Sohibqiron Amir Temur bog‘lari


SHOHIZINDA. Mirzo Ulug‘bekning binokorlik faoliyati



Download 6,08 Mb.
bet5/6
Sana30.03.2022
Hajmi6,08 Mb.
#519348
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Amir temur va Temuriylar bog

SHOHIZINDA.

Mirzo Ulug‘bekning binokorlik faoliyati
Mirzo Ulug‘bek o‘zining mashhur bobosining xotirasiga chuqur hurmat va ehtirom saqlardi. U Amir Temur tomonidan boshlangan qurilish ishlarini davom ettirish uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qildi.
1420-yili Samarqandning Registon maydonida Ulug‘bekning buyrug‘iga binoan baland gumbazli va minorali bino - madrasa barpo etildi. Ulug‘bek madrasalari Buxoro va G‘ijduvonda ham bunyod etildi.
Ulug‘bekning mashhur Shohizinda («Tirik shoh») qabristonidagi qurilish ishlari ham keng shuhrat topdi. Bu yerda Samarqandning mashhur kishilari, sarkardalar va temuriylar sulolasi vakillari dafn etilgan. Mirzo Ulug‘bekning ustozi Qozizoda Rumiy maqbarasi ham ajoyib inshoot hisoblanadi.
1436-yili Amir Temurning vatani Shahrisabzda me’morlar machit binosini barpo etdilar. Aylanasi 15 metrdan iborat ulkan moviy gumbazi sharofati bilan ushbu machit Ko‘kgumbaz nomini oldi. Xuddi shu Shahrisabzda Gumbazi Sayidon maqbarasining tamal toshi qo‘yildi.
Samarqand atrofida Ulug‘bek ulug‘vor Bog‘imaydon bunyod ettirdi. Mazkur bog‘ gullarga va yirik yaproqli daraxtlar yashilligiga burkangan edi.
1429-yili Obirahmat arig‘i bo‘yidagi Naqshijahon degan joyda betakror Samarqand rasadxonasining qurilishi yakunlandi. U balandligi 30 metr bo‘lgan uch oshyonli aylana binodan iborat edi. Bino sirparchinli va marmar qoplamalar bilan ziynatlangan edi. Ushbu inshoot o‘rta asrlardagi zilzilalar oqibatida qulagan va hozirgacha saqlanib qolmagan


SAMARQAND. SHOHIZINDA MAQBARALAR MAJMUASI. SAKKIZ QIRRALI MAQBARA


SAMARQAND. SHOHIZINDA MAQBARALAR MAJMUASI. SAKKIZ QIRRALI MAQBARA



SAMARQAND. SHOHIZINDA MAQBARALAR MAJMUASI.

Tasviriy va amaliy san’at
Mohir rassomlar binolarning devorlarini rang-barang rasmlar bilan bezaganlar. Ular boy o‘simlik dunyosi, daraxtlar, gullar va maysalarni o‘zida aks ettiradi.
Temuriylar zamonida yog‘och va marmar o‘ymakorligi, sopol idishlarni pardozlash va metallga badiiy ishlov berish mahorati yuqori darajaga yetadi. Yog‘och o‘ymakorligi ustunlar va eshik-darvozalarni bezashda keng qo‘llaniladi. Bronza idishlarda afsonaviy qush va hayvonlar tasviri aks ettiriladi. Ushbu tasvirlar sog‘lik, boylik va farovonlik tilaklari bitilgan yozuvlar bilan uyg‘unlashib ketardi.
Ahmad Yassaviy maqbarasida tepa aylanasi 2,5 metrga teng bo‘lgan ulkan jez qozon mavjud. Uning og‘irligi 2 tonnaga teng. Qozondagi yozuv uning 1393-yili Amir Temur buyrug‘iga ko‘ra Ahmad Yassaviy masjidi uchun yasalganligini va hadya qilinganligini bayon qiladi.
Usta - rassomlar, shuningdek, qurol-yarog‘larni ham bezaganlar. Xanjarlar, qilich dastalari, dubulg‘a va qalqonlar shular jumlasidandir.
Klavixo Samarqand saroyida oltin va kumush idishlarning haddan tashqari ko‘pligiga e’tibor qaratgan. Ular metallga mahkamlangan dur, zumrad va feruza toshlari bilan ziynatlangan. Zargarlik san’ati - turli taqinchoqlar yasash yuqori darajaga erishgan.
Usta-kulollar sirlangan idishlarni gul va barg tasvirlari bilan bezardilar. XV asrda kulollar Xitoyning ko‘k-oq chinnisiga taqlidan idishlar ishlab chiqara boshladilar. Xitoyda chinni tayyorlash siri o‘lim xavfi bilan qo‘rqitilib, o‘ta maxfiy saqlanardi. Uning siri chinni tayyorlashda odatiy bo‘lmagan tuproq - kaolinni qo‘llash bilan bog‘liq edi. Ana shu sirga javob faqat XVIII asrga kelib Germaniyada topildi.
Chodir va o‘tovlar tayyorlanadigan mato va gilamlarga ham naqsh va bezaklar solinardi. Qimmatbaho kiyimlar oltin ip bilan tikilgan. Ipak gazlamalar turli naqsh va gullar bilan qoplanardi.


Download 6,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish