Soliq imtiyozlari va ularning amal qilishi


Soliqlarning funksiyalari va vazifalari



Download 299,5 Kb.
bet13/24
Sana29.12.2021
Hajmi299,5 Kb.
#83846
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
Muxlisaaaa

Soliqlarning funksiyalari va vazifalari. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar o’rtasida vujudga keluvchi obyektiv majburiy to’lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy xarakterga ega bo’lib, milliy daromadning bir qismi bo’lgan pul mablag’larini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi.6

Soliqlarning mohiyati ularning bajaradigan funksiyalaridan kelib chiqadi. Har bir iqtisodiy kategoriyaning o’z funksiyasi mavjud. Soliq ham mustaqil kategoriya sifatida o’zi bajaradigan funksiyalarga ega bo’lib, bu funksiyalar soliq kategoriyasining amaldagi harakatini ifodalaydi. Funksiya deganda, odatda, kategoriyaning hayotda ko’p qaytariladigan, takrorlanadigan doimiy harakatlarini tushunish lozim.

Soliqlarning funksiyalari to’g’risida turli xil qarashlar mavjud. Sobiq sotsialistik mamlakatlar iqtisodchilari o’rtasida soliqlar ikki funksiyani bajaradi, degan qarash keng tarqalgan edi. Bu ikki funksiya sifatida fiskal va nazorat funksiyalari tan olinardi. Ularning fikriga ko’ra, eng asosiy funksiya – bu soliqlarning fiskal funksiyasidir, chunki usiz nazorat funksiyasi mavjud bo’lishi mumkin emas.

G’arb iqtisodchilari ko’pchiligining nazariyalari angliyalik iqtisodchi J. Keynsning konsepsiyasiga asoslanadi. Bu konsepsiyaga ko’ra, soliqlar fiskal funksiyadan tashqari iqtisodiyotni tartibga solish, rag’batlantirish va daromadlarni boshqarish vositasi funksiyalariga ega, soliqning bu funksiyalari uni iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy barqaror o’sishni ta’minlash vositasi sifatida foydalanish zarurligidan kelib chiqadi.

Neokeynschilik yo’nalishi vakillari bo’lgan L. Xarrot, N. Kador, A. Xansen va P. Samuelsonlarning fikriga ko’ra, soliqlar iqtisodiyotni tartibga solish funksiyasiga ega. Ular soliq stavkalarini o’zgartirish va turli imtiyozlar berish yo’li bilan bu funksiyani bajarish mumkin deb hisoblaydilar.7

Soliqlarning daromadlarni boshqarish funksiyasining yuzaga kelishiga fransuz iqtisodchisi B. De Jirardenning nazariyasi asos bo’lgan. Bu nazariyaga ko’ra, soliqlar yordamida soliqqa tortishning progressiv shkalasini qo’llash yo’li bilan jamiyat a’zolari o’rtasidagi mulkiy tengsizlikka barham berish mumkin. Hozirgi kunda bu nazariyaning davomchilari bo’lib amerikalik iqtisodchilar A. Ilesik, G. Koul, fransuz iqtisodchilari M. Kludo, A. Furaste hisoblanishadi. Ularning fikriga ko’ra, davlat soliqlardan va transfert to’lovlaridan foydalanish yo’li bilan jamiyat milliy daromadini kambag’allar foydasiga qayta taqsimlaydi. Bu nazariyalar soliqlarning daromadlarni tartibga solish funksiyasi mavjud degan xulosa kelib chiqishiga sabab bo’ldi.8

I.Magliyaning fikriga ko’ra, soliqlar uch funksiyani bajaradi, ya’ni fiskal, taqsimlash va rag’batlantirish. Uning ta’kidlashicha, birinchi funksiya davlat daromadlari manbalarining tashkil topishi bilan bog’liq, ikkinchisi huquqiy va jismoniy shaxslarning daromadlarini taqsimlashni nazarda tutadi. Rag’batlantirish funksiyasi turli imtiyozlar va yengilliklar berish yo’li bilan amalga oshiriladi.

O’z-o’zidan ko’rinib turibdiki, g’arb iqtisodiy adabiyotlaridagi daromadlarni boshqarish funksiyasi I.Malmigiyanda taqsimlash funksiyasi sifatida namoyon bo’lmoqda.

Soliqlarning funksiyalari ularning mohiyatini amaliyotda harakat qilayotganligini ko’rsatadi. Shunday ekan, funksiya doimo yashab, soliq mohiyatini ko’rsatib turishi zarur. Bugun paydo bo’lib, ertaga yo’q bo’lib ketadigan holatlar soliq funksiyasi bo’la olmaydi. Demak, funksiya kategoriyasi doimiy, qat’iy takrorlanib turadigan voqelikni ifodalaydi.Shunday uslubiy yondashishdan kelib chiqib, soliqlarni funksiyasini aniqlash kerak.

Soliqlarning funksiyalari masalasida katta bahslashuvlar mavjud, lekin yagona bir fikrga kelingan emas. Ko’pchilik iqtisodchilar soliqlarga fiskal, boshqaruvchi, rag’batlantiruvchi, nazorat funksiyalari xos deb ta’rif berishadi.

Bizning fikrimizcha , soliqlarning quyidagi asosiy funksiyalarini ajratib ko’rsatish maqsadga muvofiqdir:9

1. Fiskal funksiyasi.

2. Tartibga solish funksiyasi.

3. Rag’batlantirish funksiyasi.

4. Soliqning nazorat funksiyasi.

5. Qayta taqsimlash funksiyasi.

1. Soliqlarning asosiy funksiyasi – fiskal funksiya hsoblanib (lotincha <> so’zidan olingan bo’lib, xazina ma’nosini anglatadi), bu funksiyaning mohiyati shundan iboratki, soliqlar yordamida davlatning moliya resurslari hosil qilinadi hamda davlat faoliyat ko’rsatishi uchun moddiy sharoit yaratiladi. Soliqlar orqali korxonalar va fuqarolar daromadining bir bo’lagini davlat apparatini, mamlakat mudofaasini, noishlab chiqarish sohasining umuman o’z daromadlari manbayiga ega bo’lmagan qismini (ko’pgina madaniyat muassasalari, jumladan, kutubxonalar, arxivlar va boshqa) yoki lozim darajada rivojlanishini ta’minlash uchun o’zining mablag’i yetishmaydigan tarmoqlarni (fundamental organ, teatrlar, muzeylar, ko’plab o’quv yurtlari va h.k) saqlab turish maqsadida undirib olish yo’li bilan davlat byudjetining daromad qismini shakllantirish soliqlar fiskal fuksiyasining eng muhim elementi hisoblanadi.

Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan fiskal funksiyaning ahamiyati oshib boradi. Ishlab chiqarish ijtimoiy tusdaligining chuqurlashishi fan-texnika taraqqiyotining rivojlanish munosabati bilan, asosan, soliqlar hisobiga shakllantiriladigan moliyaviy resurslar oqimini ko’paytirishning real zarurati yuzaga keladi. Davlat iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarga ko’proq e’tibor bergan sari ko’p moliyaviy resurslarni sarflamoqda, lekin soliq tizimi o’zining fiksal funksiyasi vazifalarini bajarishi jarayonida ishlab chiqarish o’sishiga, jamg’arish jarayoniga xalal bermasligi, ijtimoiy adolatni buzmasligi hamda xalq xo’jaligining umumiy tuzilmasida buzilishlar va chetga chiqishlar sodir bo’lishiga yo’l qo’ymasligi, bozor jarayoniga putur yetkazmasligi kerak.

Soliqlarning ushbu funksiyasi orqali hosil bo’ladigan pul resurslari davlat fondi (davlat byudjeti) orqali qayta taqsimlanadi, ular ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga, ustuvor tarmoqlarni investitsiyalashga yo’naltiriladi.

Jahon amaliyotida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan shaxslar uchun soliq imtiyozlari va yuqori daromad oluvchi shaxslar uchun progressiv stavkalar belgilash ham qo’llaniladi, ya’ni aholining kam daromad oladigan qismini ijtimoiy himoya qilish maqsadida daromadlarning bir qismi qayta taqsimlanadi. Bunday yondashuvlar soliqqa tortiladigan daromad aniqlanayotganida soliqqa tortilmaydigan minimum miqdordagi daromad qo’shilmaydi, ayni paytda ortiqcha daromadlar soliqqa yuqori progressiv stavkalar bo’yicha tortiladi.

Soliqlarning ko’pchiligi ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o’rtasida yuzaga kelgan vaziyatni hisobga olgan holda joylarda korxonalar faoliyatining iqtisodiy shart-sharoitlarini o’zgartirishga majbur etib, moliyaviy resurslarni makrodarajada qayta taqsimlashga olib keladi. 2. Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi sharoitida soliqlarning ikkinchi muhim funksiyasi ularning iqtisodiyotdagi tartibga soluvchilik roli hisoblanadi, ya’ni davlat soliqlar orqali tovarlar, xizmatlarni ishlab chiqarish, sotishning iqtisodiy shart-sharoitini tartibga soladi va bu bilan xalq xo’jaligi tarmoqlarining iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun muayyan <>ni yaratadi. Ushbu funksiya orqali soliq tizimiga ta’sir ko’rsatadi, ya’ni muayyan tarmoqda ishlab chiqarish sur’atlarini rag’batlantiriladi yoki jilovlab turadi, sarmoyaning bir tarmoqdan boshqa tarmoqqa qo’yilishini kuchaytiradi yoki pasaytiradi, shuningdek, aholining to’lovga qobil talabini kengaytiradi yoki kamaytiradi. Soliqlarning tartibga soluvchi sifatidagi funksiyasining ahamiyati bozor sharoitida o’sib boradi, bu davrda tadbirkorlarni ma’muriy qaram qilish usullari yo’q bo’lib ketadi yoki juda kam holda qoladi, korxonalar faoliyatini farmoyishlar, ko’rsatmalar va buyruqlar yordamida idora qilish huquqiga ega bo’lgan <> tushunchasining o’zi asta-sekin yo’qolib boradi. Biroq iqtisodiy faollikni izga solib turish , uning rivojlanishini jamiyat uchun maqbul bo’lgan yo’nalishda rag’batlantirish zarurati saqlanib qoladi. 3. Rag’batlantirish funksiyasi soliq tizimining eng muhim funksiyalaridan biri bo’lib, ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xomashyo resurslari, shuningdek, moliyaviy va mehnat resurslari, jamg’arilgan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi, ya’ni soliq yukini kamaytirish orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moliyaviy ahvolni mustahkamlashga va investitsiya faoliyatini jonlantirishga rag’batlantiradi. Soliqlarning rag’batlantirish funksiyasi orqali davlat xalq xo’jaligi taraqqiyotini rag’batlantiradi, bu bilan fiskal funksiyani bajarish uchun bazani kengaytiradi, ishlab chiqarishni soliqlarning rag’batlantirish funksiyasi orqali rag’batlantirib, davlat oqilona soliq siyosatini olib borish bilan soliq yukini kuchaytirmasdan xo’jalik yurituvchi subyektlarning erkin faoliyat ko’rsatishi ta’minlanadi. 4. Soliqlarning nazorat funksiyasi soliq to’lovchi tomonidan taqdim etilgan, soliqqa tortish obyekti, soliqqa tortiladigan baza, imtiyozlar singari va h.k. tegishli sobiq ko’rsatkichlarining hisob-kitoblarini tekshirishdek murakkab jarayondan iborat. Soliq hisobi soliq idoralariga belgilangan soliq hisobi shakllari orqali soliq to’lovchilar o’zlarining soliq majburiyatlarini qanday bajarayotganliklarini yanada samarali nazorat qilish imkonini beradi.

Soliqlar iqtisodiyotning tarixiy rivojlanish bosqichlarida ushbu jarayonlarni ta’minlash maqsadiga bo’ysunuvchi vazifalarni bajaradi. Soliqlarning funksiyalari esa ana shu vazifalarni bajarishga xizmat qiladi. Soliqlar bajaradigan vazifalar ko’pchilik mamlakatlarning soliq qonunchiligida umumiy o’xshashliklarga ega. Ana shunday an’anviy soliq vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:



  • umumdavlat vazifalarini hal qilish uchun davlatga zaruriy moliyaviy resurslar ta’minlab berish. Soliqlarning fiskallik funksiyasi ushbu vazifani hal qilish maqsadlariga xizmat qiladi. Bu vazifani hal qilish davlatning iqtisodiyotga qay darajada aralashuviga ko’p jihatdan bog’liq. Bu ko’rsatkich qanchalik yuqori bo’lsa, soliqlarning fiskallik funksiyasi shunchalik faol bo’ladi. Ammo soliqlarning ushbu vazifasi faqat iqtisodiy jarayonlarni qamrab olmaydi, balki davlatning noishlab chiqarish xarajatlarining ko’payishi ham davlatning ortiqcha moliyaviy resurslarga muhtojligini keltirib chiqaradi;

  • mamlakat iqtisodiyotida qulay investitsiya muhitini yaratishga ko’maklashish. O’zbekiston Respublikasida soliqlarning ushbu vazifasini bajarishi o’ziga xos xususiyatlarga ega. Asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, hozirgi kunda sarmoyalarning asosiy qismi savdo va xizmatlar sohasiga yo’naltirilayotganligi tashvishli holdir. Buning asosiy sababi foyda normasining bu sohalarda kattaligidir. Soliqlar sarmoyalarni bevosita mahsulot ishlab chiqarish sohasiga yo’naltirishning qudratli vositasi bo’lishi kerak;

  • aholining mehnat faolligini rag’batlantirish. Soliqlar deyarli barcha mamlakatlarda ushbu vazifani bajaradi. Chunki ular aholi daromadlarini tartibga solishning muhim vositasi hisoblanadi. Daromadlardan olinadigan soliq stavkalarining eng yuqori chegarasini sezilarli darajada pasaytirish ishchi kuchining taklifi bilan bog’liq salbiy oqibatlarning oldini olishi mumkin. O’tgan asrning 70-80-yillarida Shvetsiyada soliq stavkalarini aholi daromadlariga proressiv ravishda qo’llash malakali ishchilarning boshqa mamlakatlar tomon migratsiyasiga olib kelgan;

  • Iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish maqsadida daromadlarni ta’minlashning samaradorlik va adolat tamoyillari o’rtasidagi muvofiqlikka erishish. Amaldagi soliqlarga barqarorlik va moslanuvchan soliq stavkalarining xosligi soliqlarning uzoq muddatli vazifalarini amalga oshirishga zamin yaratadi. Milliy va xorijiy investorlar kapital qo’yilmalarini amalga oshirar ekan, ular o’zlarining soliq majburiyatlarini aniq bilishi kerak. Soliq turlari va stavkalari barqaror va tez-tez o’zgarmaydigan bo’lishi darkor. Soliq tizimiga mustahkam ishonch bo’lmagan taqdirda uzoq muddatli investitsiyalarning harakati susayadi. Yuqorida aytib o’tganimizdek, soliqlarning budjetga ijobiy ta’siridan tashqari, muhim iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish sohasida ham ulardan faol foydalanish mumkin. Narx-navoning isloh qilinishi, tashqi savdoning erkinlashtirilishi, mehnat bozorining isloh qilinishi va hokazolar yangi paydo bo’lgan tijorat strukturalarini moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlash zaruriyatini yuzaga keltiradi. Bu vazifani soliq stavkalarining tabaqalantirish yo’li orqali hal etish mumkin.

Shunday qilib, soliqlarning vazifalari ularni amalga oshirish muddatiga qarab qisqa muddatli, o’rta va uzoq muddatli vazifalarga bo’linadi. Bu vazifalar mazmuniga ko’ra, bir-biridan farq qiladi. Soliqlar nafaqat davlat budjetining tushumlariga bo’lgan ehtiyojlarni qondirishga, balki avlat daromadlarini budjetning o’rta muddatli rejada hayotiyligini yaxshilash maqsadida moslashuvchanligini amalga oshirishga ham xizmat qilishi mumkin.


Download 299,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish