III. Yangi mavzuni tushuntirish.
O’quvchilarni qaytadan saflab dars mavzusini tushuntirib berish va amalda bajartirish.
Mavzu: Tennis koptogini turgan joydan uloqtirish. Tennis koptogini yugurib kelib bosh ortidan, yelkadan 1-2 qadam tashlab uloqtirish. Tennis koptogini mo‘ljalga uloqtirishni tushuntirib berish va amalda bajartirish.
a) Tennis koptogini turgan joydan uloqtirish. Uloqtirishni bajarish,ya’ni tirsakni siltashda boshning yonidan o’tish kerak,bilak sport anjomlari bilan bo’sht past-orqaga osilib turadi,qo’l esa bosh yonidan to’ppa-to’g’ri chiziq bo’ylab harakat qiladi.Gavdaning yuqori qismini va o’ng yelkani zo’r berib harakatlantirib uloqtirishni bajarish kerak.Koptokni uloqtirishda oldin gavdaning o’g’irligi biroz bukilgan(o’ng oyoqqa joylashadi): uloqtirirish butun gavda bilan bajariladi (shunda belni chap tomonga bukmasdan, balki iloji boricha to’g’rilasga harakat qilish kerak)uloqtirishdan so’ng yiqilib ketmaslik uchun o’ng oyoqda oldinga qadam tashlash lozim.
b) Tennis koptogini yugurib kelib bosh ortidan, yelkadan 1-2 qadam tashlab uloqtirish. Tennis koptogini mo‘ljalga uloqtirish.Yugyrib kelib uloqtirishni bajarishda yugurib kelib bir tekis bo’lishi va to’xtamasdan bajarish kerak.Muhimi koptokni uloqtirishda oldin chap oyoq oldinda turadi.Koptokni uloqtirishda oxiridan oldingi qadamda qo’lni orqaga uzatish lozim.(bir,ikki,uch hisobda).
Metodik tavsiyalar: Besh qadamdan yugurib kelib otish faqat shu vaziyatda bajariladiki qachonki yugurib kelishni yaxshilab bilib olgandan so’ng.Boshqacha yo’l bilan qo’lni orqaga dadil uzatmaslik bir tekisda yugurib kelishga xalaqit beradi.Bunga yo’l qo’yish mumkin emas.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash. Koptokni uloqtirishda oxiridan oldingi qadamda qo’lni orqaga uzatish lozim.(bir,ikki,uch hisobda). Besh qadamdan yugurib kelib otish faqat shu vaziyatda bajariladiki qachonki yugurib kelishni yaxshilab bilib olgandan so’ng.Boshqacha yo’l bilan qo’lni orqaga dadil uzatmaslik bir tekisda yugurib kelishga xalaqit beradi.Bunga yo’l qo’yish mumkin emas.
Metodik tavsiyalar:O’quvchilarga quyidagi vazifalar taklif qilinadi:maksimal uzoqlashtirilgan nishonga, daraxtga,chelakka,kata toshga chambarakka va boshqa narsalarga anjomni tushirirish
V.O’quvchilarni baholash darsni yakunlash. O’quvchilarni qaytadan bir qatorga saflab “Diqqatni oshiruvchi mashqlar” mashqlarni berish organizmni o’zholatiga keltirish, baholash, rag’batlantirish, kamchiliklarini aytib o’tish.
O’quvchilarni keyingi darsga tayyorlash kerak. Yurak urishini pasaytirishga erishish lozim.
VI.Uyga vazifa berish. -Yengil yugurish,arg’amchida sakrash.
-O’quvchilar bilan xayrlashish
Do'stlaringiz bilan baham: |