“Sodda gaplarda shakl va mazmun aloqadorligi”



Download 354,58 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana16.06.2022
Hajmi354,58 Kb.
#677762
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
HO\'AT



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI 
FILOLOGIYA FAKULTETI 
“O’zbek filologiyasi” ta’lim yo’nalishi
3-bosqich “D” guruh talabasi
 
Ahmadova Umidaxonning 
“Hozirgi o’zbek adabiy tili” 
fanidan
“Sodda gaplarda shakl va mazmun aloqadorligi” 
mavzusi asosida bajargan
Ilmiy rahbar: B.Qilichev 
2014 



Kirish
1.
Sodda gaplar haqida ma’lumot. 
2.
Sodda gaplarda shakl va mazmun birligining ifodalanishi. 
3.
Sodda gaplarda mantiqiy predikat ifodasi. 
4.
Sodda gaplarda zidlanuvchi uzvlar presuppozitsiyasi. 
5.
Xulosa. 
 



 
Kirish
Mavzuning dolzarbligi va o’rganilish darajasi.
Mustaqillik sharoitida o’zbek 
tilshunosligida ham katta o’zgarishlar yuzaga keldi. Avvallari o’zbek tilshunoslari 
asosan, o’zbek tilining ichki tuzilishi, adabiy til va dialektlar munosabati, o’zbek 
tilining tarixiy taraqqiyoti, boyish manbalari singari o’zbek tilining o’ziga xos 
muammolari 
bilan 
cheklangan bo’lsalar, mustaqillik sharoitida umuman 
tilshunoslikning nazariy muammolari bo’yicha, o’z fikrlarini dadil bayon qila 
boshlaganlar. Shunday ekan, o’zbek tilshunosligida turli xil muayyan g’oyaga 
tayangan 
holda 
turli 
lingvistik 
qarashlarning 
olg’a surilishini bugungi 
tilshunosligimizning rivoji sifatida hech ikkilanmay baholash lozim.

Tilshunoslikda XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida formal 


yo’nalish ijtimoiy ehtiyoj natijasida shakllangan va o’z oldiga, asosan:

ommaviy savodxonlikni ta’minlash; 

zamonaviy adabiy til me’yorlarini ishlab chiqish; 

adabiy til me’yorlarini ommalashtirish 
kabi o’z davri uchun o’ta zarur masalalar yechimini maqsad qilib qo’ygan. Jamiyat 
oldida ommaviy savodxonlikni ta’minlash, shevalararo farqlarni bartaraf qilish, 
adabiy tilni ommalashtirish, til va xalqning tarixiy yozma yodgorliklarini nashr etish 
va yoyish, ta’limni zamonaviy usullarda yo’lga qo’yish kabi amaliy vazifalar turgan 
paytda eng samarali va eng qulay lingvistik tavsif va ta’lim yo’li mana shu formal 
usuldir. Shuning uchun jahonning barcha ilg’or davlatlari tilshunosligida XIX asrning 
ikkinchi yarmidan boshlab bu ilmiy yo’nalish keng ommalashgan. O’zbek 
tilshunosligida bunday yo’nalishning tamal toshlarini Abdurauf Fitrat, Qayum 
Ramazon, Elbek kabilar qo’ygan bo’lsalar ham, ammo uning keng va izchil 
ommalashishi professor Ayub G’ulomov nomi va faoliyati bilan bog’liqdir. 
Funksional-struktural (Praga strukturalizmi) tahlil usullarini ongli, izchil, dialektik 
tamoyillar bilan to’ldirib, tilga tafakkurni shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi, nutqiy 
muloqotda son-sanoqsiz shakl va ko’rinishlarida voqealanadigan, har bir voqealanish 



ko’rinishi o’ziga xos maqsad va vazifaga ega bo’lgan imkoniyatlar xazinasi sifatida 
yondashadigan o’zbek substansial tilshunosligi talqinlari ham mavjud.
Substansial tahlilning bosh tamoyili asosida tilimiz qurilishini yoritishda lisoniy 
birliklarning umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab va ularning voqealanishi 
natijasida hosil bo’lgan nutqiy birliklarga alohidalik (yakkalik), hodisa, voqeylik, 
oqibat sifatida munosabatda bo’ladi. Zamonaviy yo’nalish sifatida har bir mutaxassis
o’zbek substansial tilshunosligi talqinlaridan xabardor bo’lishi kerak. Bu esa kurs 
ishimizning dolzarbligiga daxldordir.

Download 354,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish