Т/r
|
To‘lovchilar
|
Soliq solinadigan bazaga nisbatan soliq stavkalari, foizda
|
1.
|
Yuridik shaxslar (2 va 3-bandlarda nazarda tutilganlari bundan mustasno)
|
12
|
2.
|
Tijorat banklari
|
20
|
3.
|
Yuridik shaxslar:
sement (klinker) ishlab chiqarishni amalga oshiruvchilar;
polietilen granulalar ishlab chiqarishni amalga oshiruvchilar;
asosiy faoliyat turi mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatishdan iborat bo‘lganlar
|
20
|
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibiga o‘tgan soliq to‘lovchilar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ining farqlangan stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi18:
2-jadval
T/r
|
To‘lovchilar
|
Soliq stavkalari soliq solinadigan bazaga nisbatan foizlarda
|
1.
|
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi yuridik shaxslar, 2 - 6 bandlarda nazarda tutilganlar bundan mustasno
|
7
|
2.
|
Qurilish tashkilotlari
|
8
|
3.
|
Chakana, ulgurji, shuningdek ulgurji-chakana savdoni amalga oshiradigan savdo korxonalari
|
6
|
4.
|
Umumiy ovqatlanish, mehmonxona xo‘jaligi korxonalari
|
10
|
5.
|
Kasbiy xizmatlar ko‘rsatadigan yuridik shaxslar (auditorlik xizmatlari, soliq maslahati xizmatlari, konsalting xizmatlari, brokerlik xizmatlari va boshqalar)
|
15
|
6.
|
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, realizatsiya qiladigan yuridik shaxslar o‘zining ishlab chiqarish mahsulotlari bundan mustasno
|
4
|
2019-yilning yanvar oyidan boshlab ko’pchilik korxonalar qo‘shilgan qiymat solig‘i to’lashga o’tdi. Bundan ko’zlangan maqsad – pirovard mahsulot narxini oshirmaslik. 2019-yilda ham o’tgan yilgi 20% stavka saqlanib qolindi, lekin yuqoridagi jadvalda O’zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi O’RQ-508-sonli qonuniga asosan ushbu soliqning farqlangan stavkalari belgilab qo’yilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi PF-5468-sonli farmoniga asosan 2019-yil 1-yanvardan boshlb o’tgan yil yakunlari bo’yicha yillik oboroti 1 mlrd so’mdan oshgan yoki yil davomida belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan korxonalarni umumbelgilangan soliqlarni to’lashga jumladan, qo’shilgan qiymat solig’i to’lashga o’tishi belgilangan.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ining turli farqlangan stavkalari belgilangan bir necha faoliyat turlari bilan shug‘ullanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘I to‘lovchilar ushbu faoliyat turlari bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritish hamda soliq to‘lovchilarning tegishli toifalari uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashi kerak.
Qo`shilgan qiymat solig`i to`lovchilar quyidagilardir:19 - soliq solinadigan oborotlarga ega bo`lgan yuridik shaxslar, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo`lsa; - Soliq kodeksiga muvofiq zimmasiga O`zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan amalga oshirilayotgan soliq solinadigan oborotlar uchun qo`shilgan qiymat solig`i to`lash bo`yicha majburiyat yuklatiladigan yuridik shaxslar; - Tovarlarni O`zbekiston Respublikasi hududiga import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar, o’z ehtiyojlari uchun bojsiz olib kirish normalari doirasida tovarlar olib kiruvchi jismoniy shaxslar bundan mustasno; Oddiy shirkat soliq solinadigan oborotlarni amalga oshirayotganda zimmasiga uning ishlarini yuklatilgan sherik – yuridik shaxs.
Do'stlaringiz bilan baham: |