
Iqtisodchi olima G.YA.Chuxinina esa, “soliq ma’murchiligi mohiyatini juda 
tor doirada, ya’ni soliq nazorati sub’ektlari faoliyatini samarali amalga oshirish va 
tashkil etish” dab hisoblaydi. 
Rossiyalik iqtisodchi olimlarning fikrlarini tahlil qilib shuni qayd etish 
mumkinki, ularda hozirgacha soliq ma’murchiligi tushunchasini bir xil fikrlash 
mavjud emas. Ularda ko’proq soliq organlarining soliq to’lovchi yuridik va 
jismoniy shaxslar ustidan soliq qonunchiligiga rioya etilishi bo’yicha amalga 
oshriladigan faoliyatlari deb qaralgan. Ya’ni mazmunan soliq nazorati 
tushunchasiga moslashtiriladi. 
Ba’zi bir iqtisodchi olimlar soliq ma’murchiligini bu minimal miqdorlardagi 
xarajatlar hisobidan maksimal hajmda barcha soliqlarni to’liq va o’z vaqtida 
to’lashga qaratilgan kompleks tadbirlar deb tushunadilar. 
Jumladan, iqtisodchi olima T.A.Slesareva “soliq ma’murchiligi – bu soliq 
munosabatlarida qatnashuvchilar o’rtasidagi boshqaruv jarayoni bo’lib, soliq 
organlarining byudjet tizimidagi turli darajadagi byudjetlar o’rtasidagi 
majburiyatlarni bajarishda soliqlarni yig‘ish va ular ustidan nazoratni amalga 
oshirish doirasida yuzaga keladigan jarayon”
9
deb tushuntiradi va soliq 
ma’murchiligini konkretlashtirish uchun uni “keng” va “tor” ma’noda aniqlashtirib 
olishni taklif etadi. 
Soliq ma’murchiligini keng ma’noda aniqlashda, uni turli darajadagi 
ma’muriy boshqaruvlar tizimining soliq sohasidagi soliq boshqaruvi tizimi deb 
qarab, federal va hududiy darajada soliq munosabatlarida qat’iy majburiy 
ma’murchilik choralarni belgilovchi markaziy boshqaruvni amalga oshiruvchi 
soliq tizimi deb qaraydi. Majburiy ma’murchilik tarkibi deyilganda, ijtimoiy-
iqtisodiy va soliqning fiskal funksiyalari soliqlarni rejalashtirish, soliqlar tushumini 
va nazoratini tartibga solish, soliq solish jarayonlarini boshqarishda xorijiy 
malakatlar tajribalaridan foydalanish tushunilishini; 
8
Slesareva T. Uproshennaya sistema Nalogooblojeniya: Uchebnik -M.: ENVD 2007g.-112-s 


11 
soliq ma’murchiligiga tor ma’noda aniqlashdaesa barcha soliq 
munosabatlarida qatnashuvchilarni soliq qonunchiligi bajarilishini ta’minlashda 
soliq organlarining bevosita faoliyati tushunilishini taklif etadi.
O.A.Mironova va F.F.Xanafeevlarning 2005 yilda Moskvada "OMEGA-L" 
nashriyotida nashrdan chiqqan va "Nalogovoe administrirovanie" deb nomlangan 
darslikda "Soliq ma’murchiligi - bu bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq organlari 
faoliyatini muvofiqlashtiradigan, soliq munosabatlarini boshqarishning dinamik 
rivojlanayotgan tizimi"
10
deb ta’riflaydilar va unda soliq ma’murchiligining 
mohiyatini ifodalovchi quyidagi ikki jihatga alohida e’tibor qaratadilar:
Birinchidan, soliq ma’murchiligining mohiyati, eng avvalo, soliq 
organlarining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tizim sifatida talqin qilinadi;
Ikkinchidan, soliq ma’murchiligining mohiyati soliq munosabatlarini 
boshqarish tizimi orqali ifodalanishi qayd etiladi.
Bizning nazarimizda, yuqorida qayd etilgan iqtisodchi olimarimiz, xususan 
O.A.Mironova va F.F.Xanafeevlarning soliq ma’murchiligiga bergan ta’riflaridagi 
"bozor iqtisodiyoti sharoitida” va "dinamik rivojlanayotgan" kabi iboralar soliq 
ma’murchiligining mohiyatini ochib berishda, ma’lum darajada ahamiyatga ega 
bo’lsa-da, ularni mohiyatni ifodalashning hal qiluvchi belgilari sifatida talqin 
etishda unchalik maqsadga ega emas. 
Lekin, umumiy jihatdan olib qaralganda, yuqoridagi mualliflar tomonidan 
soliq ma’murchiligiga berilgan ta’riflar o’zining qisqaligi va ma’lum darajada, 
aniqligi bilan ajralib turishini e’tirof etish joiz. Bu berilgan ta’rifning yutug‘i 
sifatida ko’rsatilishga arziydi. Shu bilan birgalikda, bizning fikrimizcha, ular 
tomonidan soliq ma’murchiligiga berilgan ta’riflarda soliq ma’murchiligining 
mazmun-mohiyati etarli darajada to’liq ochib berilmaganga o’xshaydi. Buning 
asosiy sababi shundaki, qayd etilgan mualliflarning ta’rifida soliq 
ma’murchiligining mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi asosiy holatlarning 
hammasi ham inobatga olinmagan. 
9
Mironova O.A., Xanafsev F.F./ Nalogovoe administrirovanie. Uchebnik. – M./«OMGA-L». 2005. str:33.


12 
Shuning uchun ham bu ta’riflarni soliq ma’murchiligining mohiyatini to’liq 
ifodalovchi ta’rif deb atashga asoslar yetarli emas.
Soliq ma’murchiligining mazmuni va mohiyatini ilmiy jihatdan ifodalashda 
O’zbekistonlik iqtisodchi olimlarimiz ham bir qator fikrlar bildirganlar. Jumladan, 
iqtisodchi olimimiz F.Mirzaev “Soliq ma’murchiligining zamonaviy usullari” 
nomli o’quv qo’llanmasida “Soliq huquqining qoidalariga tayangan holda soliq 
siyosatini amalga oshirishga xizmat qiladigan, soliq organlarining faoliyatini 
muvofiqlashtirib turish orqali soliq munosabatlarini boshqarish tizimiga soliq 
ma’murchiligi deyiladi”
11
deb fikr bildirganlar. 
Bizning fikrimizcha, mazkur ta’rif soliq ma’murchiligining mazmun-
mohiyatini yanada to’laroq ifodalagan va unda quyidagi ikki holatga ko’proq 
e’tibor berilgan. Bular; birinchidan, soliq ma’murchiliginiig soliq huquqining 
qoidalariga tayanishi bo’lsa, ikkinchidan, uning soliq siyosatini amalga oshirishga 
xizmat qilishidir. 
Lekin, bu ta’rif ham soliq ma’murchiligining mukammallashgan va barcha 
me’zonlarga to’liq javob beradigan ta’rif deb bo’lmaydi. 
Shu sababli, soliq ma’murchiligining mazmun-mohiyatini ifodalovchi ta’rif 
ushbu ma’murchilik jarayonida e’tiborga olinishi kerak bo’lgan quyidagi holatlarni 
hisobga olishi zarur. 
Har qanday davlatning faoliyat yuritish tizimida soliqlar bajaradigan 
funksiyalaridan kelib chiqib, soliq ma’murchiligi tizimini o’rganib chiqish lozim, 
bu tizimga davlat bilan soliq to’lovchilar o’rtasida soliq munosabatlari baraqaror 
rivojlanib borayotgan tizim deb qarash lozim va bu tizimning mavjud bo’lishi 
jamiyat tomonidan yaratilgan milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashda 
ob’ektiv zaruriyat bo’lib hisoblanadi. 
Demak, biz soliq ma’murchiligini bir tizim deb qaraydigan bo’lsak, bu 
tizimning maqsadi, ushbu tizimni harakatga keltiruvchi, boshqaruvchi va doimiy 
takomillashtirib turuvchi maqsad strategiyasi hamda uning iqtisodiy unsurlari 
hisoblangan sub’ektlar, ob’ektlar va tizimning predmetlari ham bo’lishi lozim. 
10
F.Mirzaev va boshqalar/ “Soliq ma’murchiligi” o’quv qo’llanmasi/ 2014 yil/17-bet 


13 
Shunday ekan, bizning fikrimizcha, soliq ma’murchiligining asosiy maqsadi 
mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlashda eng minimal 
xarajatlar hisobiga soliqlarning fiskal va taqsimlash funksiyalarini optimal 
munosabatlariga erishishdan iborat bo’lishi zarur.
Ushbu maqsadga makro darajada erishish asosida, soliq siyosatining har 
tomonlama pishiq va istiqbolli soliq strategiyasini ishlab chiqish masalalari hal 
qilinadi hamda soliq ma’murchiligining oldiga quyidagi vazifalar qo’yiladi. 
-soliqqa tortishning makroiqtisodiy jarayonlarini tahlil qilish va uning 
istiqbolli rivojlantirish bashoratlarini ishlab chiqish; 
-bashorat ko’rsatkichlari bilan makrodarajadagi ko’rsatkichlarning haqiqiy 
ahamiyati o’rtasidagi farqlarni baholash va ushbu farqlarning kelib chiqish 
sabablarini aniqlash; 
-konseptual va ilmiy asoslangan soliq ma’murchiligini ishlab chiqish. 
Mamlakat 
iqtisodiyotining 
barqarorligini 
ta’minlashda 
soliq 
ma’murchiligining mikrodarajadagi maqsadi, soliq qonunchiligi me’yorlariga 
muvofiq, soliq tizimi ko’rsatkichlari asosida davlat va soliq to’lovchilarning 
minimal xarajatlari bilan soliq tushumlarining nazoratini ta’minlash va bunda soliq 
ma’murchiligining oldiga quyidagi vazifalarqo’yiladi: 
-qabul qilingan soliq qonunchiligi me’yorlarini amaliyotga joriy etish; 
-soliq organlarining kunlik faoliyatini soliqlar va yig‘imlarni to’plashga 
mobilizatsiya qilish; 
-soliq organlari faoliyati samadorligini oshirish uchun tashkiliy tadbirlarni 
ishlab chiqish va uni amalga oshirish. 
Har qanday boshqaruv tizimida bo’lgani kabi soliq ma’murchiligi tizimida 
ham boshqaruvning asosiy elementlari boshqaruv sub’ektlari - tegishli huquq va 
majburiyatlarga ega bo’lgan tashkiliy-huquqiy asosda tashkil etilgan ma’muriy 
organlar hamda boshqaruv ob’ekti - bu zimmasiga soliq qonunchiligi asosida 
soliqlarni hisoblash to’lash majburiyati yuklatilgan soliq to’lovchilar faoliyat 
yuritadi. 


14 
Soliq ma’murchiligining predmetibo’lib esa, boshqaruv ob’ekti bilan sub’ekti 
o’rtasidagi soliq munosabatlari hisoblanadi. 
Soliq ma’murchiligi soliq munosabatlarining boshqaruv tizimi sifatida o’z 
tarkibiga soliqlarni rejalashtirish, soliqlar hisobi va hisobotlari, soliq nazorati va 
soliq ishini tartibga solish kabi funksiyalarni birlashtiradi hamda ushbu 
funksiyalar soliq munosabatlarini tartibga soluvchi iqtisodiy instrument bo’lgan 
soliq mexanizmining funksional tarkibini tashkil etadi. 
Soliq ma’murchiligining asosiy funksiyalaridan biri bo’lgan soliqlarni 
rejalashtirish bu byudjet daromadlarini shakllantirishni ta’minlash maqsadida, 
soliq va majburiy to’lovlarni undirish hajmlarini aniqlash bilan birga soliq yukini 
optimallashtirishdan iborat. 
Soliq ma’murchiligining soliqlar hisobi va hisobotlari funksiyalari hududning 
soliq potensialini baholash va boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida, soliq 
majburiyatlarini to’g‘ri hisoblash uchun zarur bo’lgan soliq to’lovchilar bo’yicha 
ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash, to’lovlarni o’z vaqtida tushushini nazorat 
qilish, 
soliq 
hisoboti 
ko’rinishidagi 
analitik 
hisobot 
ko’rsatkichlarini 
shakllantirishni o’z ichiga oladi.
Soliqlar hisobi soliq munosabatlari ishtirokchilarining manfaatlari uchun 
xizmat qilib, soliqqa tortish jarayonlarini boshqarishning muhim vositasi 
hisoblanadi va soliqlar hisobi va hisobotlari asosida soliq ma’murchiligi tizimining 
barcha elementlari amal qiladi.
Soliq ma’murchiligi funksiyalari tizimida soliq nazorati - soliq to’lashdan 
qochish holatlariga qarshi kurashuvchi tizim bo’lib, davlat byudjetiga 
daromadlarni barqaror tushishini ta’minlashni asosiy maqsad qiladi. Aynan soliq 
nazorati hisobiga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliqlarning o’z vaqtida 
va to’liq tushishi ta’minlanadi.
Soliq nazoratining sub’ektlari bo’lib, soliq to’lovchilar hamda zimmasiga 
soliqlar va blshqa yig‘imlarni undirish majburiyati yuklatilgan davlat soliq va 
bojxona organlari shuningdek, mazkur vazifani amalga oshriuvchi boshqa idoralar 
kiradi. 


15 
Soliq ma’murchiligining yuqorida qayd etilgan funksiyalaridan xulosa qilib 
shuni ta’kidlash joizki, davlatning soliq ma’murchiligi tizimi birinchi navbatda 
soliq siyosatini shakllantirishni va istiqbolli prognozlashtirishni, soliqqa tortish 
shart-sharoitlarini yanada yaxshilash vazifalarini hal etishi kerak, xulosa qilib 
aytganda, soliq ma’murchiligining bosh tarkibiy qismi soliq tizimini boshqaruvi 
hisoblanishiga amin bo’ldik. 
Ushbu boshqaruv tizimi, soliqlar strukturasini optimalashtirish, soliqlar hisobi 
va hisoboti, ularni undirish mexanizmlarini takomillashtirish, soliqlarni to’g‘ri 
hisoblanishini, soliqlarni to’liq va o’z vaqtida to’lanishini, soliq to’lovchilar va 
davlat soliq xizmati organlarining huquq va majburiyatlarini bajarishlarini soliq 
qonunuchiligiga rioya etilishini, barcha toifadagi byudjetlar o’rtasida tushgan soliq 
tushumlarini taqsimlanishini tartibga solishi bilan birga, soliq ma’murchiligi 
samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, soliqqa tortish 
jarayonida barcha ishtirokchilar o’rtasida soliq munisabatlarining o’sishini 
ta’minlash kabi kompleks tadbirlarni o’z ichiga oladi. 
Demak, soliq ma’murchiligi tushunchasini keng ma’noda, soliq siyosatini 
aniqlashda va soliqqa tortish tizimini optimal shakllantirish, uni amalga oshirish 
uchun zarur normativ-huquqiy bazani yaratish, joriy etilgan soliqlarning 
amaliyotda ishlash mexanizmini shakllantirish va samaradorligini oshirishga 
qaratilgan davlatning tegishli vakolatli organlari tomonidan kompleks tarzda olib 
boriladigan chora-tadbirlar yig‘indisi deb tushunsak maqsadga muvofiq deb 
hisoblaymiz. 

Download 323,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish