17
Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, har qanday gap shakl va mazmun birligidan iborat
bo’ladi. Shu jumladan, sodda gaplar ham. Sodda gapning umumiy qilib olganda,
gapning barcha turlarida lisoniy sathdagi shakliy va mazmuniy jihati uning nutqiy
sathdagi shakliy va mazmuniy jihatidan farqlanadi. Mavzuni o’qish, o’rganish va
izlanish jarayonida ma’lum bo’ladiki, sodda gaplardagi shakl va mazmunning ham
o’xshash tomonlarini ko’rishga, ham bir-biriga muvofiq kelmagan, bir-birini inkor
qilgan jarayon va holatlarni ko’rish imkonini berdi. Mavzuni qanchalik chuqur
bilishga harakat qilsak, shunchalar uning yangidan-yangi biz bilmagan va diqqat
qaratmagan jihatlarining ochilib borish holatini kuzatish mumkin.
Mustaqillik sharoitida o’zbek tilshunosligida ham katta o’zgarishlar yuzaga
kelganligini ko’ramiz. Avvallari o’zbek tilshunoslari asosan, o’zbek tilining ichki
tuzilishi, adabiy til va dialektlar munosabati, o’zbek tilining tarixiy taraqqiyoti,
boyish manbalari singari o’zbek tilining o’ziga xos muammolari bilan cheklangan
bo’lsalar, mustaqillik sharoitida umuman tilshunoslikning nazariy muammolari
bo’yicha, o’z fikrlarini dadil bayon qila boshlaganlar. Shunday ekan, o’zbek
tilshunosligida turli xil muayyan g’oyaga tayangan holda turli lingvistik
qarashlarning olg’a surilishini bugungi tilshunosligimizning rivoji sifatida hech
ikkilanmay baholash lozim.
Mana shu, ikkinchi xatboshida keltirilgan fikr-mulohazalarimizning dalilini,
isbotini yaqinda bo’lib o’tgan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika
universitetining anjumanlar zalida o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 23
yilligiga bag’ishlab mazkur ilmiy dargohning o’zbek tilshunosligi kafedrasi bilan
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va
adabiyot instituti hamkorligida “O’zbek tilshunosligining dolzarb masalalari”
mavzuidagi VI an’anaviy respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi bo’lib
o’tganligining o’zi bir dalildir. Uni TDPU rektori, pedagogika fanlari doktori,
professor U.Inoyatov kirish so’zi bilan ochilgan. Shundan keyin, TAI direktori,
filologiya fanlari doktori, professor N.Mahmudov “Tilni ilmiy o’rganishning yangi
yo’nalishlari”, O’zbekiston respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim,
18
madaniyat va sport masalalari qo’mitasi raisi, f.f.d.,prof. A.Mamatov “Tashqi
yozuvlarda davlat tili me’yorlari va ilmiy qoidalarining to’g’ri qo’llanishining
dolzarb masalalari”, f.f.d.,prof. S.Muhammedova “Tilshunoslik fanlaridan elektron
darslik yaratish asoslari” kabi tilshunoslikning ko’plab masalalariga bag’shlangan
ma’ruzalar qilganlar.
Yalpi majlisdan keyin anjuman “O’zbek tilshunosligining nazariy masalalari”,
“O’zbek tilshunosligi va ta’lim”, “Nutq madaniyati va uslubiyat” kabi uch sho’baga
bo’lingan holda o’z ishini davom ettirgan. Bu sho’balarda o’zbek tilshunosligining
muhim
muammolariga
ba’g’ishlangan qirqdan ortiq qiziqarli ma’ruzalar
tinglanganligi va ular yuzasidan muhokama olib borilganligi buning guvohidir.
Kurs loyihamizdan o’zbek substansial tilshunosligi talqinlari (sintaksis) masalasini
o’rganish bo’yicha amalga oshiriladigan izlanishlarda material sifatida foydalanish
mumkinligini aytishimiz mumkin. Shaklsiz mazmun bo’lmaganidek, ayni chog’da
mazmunsiz shakl bo’maydi. Shakl o’zgarsa mazmun ham o’zgaradi. Ular bir-birini
taqozo etadi va talab qiladi.
19
Do'stlaringiz bilan baham: |