Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/73
Sana07.04.2022
Hajmi1,11 Mb.
#534635
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   73
Bog'liq
7 qadam 1 qism

 
20 
Hayotni, tabiatni, san’atni sevish qobiliyati hayotiy quvvatingizni yuqori tutib 
turish uchun juda foydali. Shunday ekan, dunyoning har qirrasidan bahra olib
ko’nglingizni keng qilib yashang. Keng ko’ngilga o’ziga yarasha katta baxt beriladi. 
Qalbi tor odam esa, yo’lidan qancha katta baxt chiqmasin – tor ko’ngliga siqqanini 
ololadi, xolos. 
Men Janobi Oliylari 
 “Shaxsiy muhimlik tuyg’usi insonning eng zolim va 
makkor dushmanidir” 
(Don Xuan, Karlos Kastanedaning ustozi) 
Odamning tabiati erkinlikka intiluvchan qilib yaratilgan. Ammo eng qiziq holat 
shundaki, bizni tobe etishi mumkin bo’lgan kuchlar ro’yxatida biz mutlaqo kutmagan 
narsa birinchi o’rinda turadi. Bizni mudom bir narsaga majburlab, fikr-u-qudratimizni 
o’ziga bo’ysundira oladigan bir tuyg’u borki, kamdan-kam kimsa unga qarshilik qila 
oladi. 
Bu tuy’gu siz nimani gapirishingiz, nima iste’mol qilishingiz, qayerga borishingiz, 
kimlar bilan yaxshi, yana kimlar bilan yomon munosabatda bo’lishingiz – xullas, siz 
qanday hayot kechirishingiz kerakligini uqtirib turadi. Siz uning so’zini ikki qilolmaysiz 
– siz hatto uning amri bilan ish ko’rayotganingizni anglamasligingiz mumkin. 
Ba’zida u o’z zulmida shu darajaga borib yetadiki, siz ortiq toqat qilolmaysiz – 
erksevar tabiatingiz ustun kelib, unga qarshi qo’zg’olon ko’tarasiz. Ammo vaqt o’tib, 
g’alayon bosiladi, tashvishlar unut bo’ladi va siz tag’in o’z tuyg’uyingizga tobe bo’lib 
qolasiz. 
O’zingiz haqingizdagi yana bir sirdan boxabar bo’lishga tayyormisiz? Esingizda 
bo’lsin: 
shaxsiy muhimlik tuyg’usi – sizning birinchi raqamli dushmaningiz

Shaxsiy muhimlik tuyg’usini ikki og’iz gap bilan ta’riflash yoki tushuntirish qiyin. 
Aytaylik, sizni kimdir qattiq haqorat qildi. Yoki sizdan bir narsani qattiq talab etishdi. 
Yoki siz o’zingizdan o’zingiz biror ish uchun xafa bo’lib ketdingiz. Bunday holatlarda 
nimani his qilasiz? G’azab, gina, araz yoki norozilik tuyg’usi uyg’onishi mumkin. Siz 
zarda qilishingiz, qasdlashishingiz, o’zingizni himoya qilishingiz yoki birovga hujum 
qilishgacha borishingiz ham mumkin. 
Ana shu xatti-harakatlar va ichki kechinmalar ortida shaxsiy muhimlik tuyg’usi 
turadi. Sizdagi har qanday ichki kechinmalar, o’y-fikrlar, siz aytayotgan gaplar – 
bularning bari sizning shaxsiyatingiz atrofida aylanaveradi. Bir kun davomida “men” 
olmoshini gap-so’zlaringiz va fikrlaringizda necha marta uchrashiga e’tibor berib ko’ring 
– va’da beraman, o’zingiz ham hayron qolasiz. 
Aytaylik, birov sizni xafa qildi. Xayolingizdan taxminan quyidagicha savol o’tadi: 
“U meni nega xafa qildi?” Bunda siz ma’no urg’usini har xil so’zga qo’yishingiz mumkin. 
“U meni nega xafa qildi?” 
Ya’ni o’zingizdan nega aynan u sizni xafa qilganini so’raysiz. Xo’sh, boshqasi xafa 
qilishi kerakmidi? Yoki boshqasi sizga u aytgan gaplarni aytganda xafa bo’lmasmidingiz? 
Sizga xatoyingiz haqida, aytaylik, yaqin do’stingiz aytsa, buni yengil qabul qilasiz. 



Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish