2. Soliqlarning vazifalari va turlari.
Soliq tizimi deganda moxiyati jihatidan bir xil bo'lgan va markazlashgan pul fondiga tushadigan soliq turlarining yig'indisi tushuniladi.
Tizim - bu yig'ma tushunchadir.Bu tushunchada soliqlarning bir-biri bilan bog'liqligi ham ifoda etilgan.Soliq tizimini quyidagi guruxlarga bo'lish mumkin:
Soliq tizimini soliq obyektiga qarab uch guruhga bo'lish mumkin: oborotdan, daromaddan va mulklar qiymatidan olinadigan soliqlar. Oborotdan olinadigan soliqlarga qo'shilgan qiymat solig'i, aksiz solig'i, konlardan foydalanganligi uchun soliq, bojxona boji kiradi. Daromaddan olinadigan soliqlarga foyda solig'i va daromad soliqlari kiradi. Mulklardan olinadigan soliqlarga mol-mulk solig'i va yer soliqlari kiradi.Iqtisodiy mohiyatga qarab to'g'ri va egri soliqlarga bo'lish mumkin. To'g'ri soliqlar bevosita daromad oluvchi mulk egasining daromadlaridan (foydalaridan) olinadi. Bunday soliqlar huquqiy va haqiqiy soliq to'lovchi bitta shaxs bo'ladi. Soliq ilgarida aniq belgilangan bo'ladi.Uning manbai bo'lib korxona va tashkilotlarning xo'jalik faoliyati natijasida erishilgan moliyaviy yakun hisoblanadi. Aholi soliqlarida esa soliq manbai bo'lib to'g'ridan-to'g'ri aholining daromadi hisoblanadi. Foyda (daromad) solig'i, yer solig'i va daromad solig'i to'g'ri soliqlarning eng yirik daromaddir. O’zbekiston Respublikasi hududida Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar amal qiladi. Soliqlarga quyidagilar kiradi:4 - yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i; - jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i; - qo’shilgan qiymat solig’i; - aksiz solig’i; - yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlar; - suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
- mol-mulk solig’i;
- yer solig’i.
Boshqa majburiy to’lovlar jumlasiga quyidagilar kiradi;
davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy to’lovlar:
yagona ijtimoiy to’lov;
avtotransport yig’imlari.
davlat boji;
bojxona to’lovlari;
ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’im. Soliq kodeksida belgilangan hollarda va tartibda soliq solishning soddalashtirilgan tartibida to’lanadigan quyidagi soliqlar to’lanishi mumkin:
yagona soliq to’lovi;
yagona yer solig’i;
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha qat’iy belgilangan soliq. Davlat umummilliy dasturlarini amalga oshirish davrida tegishli jamg’armalar tashkil etilishi mumkin bo’lib, ularga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda majburiy to’lovlar belgilanadi. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 24-moddasida soliqlar va boshqa boshqa majburiy to’lovlarning elementlari keltirib o’tilgan bo’lib, bunga ko’ra, soliq yoki boshqa majburiy to’lov soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida soliq to’lovchilar, shuningdek ushbu soliq yoki boshqa majburiy to’lov ni hisoblab chiqarish va to’lash uchun zarur elementlar belgilab qo’yilgan taqdirdagina belgilangan deb hisoblanadi.
Soliq yoki boshqa majburiy to’lovlarning elementlari quyidagilardir:5
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, soliq yoki boshqa majburiy to’lov belgilanayotganda soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida soliq imtiyozlari, shuningdek ularning soliq to’lovchi tomonidan qo’llanilishi uchun nazarda tutilishi mumkin.
Soliq to’lovchilar, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning elementlari har bir soliq yoki boshqa majburiy to’lovga tatbiqan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |