Солиқ ҳисобининг объекти ва предмети



Download 0,97 Mb.
bet80/144
Sana26.04.2022
Hajmi0,97 Mb.
#583618
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   144
Bog'liq
Соли исобининг объекти ва предмети

Asosiy vositalar-
ning boshlang’ich
qiymati

Asosiy vositalar-
ning jamg’arilgan
eskirishi

31 yanvar holatiga

15 000 ming so’m

5 000 ming so’m

28 fevral holaxiga

25 000 ming so’m

7 500 ming so’m

31 holatiga

25 000 ming so’m

12 000 ming so’m

Mol-mulk solig’ini hisoblash uchun mol-mulkning o’rtacha yillik qiymati 40 500 ming so’mni tashkil etadi.
Soliq solinadigan bazani belgilash uchun Buxgalteriya hisobining balans aktivida aks ettiriladigan quyidagi hisobvaraqlar bo’yicha summalar qabul qilinadi:
0110-0190-«Asosiy vositalar»
0310-«Uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar»


Mol-mulk solig’i hisoblanganda:
Debit 9430-«Boshqa operatsion harajatlar»
Kredit 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik»
Byudjetga o’tkazilganda:
Debit 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik»
Kredit 5110-«Hisob-kitbo schyoti»
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga 3,5 foiz stavkasi bo’yicha soliq solinadi.
Misol: Korxona 2010 yildagi asosiy vositalarining qoldiq qiymati 97396, ming so’mni tashkil kilgan. Korxona 2010 yil uchun quyidagicha mol-mulk solig’ini hisoblaydi va byudjntga utkazadi.
Mol-mulk solig’i = 97396*3,5% = 3408,86 ming so’m.
Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisob-kitoblarini taqdim etish va soliqni to’lash tartibi. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish soliq to’lovchi - O’zbekiston Respublikasining rezidenti tomonidan ushbu Kodeks 267-moddasining birinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Soliq davri mobaynida soliq to’lovchilar har oyda joriy to’lovlarni to’laydilar, mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno. Joriy to’lovlar summasi tegishli yil uchun mol-mulkning o’rtacha yillik qoldiq qiymatidan (o’rtacha yillik qiymatdan) va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq yillik summasining o’n ikkidan bir qismi miqdorida belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasining norezidentlari bo’yicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda quyidagi tartibda davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi:
O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O’zbekiston Respublikasining norezidenti doimiy muassasaning soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga soliq solinadigan mavjud mol-mulk to’g’risidagi ma’lumotnomani hisobot yilidan keyingi yilning 25 yanvaridan kechiktirmay taqdim etishi shart. Тaqdim etilgan ma’lumotnoma asosida davlat soliq xizmati organi yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi hisob-kitobini o’n kun ichida amalga oshiradi va to’lov xabarnomasini yozadi;
O’zbekiston Respublikasining ko’chmas mulk joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlari O’zbekiston Respublikasining ko’chmas mulkka ega bo’lgan norezidentlariga soliq to’lovchidan yoki ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organdan olingan ma’lumotlar asosida to’lov xabarnomasini yozadi.
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq O’zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan yilda bir marta soliq hisoboti davridan keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmasdan to’lanishi kerak.
Prezidentimizning 2012 yil 16 iyul kuni «Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 4453-sonli Farmoni asosan 2013 yildan e’tiboran - yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hisobotlari barcha soliq to’lovchi yuridik shaxslar tomonidan bir yilda bir marotaba taqdim etilishi belgilandi.



Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish