23
birimiz hayot degan spektaklda qandaydir rolga ega bo’lishga intilamiz. To’g’ri-
da – hayotda hech kim bo’lishdan yomon narsa yo’q.
Barchamiz bu dunyoga kelishimiz bilan hayot bizga qandaydir rol beradi.
Tug’ilgandan keyingina biz kimdir bo’lamiz. Xo’sh, tug’ilishdan avval kim edik?
O’limimizdan keyin kim bo’lamiz?
Savol qiyinmi? Bema’nimi? Ixlossizmi? Ammo uning javobi juda oddiy –
hech kim
. Odamzod xuddi sahnaga chiqqan
aktyordek bu hayotga keladida, rol
o’ynay boshlaydi. Ammo u bu rolga borlig’i bilan berilib, uni haqiqat deb qabul
qilib o’ynaydi. U o’z roliga shu qadar berilib ketadiki, har doim shu rol uniki
bo’lgandek his qiladi o’zini. U hozir Afandimi, tug’ulishdan oldin ham
Afandi
edi, o’limidan keyin ham Afandi bo’lib qoladi go’yo. Boshqacha qilib aytganda,
u shunchaki bir aktyor ekanligini, bu hayotdagi rol unga vaqtincha berilganini,
muddati yetganda u shu rolini topshirib, sahna ortiga qaytishi kerakligini unutib
qo’yadi.
Endi ta’kidimni qaytaraman –
men hech kim emasman.
Siz, balki, kimdirsiz
– sizga berilgan rol sizda abadiy qolishiga ishonarsiz.
Ammo mening bunga
haddim sig’maydi – men “hech kim” degan aktyorman, faqat hozircha rol
o’ynayapman, xolos. Agar shu rolim ssenariysiga atrofimdagilarga yordam berish
ham kiritilgan bo’lsa – men shuni qilaman.
Har kim tanlash erkinligiga ega. Agar sizga men aytayotgan narsalar ma’qul
kelmasa, siz bunga mutlaqo e’tibor bermasligingiz mumkin.
Men aytayotgan
narsalarim haqiqat deb da’vo qilmayman – ularni asoslab berish, isbotlash yoki
o’z fikrlarimni sizning tanqidingizdan himoya qilish niyatim yo’q. Bu bilan hech
narsa o’zgarmaydi.
Ha, yana bir gap – huquq borasida. Sizga bir sirni ochay – buni safsata deb
qabul qilasizmi yoki jiddiy o’ylab ko’rasizmi – o’zingizga havola. Dunyoda hech
kim ekaningizni esda tutib tursangiz, siz har kim bo’lishingiz mumkin. Bu
dunyoning mehmoni ekaningizni unutmaganingiz
uchun mukofot tarzida sizga
shunday erkinlik beriladi.
Menga odamlarga bilgan narsalarini aytib, ular bilan
hayot go’zalligidan bahramandlik hissini baham ko’ruvchi darvesh bo’lish
huquqini hech kimligim bergan.
Siz kutgan yoki sizni qanoatlantiradigan javobni bermagan bo’lsam, nailoj
– bundan ortig’iga qodir emasman. Axir, men hech kimman…”
Bizga berilayotgan bilim kimdan, qayerdan yoki qanday qilib kelayotganiga
qiziqish – shaxsiy muhimlik tuyg’usiga asoslangan. Qay birimiz, aytaylik,
yosh bolaning
gaplarini jiddiy qabul qilamiz? Hatto uning gaplari to’g’ri ekanini tasdiqlovchi
vaziyatlarga duch kelsak ham – biz “mushtdek bola” hayotni bizdan ko’ra to’g’riroq
baholay olganini tan olishimiz qiyin.
Bu holat ota-ona va farzandlar o’rtasida turli ziddiyatlar kelib chiqishiga sabab
bo’ladi. Ota-ona o’z hayotiy tajribasi va hayotga moslashib
ulgurgan tushunchalariga
asoslanib farzandiga yo’l-yo’riq ko’rsatadi. Farzand esa shakllanib borayotgan shaxsiyati
qarorlariga o’zgalar xohishi aralashishiga qarshilik qilishga moyil.