Soliq imtiyozlari va ularning amal qilishi


Soliqlar, ularning mohiyati va ahamiyati



Download 299,5 Kb.
bet2/24
Sana29.12.2021
Hajmi299,5 Kb.
#83846
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Muxlisaaaa

Soliqlar, ularning mohiyati va ahamiyati.

Mamlakatda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda avvalambor soliq siyosatini yanada takomillashtirish, soliqlarning turlari va ularning amal qilish mexanizmini soddalashtirish muhim masalalardan hisoblanadi.

2005-yilning 28-yanvarida mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarga atroflicha to‘xtalib, 2005-yilda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning eng muhim ustuvor vazifalarini belgilab berdilar. Mamlakatimizda soliq siyosatini yanada takomillashtirish zarurligi ham muhim ustuvor vazifalardan biri sifatida e’tirof etildi. Mamlakatimiz rahbari 2018-yil 29-iyundagi “O’zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to’g’risida”gi PF-5468-sonli farmonida soliq to‘lovchilarga soliqqa tortish tizimida qo‘shimcha imtiyozlar va preferensiyalar berish, soliqlarni unifikatsiya qilish, soliq yukini yengillashtirish, soliq qonunchiligining barqarorligini ta’minlash hamda ushbu yo‘nalishda ilg‘or mamlakatlar ijobiy tajribalaridan foydalanish lozimligini belgilab berdilar. Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida davlatning paydo bo‘lishi va faoliyatining davomiyligi bilan bevosita bog‘liqdir. Shu o‘rinda soliq kategoriyasi davlatni iqtisodiy siyosati orqali iqtisodiy voqelik sifatida yuzaga chiqishini ta’kidlash lozim. 2

Davlat kuchli ijtimoiy-siyosiy tadbirlarni amalga oshirish uchun pensionerlar, talabalar, ko‘p bolali onalar va boshqalarni mablag‘ bilan ta’minlash zarurligini anglab, ayrim cheklangan tovarlar bahosidagi farqni budjet hisobidan qoplaydi va undan tashqari mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj kam ta’minlanganlarga moddiy yordamlar ko‘rsatadi, o‘zining mudofaa qobiliyatini saqlab va mustahkamlab turishga ham mablag‘lar sarflaydi, qolaversa, davlat fuqarolar xavfsizligini saqlash, mamlakatda tartib-intizom o‘rnatish, uni boshqarish funksiyalarini bajarish uchun ham ko‘plab mablag‘ yo‘naltirishga majburdir. Bunday xarajatlarni amalga oshirishning majburiyligi ular uchun manba bo‘lgan soliqlarni obyektiv zarur qilib qo‘yadi.

Soliqlarning amal qilishini bozor iqtisodiyotiga o‘tishsharoitida ikki holat bilan ifodalash mumkin: birinchidan, davlatning qator vazifalarini mablag‘ bilan ta’minlash zarurligi, ikkinchidan,bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari.

Qayd etish lozimki, hozirga qadar davlatning funksiyalarini bajarish uchun lozim bo‘lgan moliyaviy mablag‘larni shakllantirishning soliqlardan boshqa usuli jahon amaliyotida qo‘llanilgan emas. Demak, hukmron kuch sifatida davlat mavjud ekan, moliyalashtirish usuli sifatida soliqlar amal qiladi.Soliqlar majburiy to‘lovlarni ifoda etuvchi pullik munosabatlarni bildiradi. Bu munosabatlar soliq to‘lovchilar bilan ularni o‘z mulkiga aylantiruvchi davlat o‘rtasida bo‘ladi. Davlat uchun budjet daromadlarining asosiy manbayi hisoblangan soliqlar katta ahamiyatga ega.

Davlat faoliyatining barcha yo‘nalishlarini mablag‘ bilan ta’minlashning asosiy manbalaridan biri va davlat ustuvorligini amalga oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir. Soliq tizimini tartibga solish va mukammallashtirish moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi. Iqtiso- diyotni davlat tomonidan soliqlar orqali tartibga solish, davlat budjeti daromadlarini shakllantirish soliq solish vositasida jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi usuli hisoblanadi.Davlatning mavjudligi soliqlar bilan uzviy bog‘liq, chunki soliqdan tushadigan tushumlar davlat iqtisodiy mustaqilligining asosiy manbai hisoblanadi.

Insoniyat tarixida yirik davlat arboblaridan biri, o‘rta asrlarda buyuk saltanat barpo qilgan Amir Temur soliqlarga katta e’tibor qaratgan. U davlatni idora qilish tizimini yuzaga keltirishda asosan soliqlarga tayangan. O‘sha davrning davlat moliyasi bu tizimning eng muhim unsurlaridan biri ekanligi, u davlatni boshqarishdagi barcha jihatlariga uzviy bog‘langanligi bilan tubdan farq qilib turgani va ayni shu xususiyatga ko‘ra boshqaruvning barcha tarkibiy qismlari orasida markaziy o‘rinni egallaganligi bugungi kunga kelib hammaga ayon bo‘lmoqda.

Tarixan soliqlar, davlatni saqlab turish uchun zarur bo‘lgan majburiy to‘lovlar sifatida, davlat paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan. Soliqlar davlat faoliyat ko‘rsatishining moddiy asosini tashkil etadi, ularning iqtisodiy tabiati xuddi shu yerdan kelib chiqadi.

Bozor munosabatlarining shakllanishi davrida soliqlar korxonalarning iqtisodiy faoliyatini tartibga solishning ham bilvosita quroli hisoblanadi.

Soliqlar majburiy to’lovni ifoda etuvshi pul munosabatlarini bildirib, bu munosabatlar soliq to’lovshilar (huquqiy va jismoniy shaxslar) bilan soliqni o’z mulkiga aylantiruvchi davlat o’rtasida bo’ladi. Korxona va tashkilotlar aholiga xizmat ko’rsatganida, ishlar bajarganida yoki bozorlarda oldi-sotdi qilganda ham pul to’lovlari mavjud. Lekin ular soliq bo’la olmaydi. Soliq munosabati bo’lish uchun davlat mamlakatda yaratilgan ijtimoiy maxsulot (to’g’rirog’i, yalpi milliy maxsulot) qiymatini taqsimlash yo’li bilan majburan davlat byudjetiga mablag’ tuplash jarayonini amalga oshiradi.



Soliq - bu davlat yoki mahalliy boshqaruv faoliyatini ta’minlash uchun davlat organlari tomonidan tashkilot va jismoniy shaxslardan yig’ib olinadigan to’lovga aytiladi. Davlat byudjeti daromadlar qismining asosiy manbai soliqlar hisoblanadi. Soliq iqtisodiy kategoriya sifatida, sof daromadning bir qismini byudjetga jalb qilish shakli bo’lib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi.


Download 299,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish