Birinchi belgi-majburiylik. Soliq va yig’imlar majburiy bo’ladi, bunda davlat soliq to’lovchining bir qism daromadlarini majburiy badal sifatida byudjetga olib qo’yadi. Bu majburiylik Oliy Majlis tasdiqlab bergan Soliq Kodeksining tamoyili asosida amalga oshiriladi. Demak, majburiylik belgisi huquqiy tomondan davlat uchun kafolatlangan.
Ikkinchi belgi soliqlarning davlat mulkiga aylanishidir. Soliqlar albatta xazinaga-davlat byudjetiga va boshqa davlat pul fondlariga tushadi. Bordi-yu, to’lov boshqa ixtiyoriy fondlar - «Iste’dod», «Ekosan», «Nuroniy» jamg’armalariga tushsa, unda soliq munosabati bo’lmaydi. Chunki majburiylik tamoyili yo’q, u to’lov davlat mulkiga tushmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |