DAVLAT TILI
Davlat tili – ma’lum davlat hududida rasmiy aloqaaralashuv vositasi bo‘lgan til. Barcha davlat hujjati davlat tilida yoziladi, yig‘in, anjuman va qurultoy shu tilda olib boriladi. 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi va 1990-yil 19-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan «Davlat tili to‘g‘risida»gi 30 moddadan iborat Qonun qabul qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Asosiy Qonunining 4 moddasida, «Davlat tili to‘g‘risida»gi Qonunning 1 moddasida shunday deyilgan: «O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir». Shuning uchun ham mamlakatimiz fuqarolari har yili 21- oktabrni til bayrami sifatida nishonlaydi. Qonun O‘zbekiston xalqi sobiq Sho‘ro davlati tarkibida bo‘lgan vaqtda qabul qilinganligi sababli mustaqillik qo‘lga kiritilgandan keyin uni qayta ko‘rib chiqish zarurati paydo bo‘ldi. Shuning uchun 1995yil 21dekabrda yangi tahrirdagi «Davlat tili to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Avvalgi 30 moddadan iborat Qonunning 11 moddasi chiqarilib, 5 modda yangidan qo‘shildi. Natijada u 24 moddadan iborat bo‘ldi.
“DEVONU LUG‘OTI-T-TURK”
«Devonu lug‘oti-t-turk» (“Turkiy so‘zlar devoni”) – Mahmud Koshg‘ariyning turkiy tillar haqidagi qomusiy asari. Bu asarda XI asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyoda va G‘arbiy Xitoy hududida istiqomat qilgan turkiy urug‘ va qabilalar, ularning ijtimoiy ahvoli, tili, tarixi, jo‘g‘rofiyasi, metrologiyasi va astronomiyasiga oid qimmatli ma’lumotlar yozib qoldirilgan. O‘zbek tilshunosligi fani Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asari bilan boshlanadi. Asarning Namangan, Vena va Qohira nusxalari mavjud12.
Asar haqida ilk ma’lumot bergan kishi fransuz sharqshunosi J.Amadi edi. Kitobning 1439-yilda Hirotda uyg‘ur yozuvida ko‘chirilgan bir nusxasi qator sarguzashtlar bilan Istanbulga kelib qoladi. Bu asar ilk marta 1914-yilda Turkiyaning Diyorbakir shahrida topilgan. 319 sahifadan iborat bu asar hozir Istanbulda saqlanadi. Bu nusxa “Devonu lug‘otit turk” yozilgandan 200 yil keyin (1266-yilda) kotib Muhammad ibn Abu Bakr ibn Fotih al-Soviy al-Damashqiy tomonidan ko‘chirilgan. Yevropalik kitob jalloblari qo‘liga o‘tib, Vena saroy kutubxonasiga tushadi. Qohira nusxasi 1896- yilda Qohirada, Namangan nusxasi 1913- yilda Namanganda topilgan.
«Devonu lug‘otit turk» uch tomdan iborat, 1915–17-yillarda Istanbul shahrida nashr etilgan. Shu nashr asosida K.Brokkelman bu asarni 1928-yilda nemischa tarjimada nashr qildi. 1939- yilda Anqarada Basim Atalay tarjimasida turk tilida bosildi. Olim S.Mutallibov devon tarjimasi ustida samarali ishlab, 1960–63-yillar davomida uch tomda o‘zbek tilida nashr qildi.
Koshg‘ariyning asari kirish va lug‘at qismidan iborat. Kirish qismida muallif «Devon»ning yaratilish sabablari, o‘z ish uslubi, asarning tuzilishi, turkcha so‘zlarning tuzilishida qo‘llaniladigan harflar haqida, kitobda aytilgan va aytilmagan narsalar haqida, turkiy tabaqalar va qabilalarning bayoni, turk tilining xususiyatlari, tilda va lahjalarda bo‘ladigan farqlar haqida fikr yuritadi. Har bir so‘zning ma’nolari (polisemiya, omonim, antonim, arxaik so‘zlar) chuqur tahlil qilinadi, ayrim so‘zlarning etimologiyasi beriladi. Tovushlar tahlili ancha mukammal. Unli va undosh fonemalar, cho‘ziq va qisqa unlilar farqlanadi, tildagi fonetik hodisa va qonunuyatlar ochib beriladi. Morfologiya qismida so‘zlar arab tilshunosligi an’analariga ko‘ra uchga ajratiladi: fe’l, ism, bog‘lovchi. So‘zlarning yasalish va bog‘lanish xususiyatlari ko‘rsatiladi.
Asarning lug‘at qismida 7500 so‘z sakkiz bo‘limda izohlanadi. Koshg‘ariy turkiy tillar qurilishini tasvirlashda qiyosiy usuldan foydalanib, tilshunoslikda qiyosiy-tarixiy metodning asoschilaridan biri bo‘lib qoldi.
DIALEKTAL LUG‘AT
Dialektal lug‘at o‘zbek tilining dialekt va shevalariga xos bo‘lgan leksik birliklarni qayd qiladi. Bunday lug‘atlar umuman o‘zbek tilining barcha shevalariga xos so‘zlarni yoki ma’lum bir sheva so‘zlarini izohlashga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. 1971- yilda mualliflar jamoasi tomonidan «Fan» nashriyotida chop etilgan «O‘zbek xalq shevalari lug‘ati»ni bunga misol qilib keltirish mumkin. Lug‘atdan misol keltiramiz:
Govara (Buxoro) beshik
Gavdo‘sha (Buxoro) xurma
Gajdim (Nayman) chayon (62- bet).
Xulosa
Gap bilan fikr o‘zaro dialektik aloqadir. Gapda fikr ifodalanadi. Fikr doimo gap orqali shakllanadi. Demak, gapni o‘rganar ekanmiz, uni fikr bilan bog‘lab tekshirishimiz kerak. Gap ma’lum fikrni ifodalash bilan birga, har xil his-tuyg‘ularni ham ifodalaydi. Biroq bu emotsiyalar fikr bilan bog‘liq holda ro‘y beradi. Demak, gap intellektual (aqliy) holatni ham ko‘rsatadi. Gapning xarakterli belgilari predikativlik va intonatsiya ekanligi bizga ma’lum. Bu belgilar gap tushunchasining asosi, gapning shakllantirish vositasidir. Har bir gapning reallik bilan bog‘liqligi haqida biror fikr,
Bu hodisa-gap mundarijasining real voqelik bilan aloqadorlik hodisasi predikatsiya sanaladi. Gap fikrni ifodalaydi, ma’lum maqsadni bayon qiladi. Bu hodisa, birinchidan, shu gapdagi fikrning borliqqa munosbaati, ikkinchidan, so‘zlovchining sub’ektiv munosabati – modallik (reallik, gumon, taxmin, istak kabilar) bilan, zamon va shaxs bilan bog‘lanadi.
Gapni shakllantiruvchi, gapning asosi bo‘lgan predikativlik hodisasi, odatda, so‘zlarning predikativ qo‘shilishi bilan ifodalanadi. (Ega va kesimning o‘zaro munosbati: Bola yugurdi. Bola yosh kabi) Lekin predikativlik tabiiy, bir so‘zdan iborat bo‘lgan gaplarda ham mavjud. (Qor! Tun. kabi) Bir so‘zdan iborat gaplardan konkret gap bo‘lagini topib bo‘lmaydi. Demak, predikativlik bunday gapga butunicha xos bo‘ladi. Bularning hammasida, shubhasiz, intonatsion tugallik bor. Bundan gapda predikativlik bilan intonatsion tugallikning birgalikda harakat qilishi, bir-biriga moslashgan bo‘lishi anglashilib turadi. Intonatsiya predikatsiyani ifodalash vositalaridan biridir, bu hol ham gapning eng asosiy belgisi predikativlik ekanligini ko‘rsatadi. Predikativlik hodisasi orqali gap so‘z birikmasidan, predikativ qo‘shilma predikativ bo‘lmagan qo‘shilmadan aniq farqlanib turadi: yosh bola (voqelikka munosabat: reallik, real emaslik, istak kabi ma’nolar, ma’lum maqsad, zamon munosabati ko‘rsatilmagan; intonatsion tugallik yo‘q-bunda fikr ifodalanmaydi) – Bola yosh (predikatsiya ifodalangan: voqelikka munosabat ko‘rsatilgan – tugallik, zamon munosbaati, gapga xos intonatsiya). Yosh bola va bola yosh qo‘shilmalarining analizi shuni ko‘rsatadiki, bularning har ikkalasida ham predmet va belgi tasavvurlarining munosabati ifodalangan, lekin ikkinchisida predmetning belgisi predikativlik yo‘li bilan ko‘rsatilgan, paytga munosabat ifodalangan. Mantiqshunoslikda mantiqiy ega subyekt, mantiqiy kesim – predikat deb yuritiladi. Sub’ekt va predikat tushunchasi mantiqshunoslikda hukm bilan chambarchas bog‘liq. Sub’ekt oldingi hukmlardan aniq bo‘lgan belgilarni, predikat esa yangi belgilarni ifodalaydi. Har bir hukm uchun ega va kesimning zarur bo‘lishi uarning alohida-alohida bo‘lgan ahamiyatini inkor etmaydi. Demak, mantiqiy sub’ekt tushunchasi hukmning boshlang‘ich nuqtasi bo‘lsa, predikat tushunchasi yangi ma’lumot beruvchi markazdir
Do'stlaringiz bilan baham: |