Sohibqiron Amir Temur bog‘lari



Download 6,08 Mb.
bet3/6
Sana30.03.2022
Hajmi6,08 Mb.
#519348
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Amir temur va Temuriylar bog

BOG‘I JAHONNOMA (Jahon ko‘zgusi). Amir Temur Samarqanddan yetti farsax (42 km) narida, Zarafshon tog‘i etagida qurdirgan (taxminan Urgut tumanida). Unda saroy va qal’a bo‘lgan. Bog‘ning hududi juda ham katta bo‘lib, yo‘qolib qolgan ot 6 oydan so‘ng topilgan ekan.
BOG‘I MAYDON. Cho‘ponota tepaligi etagida, Samarqandning shimolida joylashgan. Tarixiy manbalarga qaraganda, bog‘da hashamatli bir ayvon (ko‘shk) va qimmatbaho toshlardan yasalgan taxt bo‘lgan. Amir Temurning nevarasi Mirzo Ulug‘bek bu bog‘ni yanada obod qilgan. Bu bog‘ o‘rni hozir ham Bog‘i Maydon deb ataladi.
BOG‘I NAV (angi bog‘). Bu bog‘ni 1404 yilda Amir Temur Samarqandning Janubida qurdirgan. Lolazor qishlog‘i o‘rnida joylashgan. Bu bog‘ to‘rtburchak shaklida bo‘lib, atrofi baland paxsa devor bilan o‘ralgan, har burchagida minora qad ko‘tarib turgan. Markazida boshqa bog‘lardagiga nisbatan kattaroq qasr, uning oldida katta hovuz bo‘lgan.
BOG‘I CHINOR. Amir Temur Samarqandning Sharqida (Konigilning janubiy-g‘arb tarafida, hozirgi Qo‘shtamg‘alik tepaligi o‘rnida) barpo qildirgan. Unda ajoyib chinorlar ko‘p bo‘lgan. Bog‘ning markazida saroy joylashgan.
BOG‘I SHAMOL. Amir Temur 1397 yilda nabirasi (Mironshohning qizi)ga atab qurdirgan. Bu bog‘ Samarqandning G‘arbida bo‘lgan. Undagi saroy to‘rtburchak shaklida bo‘lib, har tomoni 1500 qadamni tashkil qilgan. Devorlariga marmar qoplanib, sahni qorayog‘och va fil suagidan ishlangan. Bu bog‘ joylashgan hudud va u yerdagi ariq hozir ham Bog‘i Shamol deb ataladi.
Amir Temur bog‘laridan eng chiroyli va mashhurlari quyidagilar:
Amir Temur bobomiz Samarqand atrofida bulardan tashqari, yana bir qancha bog‘ va saroylar barpo etgan. Chunonchi, BOG‘I BULDU, BOG‘I ZOG‘ON, BOG‘I NAQSHI JAHON, BOG‘I AMIRZODA SHOHRUX, BOG‘CHA, BOG‘I DILAFRO‘Z, BOG‘I SHEROI, GULBOG‘, LOLAZOR, BEDANA KURGI, CHUMCHUQLIK, G‘OZXONA va boshqalar biri biridan qolishmagan.
Qurilish ishlari
XIV asr oxirida Amir Temur davlatida ulkan qurilish ishlari avj oldi. Ular keyingi o‘n yilliklarda ham davom etdi. Yangi madrasa, masjid va maqbaralar binolari, qasr va karvonsaroylar qad ko‘tardi, shahar mudofaa inshootlari qayta tiklandi.
Ushbu ishlar uchun turli qurilish mutaxassisligiga ega bo‘lgan ko‘plab ustalar talab qilinardi. G‘isht teruvchilar, suvoqchilar, toshtaroshlar, marmar va yog‘och o‘ymakorlari shular jumlasidandir. Samarqand va Shahrisabzda, so‘ngra Hirotda qurilishlar ko‘lami misli ko‘rilmagan tus oladi.
Uy-joylar, daha machitlari, savdo do‘konlari va hunarmandchilik ustaxonalari qurilishida asosan xom g‘isht, paxsa va yog‘och ishlatilardi. Yirik inshootda pishgan g‘isht, marmar va sirlangan koshinkor qoplamalar keng qo‘llanilgan.
Mahobatli binolar qurilishiga Sharqdagi turli shaharlardan mashhur ustalar jalb qilingan.


Download 6,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish