yirik soliq to’lovchilar – O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilangan mezonlardan kelib chiqqan holda, soliq ma’muriyatchiligiga mansub bo’ladigan ayrim toifadagi yuridik shaxslardir. Yirik soliq to’lovchilar bo’yicha mezonlar soliq to’lovchilarga soliq solish tartibini tanlash yoki o’zgartirish huquqini bermaydi. Yirik soliq to’lovchilar jumlasiga kiritilgan yuridik shaxslar Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari tomonidan tegishli qaror qabul qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida bu haqda hisobga qo’yilgan joy bo’yicha yozma ravishda, shu jumladan soliq to’lovchining shaxsiy kabineti orqali xabardor qilinadi. Soliqlarning o’ziga xos belgilari mavjud bo’ladi, ularga: majburiylik, xazinaga tushishlik, qat’iylik va doimiylik, anik soliq to’lovchi uchun ekvivalentsizlik belgilari mavjuddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |