Soliq imtiyozlari. Mol-mulk solig’i hisoblab chiqarilayotganda soliq solinadigan baza quyidagilarning o’rtacha yillik qoldiq qiymatiga kamaytiriladi:
- lizingga olingan mol-mulkning, lizing shartnomasi amal qiladigan muddatga;
- ishlab chiqarishga yangi joriy etilgan yangi texnologik jihozlarning, besh yillik muddatga va Soliq kodeksining 26-moddasida ko’rsatilgan boshqa imtiyozlar.
Mol-mulk solig’idan quyidagilar ozod qilinadi:
- yangi tashkil etilgan korxonalar - davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan e’tiboran 2 yil mobaynida.
- ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini - yuridik shaxslarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to’g’risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan e’tiboran Soliq kodeksining 26-moddasida ko’rsatilgan boshqa imtiyozlar.
Soliqni hisoblab chiqarish, hisob-kitoblarini taqdim etish va to’lash tartibi.Mol-mulk solig’ini hisoblab chiqarish soliq to’lovchi - O’zbekiston Respublikasining rezidenti tomonidan SK 267-moddasining birinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
O’zi ishlab chiqargan tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportining erkin almashtiriladigan valyutadagi ulushi quyidagi miqdorlarni tashkil etadigan eksportchi korxonalar uchun, bundan ro’yxati Prezidentning 1997 yil 10 oktabrdagi PF-1871-son Farmoni bilan tasdiqlangan xom ashyo tovarlari mustasno:*
*) Belgilangan (me’yoriy) muddatlarda ishga tushirilmagan uskunalar va tugallanmagan qurilish qiymatiga pasaytirilgan stavkalar qo’llanilmaydi. Izoh: Me’yoriy muddatlarda o’rnatilmagan uskunalar uchun mol-mulk solig’i ikki baravar stavkada to’lanadi.
MISOL. Ishlab chiqarish korxonasi o’zi ishlab chiqargan mahsulotlarini eksport qiladi va quyidagi ko’rsatkichlarga ega: hisobot choragi uchun mol-mulk solig’ini hisoblab chiqarish uchun mulkning o’rtacha yillik qoldiq qiymati - 6 000 ming so’mni; o’zi ishlab chiqargan mahsulotni sotishdan sof tushum hisobot davriga - 16 000 ming so’mni, shu jumladan eksport hajmi - 4 000 ming so’mni tashkil qiladi. Hisobot davrida o’zi ishlab chiqargan mahsulotlarni sotishdan tushumda eksportning hajmi 25% (4 000/16 000 x 100%)ni tashkil qiladi. Shunday qilib, korxona imtiyozdan foydalanish va soliq stavkasini 30%ga pasaytirishga haqli, bunda soliq stavkasi 2,45%ni (3,5 x 70%) tashkil qiladi. Imtiyozni hisobga olgan korxona hisobot davri uchun mol-mulk solig’ini 147 (6 000 x 2,45%) ming so’m miqdorida to’lashi kerak. Shunga e’tibor berish kerakki, realizatsiya oborotlari yil davomida o’sib boruvchi yakun bilan aniqlanadi. shuning uchun imtiyozlarni hisobga olib, yakuniy hisob-kitobni yil oxirida qilish mumkin. Soliq davri mobaynida soliq to’lovchilar har oyda joriy to’lovlarni to’laydilar, mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno. Joriy to’lovlar summasi tegishli yil uchun mol-mulkning o’rtacha yillik qoldiq qiymatidan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan mol-mulk solig’i yillik summasining o’n ikkidan bir qismi miqdorida belgilanadi. Joriy to’lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq to’lovchi soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga belgilangan shakldagi ma’lumotnomani joriy yilning 10 yanvarigacha taqdim etadi.
Byudjetga joriy to’lovlarni to’lash har oyning 10-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Mol-mulk solig’ining hisob-kitobi soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda taqdim etiladi.
Тo’lanishi lozim bo’lgan mol-mulk solig’i summasi hisob-kitoblarni topshirish uchun belgilangan kundan kechiktirmay byudjetga o’tkaziladi.
O’zbekiston Respublikasining norezidentlari bo’yicha mol-mulk solig’ini hisoblab chiqarish soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda quyidagi tartibda davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi:
O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan mamlakatimiz norezidenti doimiy muassasaning soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga soliq solinadigan mavjud mol-mulk to’g’risidagi ma’lumotnomani hisobot yilidan keyingi yilning 25 yanvaridan kechiktirmay taqdim etishi shart. Тaqdim etilgan ma’lumotnoma asosida davlat soliq xizmati organi mol-mulk solig’i summasi hisob-kitobini o’n kun ichida amalga oshiradi va to’lov xabarnomasini yozadi;
O’zbekiston Respublikasining ko’chmas mulk joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlari mamlakatimizning ko’chmas mulkka ega bo’lgan norezidentlariga soliq to’lovchidan yoki ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organdan olingan ma’lumotlar asosida to’lov xabarnomasini yozadi.
Mol-mulk solig’i O’zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan yilda bir marta soliq hisoboti davridan keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmasdan to’lanishi kerak.
Soliq solinadigan bazani aniqlash uchun eskirishni chegirib gashlagan holda quyidagi buxgalteriya xisobi schyotlari bo’yicha balansshshg aktivida joylashgan summalar qabul qilinadi:
0110-0199 - asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar;
0310-«Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar»;
0710-0720 - o’rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (me’yordagi muddatlarda o’rnagilmaganlari bo’yicha);
0810-«Тugallanmagan qurilish» (belgilangan muddatlarda tugallanmaganlari bo’yicha).
Korxonaning mol-mulkiga 3,5%li stavka bo’yicha soliq solinadi. Me’yordagi muddatlarda o’rnatilmagan va foydalanilmayottan mol-mulk uchun korxona va tashkilotlar mol-mulk solig’ini ikki karrali stavka bo’yicha to’laydilar.
M i s o l. Quyidagi ma’lumotlar mavjud: