Jismoniy shaxs (fuqarolik huquqida) - huquqiy munosabatlarning ishtirokchisi bo’lgan alohida fuqaro (chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxslar)niifodalovchi tushuncha.U jamoaviy tuzilma bo’lgan yuridik shaxsdan farq qiladi: Jismoniy shaxs bevosita o’z nomidan ish yuritadi - faoliyat yurgizishi uchun jamoaviy tuzilma - tegishli firma yoki korxonani qonunda belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazishi shart emas. Jismoniy shaxsning huquq va muomila layoqatining vujudga kelishi hamda barham topishi tartibi ham yuridik shaxslardan farqlanadi. Jismoniy shaxs mulk huquqi asosida mol-mulkka ega bo’lishi; uni meros qilib olishi va vasiyat qilib qoldirishi; bankda o’z jamg’armalarini saqlashi; tadbirkorlik, dehqon (fermer) xo’jaligi bilan, qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyat bilan shug’ullanishi; yollanma mehnatdan foydalanishi; yuridik shaxs tashkil etishi; shartnoma, bitimlar tuzishi va majburiyatlarini bajarishi; o’ziga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararning qoplanilishini talab qilishi ; mashg’ulot turini va yashash joyini tanlashi; fan, adabiyot va san’at asarlari, qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa intellektual faoliyat samaralarining muallifi huquqiga ega bo’lishi mumkin. O’zbekiston Respublikasida fuqarolar - jismoniy shaxslarning huquq va burchlariga oid qonun-qoidalari Fuqarolik kodeksining 16-38-moddalarida belgilab berilgan.
Soliq kodeksing 18-moddasida soliq to’lovchilarning yana bir turi bo’lmish yakka tartibdagi tadbirkorlarga alohida ta’rif berib o’tilgan. Bunga ko’ra, yakka tartibdagi tadbirkor tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda, mustaqil ravishda , o’ziga mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo’l qo’yadigan o’zga ashyoviy huquq asosida amalga oshiruvchi jismoniy shaxsdir. Yakka tartibdagi tadbirkor O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlarni yollashga haqli.
Bundan tashqari ushbu kodeksning 19-moddasida respublikamizning rezident va norezidentlarga quyidagicha to’xtab o’tilgan:3
O’zbekiston Respublikasining rezidenti deb quyidagilar e’tirof etiladi: O’zbekiston Respublikasida davlat ro’yxatidan o’tgan yuridik shaxs;
O’zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki joriy soliq davrida yakunlanayotgan har qanday ketma-ketlikdagi o’n ikki oylik davr ichida jami bir yuz sakson uch kun va undan ortiq muddat O’zbekiston Respublikasida turgan jismoniy shaxs.
Chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxsning quyidagilar sifatida turgan davri uning O’zbekiston Respublikasi hududida haqiqatda turgan vaqtiga kiritilmaydi:
1) diplomatik yoki konsullik maqomiga ega bo’lgan shaxs sifatida;
2) O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga ko’ra tuzilgan xalqaro tashkilotning xodimi sifatida;
3) ushbu qismning 1-bandida ko’rsatilgan shaxslarning oila a’zosi sifatida, bunday jismoniy shaxs tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirmagan taqdirda;
4) faqat bir chet davlatdan boshqa chet davlatga O’zbekiston Respublikasi hududi orqali o’tish (tranzit o’tish) uchun;
5) agar bu jismoniy shaxs O’zbekiston Respublikasida faqat turist sifatida, davolanish yoki dam olish maqsadlari bilan turgan bo’lsa.
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan mezonlarga javob bermaydigan shaxs O’zbekiston Respublikasi norezidenti deb e’tirof etiladi. Quyida soliqqa oid ba’zi tushunchalarga izoh berib o’tamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |