1.
Soliq ma’murchiligi tushunchasi va uni ahamiyati
Jahon iqtisodiy rivojlanishida soliq sohasida turli xil fikrlar mavjud bo’lishi
bilan birga, soliq ma’murchiligini xususida, uni talqin etish xususida ham turli xil
fikrlar mavjud. Iqtisodiy adabiyotda soliq ma’murchiligining mohiyatini anglash
bo’yicha bir-biridan farqlanuvchi qarashlar mavjud.Masalan, ingliz olimasi
O.Noginaning fikriga ko’ra, “soliq ma’murchiligi soliqlarni undirish bilan bog‘liq
bo’lgan tadbirlar majmuidir”
3
deb takidlab o’tgan.Boshqa bir guruh iqtisodchilar,
xususan amerikalik olim A.Teyt soliq ma’murchiligini barcha soliqlarni minimal
xarajat qilib maksimal darajada yig‘ib olishga qaratilgan tadbirlarning yig‘indisi
sifatidaqaraydilar.Ayrim mutaxassislar soliq ma’murchiligining ko’rinishlaridan
biri soliq organlarining huquqiy munosabatlari bilan bog‘liq faoliyatidir deb
hisoblaydilar.Umuman olganda soliq ma’murchiligini soliq sferasida o’ziga xos
boshqarish mexanizmi sifatida ham qarash mumkin. Shu sababli, soliq
ma’murchiligining muhim elementlaridan biri soliq nazorati hisoblanadi. O’z
navbatida soliq nazorati soliqlar va yig‘imlarni byudjetga o’z vaqtida va to’liq
tushishini nazorat qilishni anglatadi.
Soliqlarning byudjetga o’z vaqtida tushib turishini ta’minlashning mohiyatini
aniqlashda, eng avvalo, tayanch nuqtani aniqlab olish muhim. Ana shunday
tayanch nuqta sifatida soliqlarning mavjudligi va ularning undirilish zarurligi
xizmat qilishi mumkin. Davlatning o’z funksiyalarini o’z vaqtida muvaffaqiyatli
bajarilishini ta’minlash maqsadida soliqlarning mavjud bo’lishi va ularning o’z
vaqtida hamda to’liq miqdorda (belgilangan tasdiq etilgan muddatlarda)
undirilishini taqazo etadi. Shunga mos ravishda bu narsa o’z vaqtida undirilgan
soliqlarningboshqa bir tomondan, o’z egasiga (davlatning ixtiyoriga) o’z vaqtida
(belgilangan va tasdiqlangan muddatlarda) o’tkazilishi lozimligini anglatadi.
Shuning uchun ham soliqlarni undirilishning zarurligi, soliqlarning o’z vaqtida
3
O.A.Nogina “Nalogoviy kontrol’: voprosi teorii 2002 g
6
belgilangan summalarda undirilishi, soliq summalarining o’z vaqtida byudjet
ixtiyoriga o’tkazilishi bilan bog‘liq bo’lgan jarayonlarni alohida-alohida emas
balki, bir-biri bilan uzviy bog‘liqlikdagi jarayon sifatida qaramoq lozim.
Soliqlarning o’z vaqtida byudjetga tushib turishini ta’minlashning mohiyati
xar bir mamlakatning asosiy qonuni bo’lgan Konstitutsiyada maxsus alohida
belgilanganligi va bu narsa “Mamlakat fuqorolari qonun bilan belgilangan soliqlar
va mahalliy yig‘imlarni to’lashga majburdirlar”
4
shaklda ifodalanganligi bilan
belgilanadi.
Soliq tizimining eng asosiy vazifalaridan biri, soliq majburiyatiga ega bo’lgan
barcha soliq to’lovchilardan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning davlat
byudjetiga to’liq va o’z vaqtida to’lanishini ta’minlash bo’lib, mazkur vazifani
to’liq bajarilishi mamlakatda joriy etilgan soliq ma’murchiligi hamda uning
ta’sirchanligiga ko’p jihatdan bog‘liqdir.
Soliq ma’murchiligi xususida so’z yuritishdan avval soliq nazariyasi va
soliqqa tortish prinsiplariga alohida to’xtalish lozim. Chunki, soliq ma’murchiligi
soliq siyosatining tarkibiy qismi bo’lib, u ana shu nazariya va prinsiplar asosida
shakllanadi.
Soliqlar har qanday davlatning qaror topishi va amal qilishining ob’ektiv
zaruriyati bo’lib hisoblanadi. Ushbu ob’ektiv zaruriyat uning mohiyatini belgilab
beradi. Soliqlarni ta’riflashdagi fikrlarda dunyo va shu jumladan, mamlakatimiz
olimlarida ham umumiylik va xususiylik qarashlari mavjud bo’lib jamiyat
rivojlanib taraqqiy etib borgan sari ushbu qarashlar ham takomillashib bormoqda.
Demak, “soliqlar davlatning mavjud bo’lishi uchun zaruriyat bo’lib, davlat va
mahalliy hokimiyat tuzilmalarini moliyaviy ta’minlash, shuningdek, davlat
zimmasiga olgan vazifalarni bajarish maqsadida o’rnatilgan stavkalarda majburiy
tarzda undiriladigan hamda uni to’lovchilarga yakka tartibdagi ekvivalent huquqni
bermaydigan to’lovlar hisoblanadi
5
.
3
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: «O’zbekiston»,2003 . – 51-modda
4
ToshmatovSH.A./Korxonalarni rivojlantirishda soliqlar roli./Monografiya.–Toshkent, Fan va texnologiya. - 2008.
79 b.
7
Soliq siyosati hayotiyligi negizida uning barqaror (samarali, natijali)ligi
yotadi. O’z navbatida, uning hayotiylik darajasi bunday siyosatning negizini
tashkil etuvchi soliq tizimi va soliqqa tortish prinsiplariga borib taqaladi. Shu bois
dastlab soliq tizimining (soliqqa tortishning) asosiy prinsiplari to’g‘risida to’xtalib
o’tishni maqsadga muvofiq deb topdik.
Soliqlar to’g‘risidagi ta’limotga o’zining ulkan hissasini qo’shgan ingliz
iqtisodchisi A.Smit soliq undirishda rioya qilinishi kerak bo’lgan to’rtta asosiy
qoida haqida batafsil to’xtalib o’tgan va bu ko’pgina iqtisodiy adabiyotlarda
A.Smit tomonidan ishlab chiqilgan soliqqa tortish prinsiplari deb nom olgan.
6
Ushbu qoidalar:
Davlatning barcha fuqarolari hukumatni saqlab turishda o’zlarining to’lov
qobiliyatlariga, ya’ni davlatning qanoti ostida egalik qiladigan daromadlariga mos
ravishda hamkorlik qilishlari kerak. Bu qoidaga amal qilish yoki amal qilmaslik
soliqlarni taqsimlashda tenglik yoki tengsizlikka olib keladi.
Har bir shaxs to’lashi majbur bo’lgan soliq aniq belgilangan bo’lishi kerak,
ixtiyoriy ravishda o’zgartirilmasligi lozim. To’lov muddati, to’lov usuli va to’lov
miqdori - bularning hammasi soliq to’lovchi uchun ham va chetdagi har qanday
boshqa kishilar uchun ham oldindan belgilangan va aniq bo’lishi kerak.
Har qanday soliq uni to’lovchilari uchun qulay vaqtda va usulda yig‘ilishi
kerak. Agar er rentasi yoki xonadonni ijarasi uchun soliqni undirish er yoki
xonadon egasi oladigan vaqtga to’g‘ri kelsa, unga soliqni to’lash bu vaqtda qulay,
ya’ni bu vaqtda u to’lash uchun mablag‘ga ega bo’ladi.
Har qanday soliq uni to’lovchilari qo’lidan chiqib, davlat g‘aznasiga borib
etgunga qadar eng kam xarajatlik bo’lishi kerak.
Har bir davlatning soliq siyosatning asosiy negizini tashkil etuvchi soliq
tizimi, davlatning shakllanishi, qaror topishi va amal qilishi uchun ob’ektiv zarurat
bo’lgan soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to’lovlar majmuasidan iborat
bo’lib, davlat ularni joriy etishda bevosita yuqorida qayd etib o’tilgan prinsiplarga
tayanadi.
5
A.Smit. “Isledovanie o prirode i prichinax bogatstva narodov”.(Moskva 1962 yil 408-str)
8
Do'stlaringiz bilan baham: |