Qo’shimcha adabiyotlar
21. O’zbekiston Respublikasi “Тa’lim to’g’risida”gi qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi 1997 yil 29 avgust.
22. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. -Т.: Ma’naviyat, 2008.
23. Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – Т.: “O’zbekiston” – 2011.
24. Karimov I.A. O’zbek xalqiga tinchlik va omonlik kerak. Risola. Т.: O’zbekiston. 2013 y.
Internet saytlari
www. ziyonet.uz
www.tdpu.uz
www.pedagog.uz
www.psychology.uz
www.nutq.intal.uz
www.psychology.net.ru
«PEDAGOGIKA. PSIXOLOGIYA» fanidan
MA’RUZALAR MATNI
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasining taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o‘rin egallashi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bugungi kunda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish uchun fuqarolarning, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy salohiyati, iqtisodiy o‘zgarishlarini
to‘g‘ri talqin qilishlari va bu jarayonlarni boshqara olishlari hamda XXI asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob bera olishlari uchun o‘quv maskanlarida sifatli kadrlarni etkazib
berish masalasi dolzarb hisoblanadi.
Mazkur ishchi dasturda pedagogika va psixologiya asoslari bo‘yicha umumiy va xususiy bilimlar berishga oid masalalar qamrab olingan bo‘lib, ularning inson kamolotida tutgan o‘rnini yoritib berishga asosiy e’tibor qaratilgan. Ishchi o‘quv dasturi asosida pedagogika va psixologiya fanlarining asosiy kategoriyalari va uning eng muhim qonuniyatlarini ochib berish ko‘zda tutiladi.
Ushbu fanni o‘qitishda jahon olimlarining ta’lim-tarbiyaga va psixologiya faniga qo‘shgan hissalarini milliy mafkuramiz talablari nuqtai nazaridan o‘rganib, talabalarga etkazish va hayotga tatbiq etish ko‘zda tutilgan.
Dasturda pedagogika va psixologiya fanlari bo‘yicha nazariy materiallar bilan bir qatorda seminar mashg‘ulotlari hamda mustaqil ta’lim mavzulari qamrab olingan. Kursning asosiy maqsadi talabalarga boshlang‘ich pedagogik va psixologik bilimlarni berish, ularni ushbu fanlarning umumnazariy asoslari bilan tanishtirish, ta’lim-tarbiyaviy faoliyati xususiyatlari hamda talabalarni bozor iqtisodiyoti sharoitida psixik hodisalarni to‘g‘ri anglab etish, turli murakkab vaziyatlardan chiqib keta olishiga oid dastlabki ko‘nikma va malakalar bilan kurollantirishdan iboratdir.
Fanning vazifalari:
o pedagogika va psixologiya fanlarining predmeti, maqsadi, vazifalarini aniqlash hamda uning rivojlanish tarixini o‘rganish;
o talabalarni zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimlari, xususan, O‘zbekistonning uzluksiz ta’lim
tizimi hamda milliy g‘oya va milliy mafkurani yoshlar ongiga singdirish masalasi, shuningdek,
jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va
choralari mazmuni, mohiyati bilan tanishtirish:
o pedagogika va o‘qitish jarayonlari, ta’lim mazmuni va tarbiya nazariyasi hamda ta’lim va
tarbiyaning metodlarini o‘rganish;
o pedagogikaning tabiiy ijtimoiy asoslari va pedagogik faoliyat hamda uni tashkil etish
jihatlarini aniqlash;
o talabalarni ta’lim-tarbiyaning birligi, pedagog shaxsi va uning ijtimoiy burchi bilan
tanishtirish;
o psixologik tushunchalar, kategoriyalar, qonuniyatlar, psixik jarayonlar va ularning
toifalanishini o‘rganish;
o psixik jarayonlarning fiziologik asoslari ochib beriladi;
o shaxs va faoliyat hamda shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganish va
aniqlash;
o iqtisod yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga zarur bo‘lgan keng va ijodiy
tafakkurning psixologik asoslarini tushuntirish va ularni rivojlantirish hamda iqtisodiy fikrlash
malakalarini tarkib toptirish;
o talabalarning kelgusi ish faoliyatlarida ishbilarmonlik muloqoti to‘g‘risida
tushunchalarga ega qilish va ularda zarur ko‘nikmalarni hosil qildirish.
SHuningdek, psixologiya sohasining vazifasi etib, psixik voqea-hodisalarni o‘rganish va
ularni ilmiy jihatdan talqin qilish ham nazarda tutiladi. CHunki, psixik voqea-hodisalar barcha
boshqa voqea-hodisalar kabi muayyan qonuniyatlarga bo‘ysunadi. Psixologiya fani o‘z vazifasi
sifatida ana shu voqea-hodisalarning namoyon bo‘lishi, talqin qilinishi va rivojlanishi asosida
yotgan qonuniyalarni ochib berishda xizmat qiladi.
Pedagogika va psixologiya fanlarini o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni
qo‘llagan holda dars o‘tish ko‘zda tutilgan. Bo‘lardan: muammoli vaziyatlarni echish, ishchi
o‘yinlar, masala-mashqlar, bahs-munozara usullari, psixologik o‘yinlar, testlar, rolli o‘yinlar va
h.k.
Seminar mashg‘ulotlarida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash va ularni amaliyotga
joriy etish kabi masalalar sinovdan o‘tkaziladi. Xususan, har bir dars yakunida talabadan ma’lum
ko‘nikma va malakalar hosil qilinishi nazarda tutilgan. Seminar darslari ham yangi pedagogik
texnologiya usullarini qo‘llagan holda o‘tkaziladi.
Mustaqil ta’lim shaklida pedagogik va psixologik bilimlar kengaytiriladi va bu fanlarning
asoslari chuqurroq bilib olinadi. Buning uchun muayyan mavzular tanlanib, talabalar e’tiboriga
taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |