“Sodda gaplarda shakl va mazmun aloqadorligi”


Sodda gaplarda mantiqiy predikat ifodasi



Download 354,58 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana16.06.2022
Hajmi354,58 Kb.
#677762
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
HO\'AT

Sodda gaplarda mantiqiy predikat ifodasi 
Mantiqiy predikat haqida adabiyotlarda turlicha izoh berilgan bo’lsa ham, 
ularning mohiyati o’zaro o’xshash. Ayrim adabiyotlarda u «sub’yekt haqida bayon 
qilingan hukm, mulohaza», deb ta’riflangan bo’lsa, ayrim adabiyotlarda «predikat 
fikrlangan narsaning ayrim xususiyatlarini aks ettiradi», deb ko’rsatiladi. 
Ba’zilaridagi ta’riflar ko’rsatilgan gap qurilishiga nisbatan farq qilishi mumkin, lekin 
gap mazmunida farq sezilmaydi. Adabiyotlarda grammatik kesimga berilgan ta’riflar 
ham undan mohiyatan uncha farq qilmaydi. A.G’.G’ulomov grammatik kesim 
haqida: «Kesimda belgi hukm-tasdiq yo inkor tariqasida predikativ aloqa yo’li bilan 
ifodalanadi, – deydi. Ko’rinadiki, predikat sub’yektning, kesim eganing belgi-
xususiyatini bildirishi jihatidan o’zaro o’xshashlikka ega. Lekin adabiyotlarda modal 
so’zlar ham gap kesimi bo’lib kelishi tilga olinadi.
Mantiqiy predikat bilan kesimning mos kelmasligi gaplarning bo’laklanishida 
ham nomutanosiblikni keltirib chiqaradi. Masalan: 
Uning kelishi kerak
gapi 
grammatik jihatidan qaratqichli aniqlovchi, ega va kesimdan iborat. 
Uning
kesimi 
kerak 
modal so’zida ifodalangan. 
Kerak
modal so’zi predikat ifodalanishi uchun talab 
qilinadigan hukm, mulohazani ham, xususiyatni ham bildirmaydi. U grammatik 
ma’noga qo’shilib ketadigan modallikni bildiradi. Shuning uchun ham yuqoridagi 
gap, mantiqiy nuqtai nazardan yondashilsa, predikati 
kelishi kerak 
deb olinib, 
uning 
so’zi sub’yekt bo’ladi. Shunda predikat sub’yekt haqidagi hukmni bildiradi. Tahlil 
shuni ko’rsatadiki, yuqoridagi gapning mantiqiy predikati grammatik jihatidan ega va 
kesim bog’lanishi orqali ifodalangan sodda yig’iq gapga teng kelgan.
Kesimi mavjudlik bildiruvchi 
bor va yo’q
so’zlaridan iborat gaplar ham 
bo’laklarga ajratilganda semantik-sintaktik nomutanosiblik kuzatiladi. Shundan 
bo’lsa kerak, bu 
bor va yo’q
so’zlarini ayrim adabiyot va darsliklarda modal so’zlar 
qatorida qayd etilgan. F.A.Hayitmetov hatto «Kesim 
bor 
yoki
yo’q 
so’zlari bo’lsa, 
uning mavjudlik xabari gapda ahamiyat kasb etmaydi», – degan fikrni aytadi. Bu fikr 
mantiqi shundan iboratki, mazkur so’zlardan xoli holatda ham gap xabar ma’nosini 
bildiradi, ular faqat o’sha ma’noni ta’kidlash uchun xizmat qiladi. F.A.Hayitmetov bu 
xulosani ma’qullovchi yana bir fikrni ilova qilgan. Ya’ni: «Bunday mavjudlik 


12 
bildiruvchi so’z bog’lama kabi tasdiq ifodalash bilan chegaralanadi» – deydi. 
Masalan: 
Eshakning ishi yo’q
maqolida sintaktik nuqtai nazardan 
eshakning
so’zi 
qaratqichli aniqlovchi, 
ishi 
so’zi ega, 
yo’q
so’zi kesim bo’ladi. Mantiq nuqtai 
nazaridan esa 
eshakning
so’zida sub’yekt, 
ishi yo’q
qo’shilmasida mantiqiy predikat 
ifodalangan. Chunki 
ishqi
so’zi xabar bildirib, 
yo’q 
so’zida uning inkori berilgan. 
Mantiqiy predikat kesimi 
yo’q
so’zi bo’lgan sodda gapda o’z ifodasini topgan.
Qaratqichli aniqlovchida ifodalangan sub’yekt hamma vaqt ham eksplitsit qayd 
etilavermaydi. Uning implitsit berilishi ham kuzatiladi. Masalan: 
Ishqi borning zavqi 
bor 
maqolida ham 
zavqi bor
ega-kesim qoshilmasida mantiqiy predikat ifoda topgan. 
Uning sub’yekti ham 
bor
ning qaratqichli aniqlovchisida sub’yekt eksplitsit emas, 
implitsit qayd etilgan. 
Bor
so’zi implitsit holatda shaxs bildiruvchi 
kishi
so’zini 
ifodalagan. Gap kesimi bor yoki yo’q so’zi bilan ifodalanganda uning egasi egalik 
qo’shimchasiz ifoda topishi ham mumkin. Bunday ega va kesim qo’shilmasi gapning 
mantiqiy predikati bo’lib kelsa, shu gapdagi o’rin holi mantiqiy predikati bo’lib kelsa, 
shu gapdagi o’rin holi mantiqiy predikat sub’yektini bildiradi. Masalan, 
Tinchlik bor 
joyda baraka bor
maqolida sintaktik jihatidan 
baraka bor
ega va kesim 
qo’shilmasidir. Undagi 
joyda 
so’zi o’rin holi hisoblanadi. Mantiq nuqtai nazaridan 
yondashilsa, 
baraka bor
sodda gapi mantiqiy predikat bo’ladi. Undagi ega vazifasida 
kelgan baraka so’zida xabar ma’nosi, yana ham to’g’rirog’i, belgi haqidagi ma’nosi 
ifodasini topgan. 
Bor
so’zi o’sha belgi haqidagi xabarni tasdiqlash, ta’kidlash uchun 
berilgan. Mantiqiy predikatning sub’yekti o’rin holi vazifasidagi 
joyda
so’zida aks 
etgan. 
Ayrim hollarda mavjudlik ma’nosini bo’l fe’li ham ifoda etadi. U ham kechim 
bildiruvchi ot yoki otlashgan so’z bilan ega va kesim munosabatiga kirishib, kesim 
vazifasida qo’llanishi mumkin. Ega esa egalik qo’shimchasi shakllangan va 
qaraqqichli aniqlovchi bilan kelgan bo’ladi. Bunday tuzilgan gaplarni ham mantiq 
nuqtai nazardan qaralganda, aniqlovchi sub’yekt, ega va kesim qo’shilmasi predikat 
ekanligi kuzatiladi. Masalan: 
Lafzsizning vafosi bo’lmas
maqolida sintaktik nuqtai 
nazaridan lafzsizning so’zi qaratqichli aniqlovchi, vafosi so’zi ega, bo’lmas so’zi 
kesim bo’lib, u sodda gap deb qaraladi. Mantiq nuqtai nazaridan ega va kesim 


13 
qo’shilmasi bo’lgan vafosi bo’lmas mantiqiy predikat, qaratqichli aniqlovchi uning 
sub’yektidir. Bundan ko’rinadiki, bunday tarkibli gaplarda ham sodda yig’iq gap 
mantiqiy predikatni ifoda etadi. Bo’lmas fe’li xuddi yo’q so’zi kabi predikat tarkibida 
undan anglashilgan belgining inkor etuvchi shakli vazifasini o’tagan. Agar bo’l fe’li 
bo’lishli shaklda bo’lganda edi, predikatdan anglashilgan belgining tasdig’ini 
bildirardi.
Sodda gap qolipli frazeologizmlarning qaratqich bilan qo’llanganholati ham 
gapdagi bo’laklanishda semantik-sintaktik nomutanosiblikni yuzaga keltiradi. Unda 
ham mantiqiy predikatning sodda gap bilan ifodalanishi kuzatiladi. Masalan: 
Xotinining kapalagi uchdi
(A.Qahhor) gapidagi 
kapalagi uchdi
sodda gap qolipli 
frazeologizmdir. U qaratqichli aniqlovchi bilan qo’llangan. Shundan kelib chiqib, 
unga sintaktik nuqtai nazardan yondashilsa, u qaratqichli aniqlovchisi bo’lgan ega va 
kesimdan iborat gapdir. Gapga mantiqiy nuqtai nazardan yondashilsa, kapalagi uchdi 
frazeologik fe’l bilan ifodalangan predikat va qaratqichli aniqlovchi sub’yekt bo’ladi. 
Chunki frazeologizm gapning semantic butunlikka ega predikat hisoblanadi. 
Frazeologizm gapning semantik qayta taqsimlanishi bo’lgani holda, uning sintaktik 
bo’laklari o’z vazifasini o’zgartirmaydi. U sintaktik jihatidan, garchi bir butun 
frazeologik birlik bo’lsa ham, o’z ega va kesimiga ega qurilmadir. Semantik jihatidan 
esa bir butunlikka kelgan. Bu uning shu gapda mantiqiy predikat deb qaralishiga asos 
bo’ldi. Ya’ni bu hodisa ham mantiqiy predikat sodda gapda ifodalanishiga sabab 
bo’lgan.
Xullas, sodda gap kesimi modal so’z va mavjudlik bildiruvchi so’zlarda 
ifodalanib, ega kechim bildiruvchi yoki harakat nomidan iborat bo’lsa, bunday sodda 
gaplar gapning mantiqiy predikati holida keladi. Agar ega egalik affiksi bilan 
shakllansa, uning qaratqichi; egalik affiksisiz qo’llansa, o’rin holi gap sub’yekti 
bo’ladi. Gap qolipli frazeologik birliklar ham gap predikati ekanligi holda, uning 
qaratqichi sub’yektlikni o’taydi. 


14 

Download 354,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish