2.2 . Sodda gaplar haqida zamonaviy tadqiqotlar
Daraja shakli – belgining bir-biriga qiyosiy munosabatini ko‘rsatuvchi shakl. Belgi bildiradigan so‘zlarda ba’zan belgi darajalab ko‘rsatiladi: katta, kattaroq, juda katta. Belgini darajalab ko‘rsatuvchi maxsus morfologik, leksik vositalar mavjud, ular daraja kategoriyasi ostida birlashadi. Belgi bildiradigan so‘zlarga, asosan sifat (shirin, shirinroq, juda shirin) va ravish (sekin, sekinroq, nihoyatda sekin), qisman sifatdosh (eskirgan, biroz eskirgan, juda eskirgan) va ravishdosh (kulib, kulibroq, rosa kulib) xos. Darajaning to‘rt shakli ajratiladi11.
1.Oddiy daraja – belgining me’yorda ekanligini bildiradi: qizil, shirin, nordon
2.Orttirma daraja – belgining me’yordan ortiq ekanini bildiradi. Quyidagi yo‘llar bilan hosil qilinadi: 1) oddiy daraja shaklidagi sifat oldidan eng, tim, jiqqa, liq, to‘q, g‘oyat, nihoyatda, juda, rosa, zap, bag‘oyat, hammadan so‘zlarini qo‘shish bilan: juda qiziq, eng katta; 2) oddiy daraja shaklidagi sifatning birinchi bo‘g‘inini ajratib (ba’zan tovush o‘zgarishi mumkin) juftlash yo‘li bilan: bus-butun, kap-katta, yam-yashil, sip-silliq, to‘ppa-to‘g‘ri, tep-tekis; 3) urg‘u berish bilan: qaaari, maayda, uzuun; 4) ayrim sifatlarni chiqish kelishigida juftlash bilan: kattadan katta, shirindan shirin, azizdan aziz.
3. Qiyosiy daraja – belgining me’yordan biroz kam ekanligini qiyosan ifodalaydi. Maxsus shakli – roq: Nomus jondan ham qimmatliroq (F.Shiller).
4. Ozaytirma daraja – belgining me’yordan kam ekanligini bildiradi. Quyidagi yo‘llar bilan hosil qilinadi: 1) oddiy daraja shaklidagi sifat oldidan sal, biroz, xiyla, picha, uncha, u qadar, birmuncha, nim so‘zlarini qo‘shish bilan; 2) -(i)sh, -(i)mtir shakllarini qo‘shish bilan: qoramtir, ko‘kish, ko‘kimtir.
Uslubiy belgilari. -(i)sh, -(i)mtir shakllari faqat rang-tus bildiruvchi sifatlarni darajalab ko‘rsatadi. Hatto rang-tus sifatlarining ham barchasiga qo‘shila olmaydi: qora, ko‘k, yashil va boshqalar.
Imlosi. Sifat oldidan qo‘shilib, daraja hosil qilishda ishtirok etadigan sal, biroz, xiyla, picha, uncha, u qadar, birmuncha, eng, tim, jiqqa, liq, to‘q, g‘oyat, nihoyatda, juda, rosa, zap, bag‘oyat, hammadan so‘zlari doimo keyingi so‘zdan ajratib yoziladi: biroz kichik, juda uzun bundan mustasno. Fors-tojik tilidan o‘zlashgan bu so‘z keyingi so‘zga qo‘shilib yoziladi: nimpushti, nimyashil.
Do'stlaringiz bilan baham: |