REJA
Kirish…………………………………………………………………...…….3
1. Soliqlar va ularning mohiyati………………………………..…………….6
2. Soliqlarning vazifalari va turlari………………………………….............15
3. Soliq imtiyozlari va ularning amal qilishi…………………………...........25
4. O’zbekiston Respublikasida soliq islohotlarining o’zgarish holati tahlili………………………………………………………………………............38
5. O’zbekistonning iqtisodiy taraqqiyotida soliqlarning tutgan o’rni……....47
Xulosa………………………………………………………………..……...54
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………..……..…....56
Kirish.
Kurs ishi mavzusi dolzarbligi. Bugungi kunda respublikamiz hududida amal qilayotgan soliq va boshqa majburiy to’lovlarning turlari, ularning vazifalari, stavkalari, soliq siyosatidagi asosiy o’zgartirish va qo’shimchalar, ularning ahamiyati, hamda ularga oid nazariy qarashlar va bilimlarni o’rganib chiqib, ular asosida tegishli xulosalar shaklllantirish hamda ularning negizida yetarlicha bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish kurs ishi mavzusini o’rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Soliqlarning paydo bo‘lishi davlatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun hamda hozirgi O‘zbekistonda ijtimoiy himoyalangan bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat uni tashkilotchisi ekanligidan soliqlar va soliq faoliyati davlatning o‘ta zarur bo‘lgan xilma - xil vazifalari bilan chambarchas bog‘liq va ularga asoslanadi. Davlat mamlakatda yaratilgan ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish uni taqsimlashning qonun - qoidalarini ishlab chiqadi. Bu taqsimlashdagi munosabat bozor iqtisodiyoti sharoitida pul orqali amalga oshirilganligidan davlat uni taqsimlashni ham pul munosabatlari orqali, ya‘ni soliq, pul va kredit orqali amalga oshiradi.
Bozor iqtisodiyoti talab va taklif, raqobat, qiymat va boshqa qonunlar orqali amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti - erkin iqtisodiyot, pulli munosabatlar iqtisodiyotidir. Soliqlar ham pul munosabatlarini ifoda etganligi uchun bozor iqtisodiyoti tarkibiga kiradi, uning ajralmas qismidir.
Bugungi kunda O’zbekistonda soliq yukini masalalari yilning asosiy muhim mavzularidan biri bo’lib kelmoqda va shu bilan birga har yili soliq siyosatimizda o’zgarishlar sodir bo’lib turibdi. Bu shundan dalolat beradiki, mamlakatimiz kundan kunga soliq yukini kamaytirish bilan iqtisodiyotimizni yaxshilash, aholi turmush darajasini oshirish tomon bormoqda. Soliq islohotlarini o’tkazishda soliqqa tortishning an’anaviy tamoyillari o’zgarmaydi. Lekin amaldagi soliq tizimining iqtisodiy – huquqiy tamoyillarini takomillashtirib boradi. Bunda soliq munosabatlarining tamoyillari o’tkazilgan har bir islohotlar natijasida sayqallanadi va mohiyati, mazmuni maqsadlari borgan sari nazariy tamoyillar darajasiga yaqinlashib boradi. Zero har bir 4 davrning o’ziga xos soliq tizimining adolatlilik, samaradorlik va soddalashtirilgan namunasi mavjud. Ana shu ko’rsatkichlar muayyan davrga moslashtirilgan soliq islohotlari o’tkazilishi natijasida an’anaviy mezonlarga yaqinlashib boradi.
Soliqlarni optimallashtirib borish faqatgina xo’jalik yurituvchi subyektlarni moliyaviy faoliyatini yaxshilanishi uchun xizmat qilmaydi, balki byudjet daromadlarini ham oshirishni nazarda tutadi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, soliq yuki masalalarini o’ranishga va tadqiq etishga ehtiyoj mavjuddir.
2018-yilning dekabr oyida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida O'zbekiston Respublikasining 2019-yilga mo'ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozlari, soliq va byudjet siyosati konsepsiyasi hamda Davlat byudjeti loyihasiga bag'ishlangan kengaytirilgan majlis bo'lib o'tdi.
Majlis ishtirokchilari tomonidan 2019-yilga mo'ljallangan soliq-byudjet siyosatining asosiy yo'nalishlari har tomonlama ko'rib chiqildi, unda soliq yukini yanada qisqartirish, soliq va majburiy to'lovlar miqdorini kamaytirish, mahalliy byudjetlar daromad bazasini mustahkamlash va ularning mustaqilligini oshirish haqida fikrlar bildirildi.
Ma’lumki, soliqlar bevosita davlatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir, ya’ni davlat o‘zining vakolatiga kiruvchi vazifalarni bajarish uchun moliyaviy manba sifatida soliqlardan foydalanadi. Soliqlarning amal qilishi bu obyektivlikdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi barcha subyektlar ham real sektorda, ya’ni ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko‘rsatmaydi.
Mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish va xorijiy investisiyalarni jalb qilish uchun soliq yukini izchillik bilan kamaytirish va qulay shart-sharoitlarni yaratishni ta’minlaydigan soliq tizimi shakllantirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, 2017-yil 18 iyul kuni "Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. Mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish va xorijiy investisiyalarni jalb qilish uchun soliq yukini izchillik bilan kamaytirish va qulay shart-sharoitlarni yaratishni ta’minlaydigan soliq tizimi shakllantirilgan. 1 Shu bilan birga, soliq ma’muriyatchiligi sohasida, shu jumladan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni yig‘ish, soliq solinadigan bazani kengaytirish va soliq to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirishda muayyan muammolarning mavjudligi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi dasturlarini moliyalashtirishning barqaror manbalarini ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Kurs ishining obyekti bo’lib, hozirgi kunda respublikamiz hududida amal qilayotgan soliq tizimi hamda bu borada olib borilayotgan izchil islohotlar hisoblanadi. Kurs ishing maqsadi. O’zbekiston Respublikasi soliq tizimini chuqur o’rganish hamda ular asosida tegishli xulosalar shakllantirish va ular negizida amaliy ko’nikmalarga ega bo’lish. Kurs ishining vazifalari: - soliqlar, ularning turlari va vazifalarini chuqur o’rganish; - O’zbekistonda amal qilayotgan soliq tizimini yoritib berish; - soliq siyosatidagi islohot yo’llarini tahlil qilish; - soliq siyosatidagi 2019-yilgi asosiy o’zgartirish va qo’shimchalarni tahlil qilish. Kurs ishi kirish, beshta qismdan, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |