ABU ABDULLO MUHAMMAD IBN MUSO AL-XORAZMIY
Buyuk matematik, astronom va geograf Muhammad al-Xorazmiy VIII asrning oxiri va IX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan buyuk mutaffakir allomalardan biridir. Muso al-Xorazmiy (uning to'liq ismi Abu Abdullo Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy) 783 yilda Xorazmda tug'ilgan. U dastlabki ma'lumot va turli sohadagi bilimlarini asosan o'z yurtida, O'rta Osiyo shaharlarida ijod etgan olimlar va mutafakkirlardan olgan.
Manbalarda Xorazmiyning ismiga yana al-Majusiy va Qutrubbuliy degan atamalar ham qo'shib aytiladi.
Xorazmiyning qalamiga mansub 20 dan ortiq asarlarning faqat 10 tasi bizgacha yetib kelgan. Bular "Aljabr va al muqobala hisobi haqida qisqacha kitob"(algebraik asar); "Hind hisobi haqida kitob" yoki "Qo'shish va ayirish haqida kitob"(arifmetik asar); "Kitob surat-ul-arz" (geografiyaga oid asar); "Zij ", "Asturlob bilan ishlash haqida kitob", "Asturlob yasash haqida kitob", "Asturlob yordamida azimutni aniqlash haqida", "Kitob ar-ruhoma", "Kitob at-tarix" (astronomiyaga oid asar). Bu asarlarning to'rttasi arab tilida, bittasi Farg'oniyning asari tarkibida, ikkitasi lotincha tarjimada saqlangan va qolgan uchtasi hali topilgan emas.
Olimning «al-Xorazmiy» nomi esa «algoritm» shaklida fanda abadiy o’rnashib qoldi. Uning geografiyaga doyr asari esa arab tilida o’nlab geografik asarlarning yaratilishiga zamin yaratdi
Xorazmiy asarlari dunyoning turli kutubxonalarida saqlanadi. Turli g’arb va sharq tillariga tarjima etilgan. U o’z asarlari, ixti-rolari bilan nafaqat o’z vatanini, balki arab xalifaligining il-miy yutug’i, o’z davri madaniyatining yuksak natijalarini butun dunyo va barcha asrlarga mashhur etdi.
ABU ALI IBN SINO
Abu Ali Ibn Sino Afshona qishlog’ida 990 yilda amaldor oilasida tugilgan. Ibn Sino jaxon madanyatiga katta hisa qo’shgan mashhur ensiklopedist olim. Tabiatshinos, faylasuf, tilchi, shoir, huquqshunos, ahloqshunos astranomdir.
Ibn Sino asarlari 280 dan ortiqdir. Shulardan 40-dan ortig’i meditsinaga oid, 30 ga yaqini turli tabbiy fanlarga, 180 ta risolasi falsafa, mantiq, ruxshnoslik, geologiya, etika va ijtimoiy masalalarga, 3 risolasi musiqiy ilmga bagishlangan. Lekin bizga bu asarlarning 160 ga yaqini yetib kelgan. Asarlar orasidagi 18 jildli «Kitob uf-shifo» asarini falsafa bilimlar qomusi desa bo’ladi.
O’rta Osiyo xalqlari madaniyatini o’rta asr sharojtida dunyo madaniyatining oldiigi katoriga olib chnqqan buyuk mutafakkirlardan biri Abu Ali ibn Sino bo’lib, u Ovro’poda Avitsenva nomi bilan mashhurdir.
Ibn Sino (asl ismi Husayn, otasining ismi Abdulloh) Buxoroning Afshona qishlog’ida hijriy 370 (980) yilning safar oyida, amaldor oilasida tug’ildi. 986 yilda ibn Sino oilasi Buxoroga ko’chib keladi va shu vaqtdan boshlab yosh Husayn boshlang’ich ma’lu-mot olishga, ilm-fanni o’rganishga kirjshadkk Uning yoshligi, yigitlik chog’lari somoniylar hukmronligining so’iggi yillariga, xususan Nuh II ibn Mansur Somoiiy hukmronligi davri (976—997) ga to’g’ri keladi.
Ibn Sino asarlarining umumiy soni 450 dan oshadi, lekin bizgacha faqat 160 ga yakin asari etib kelgan, xolos. Ko’p risolalari shaharma-shahar ko’chib yurish, feodal urushlari, saroy to’poloplari, turli falokatlar tufayli yo’qolib ketgan. Ko’p manbalarda Ibn Sino avvalo tabib sifatida talqin etiladi, holbuki tabobat uning ilmiy sohalari orasida eng muhimlaridan biridir, xolos. Ibn Sino asarlarining asosiy kismi Yaqin va O’rta Sharqning o’sha davr ilmiy tili hisoblangan arab tilida, ba’zilari fors tilida yozilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |