DNK va RNK ning tuzilishi va sintezi.
Nuklein kislotalar barcha tirik organizmlarning hujayralarida bo’lib elementar zarrachalar - nukleotidlardan tuzilgan. Nuklein kislota degani lotincha «nukleuc» ya’ni yadro demakdir. Birinchi marta yadrodan topilgan. Nuklein kislotalar 2 xil bo’ladi.
DNK—yadrodagi xromosomalar tarkibida
RNK— yadroda ham sitoplazmada ham uchraydi.
Umuman nuklein kislotalar hujayrada oqillar sintezlanishini amalga oshiradi. DNK—organizmdagi belgi va xususiyatlarni keyingi avlodga beradi. DNK biologik polimer bo’lib molekulyar ogirligi 5-7 ba’zan 10-16 mlnga teng
bo’ladi. U o’zaro bog’langan juda ko’p nukleotidlardan tashkil topgan bo’lib, 2 ta spiral shakldagi zanjirdan iborat. Nukleotidlar - A- adenin, G- guanin, TS- sitozin, T- timin. Bular bosh xarflar bilan: A, G, S, T belgilanadi.
RNK - 1909 yilda Levin tomonidan kashf etilgan. U ham DNK ga o'xshaydi yoki bir zanjirdan iborat. RNK 3 xil : i-RNK, t-RNK, r-RNK bo’ladi (i-
informatsion, t- transport, r- ribosom).
i-RNK - irsiy axborotlarni yadrodan sitoplazmaga yetkazadi;
t-RNK - aminokislotalarni oqsil sintezi joyiga
(ribosomaga) yetkazadi;
r-RNK - hujayra ribosomasi tarkibiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |