Partenogenez, ,ginogenez, androgenez nima.
Mavzu. IRSIYATNING SITOLOGIK VA
MOLEKULYAR ASOSLARI
Reja: 1. Irsiyatning sitologik asoslari;
Irsiyatning molekulyar asoslari;
Adabiyotlar: 1,3,4,6.
Tayanch iboralar: sitologiya, xromosoma, tsentromer, metatsentrik submetatsentrik, akrotsentrik, yo'ldoshlixromosomalar, kariotip, diploid,
gaploid, DNK, RNK, i-RNK, t-RNK, r-RNK, oqsillar, aminokislotalar, genetik kod.
Sitologiya hujayraning tuzilishi, rivojlanishi, funksiyasi va undagi moddalar almashinuvini o’rganadigan fandir. Barcha tirik organizmlarning tuzilishi va rivojlanishi negizi hujayradir. Barcha organizmlarning hujayrasi tuzilishi, kimyoviy tarkibi, kimyoviy reaktsiyalarga munosabati jihatidan bir- biriga o'xshashdir. Tarkibidagi hujayralar soniga qarab organizmlar bir hujayrali, ko’p hujayralilarga bo’linadi. Hujayralar kattaligi mikroskop bilan ulchanadi. Birinchi mikroskopni 1610 yilda italiyalik olim G. Galiley va gollandiyalik olim Z.Yansenlar yaratganlar. Ulardan 50 yil o'tgach R. Guk mikroskopdan foydalanib hujayrani kashf etdi. O’simlik va xayvonlar hujayrasidagi umumiylikni 1838 yilda Shleydon va Shvann isbotladi. 1898 yilda
S. Navashin epik urug’li o’simliklarda qo’sh urug’lanish hodisasini ochadi.
Hujayralarning shakli bajaradigan funktsiyasiga bоg’liq bo’lib, o’sish jarayonida o’z shaklini o’zgartirib turadi. Hujayra o’zaro bog’langan 2 qismdan - sitoplazma va yadrodan tuzilgan. Sitoplazma yarim suyuk, shirasimon, yadro esa quyuq bo’ladi. O’simlik hujayrasi sitoplazma va yadrodan tashqari plastidalar, Golji apparati, mitoxondriyalar, ribosomalar, endoplazmatik tur kabi organoidlardan tuzilgan.
Xromosomalar yadroning doimiy elementi bo’lib, ularning umumiy morfologiyasi va sonini bo’linishning anafaza va metafaza stadiyalarida ko'rish mumkin, chunki bu bosqichlarda ular bo’yiga ancha qisqargan bo’lib, ekvator tekisligida joylashadi, shakliga ko’ra bir biridan farq qiladi. Xromosomalar ipsimon yoki tayoqsimon bo’lib, ular o’rtasida ikki qismga bo’lib turuvchi uchastka tsentromer deyiladi.
Xromosomalar shakliga ko’ra - Metatsentrik—teng yelkali Submetatsentrik —teng bo’lmagan yelkali Akrotsentrik — juda notekis yelkali xromosoma Yo'ldoshli xromosomalar
2 3 4 5 e 7
MUJ, submetawmrik J2(3}r akrosafrtrifc t«loMrtr1k (6), yoTdoshll Ш wroitfiosonrialar.
Har bir xramosornaranq scnlfomeriafi bayalmagan doifftcha shakiicia ifodahngan
Xromosomalar yig’indisining soni doimiy bo’ladi. Somatik hujayralardagi xromosomalar yig’indisi kariotip deyiladi. Somatik hujayrada jinsiy hujayraga nisbatan xromosomalar soni 2 barobar ko’p bo’ladi. Bu xromosomalar juft, ya’ni diploid deb ataladi va 2 n bilan ifodalanadi. Jinsiy hujayradaga
xromosomalar toq bo’lib gaploid deyiladi.
Diploid sondagi xromosomalar ota va ona organizmlarning gaploid sondagi xromosomalarning qo’shilishi natijasida gomologik xromosomalardan yuzaga keladi Bu xromosomalar tashqi jihatdan bir-biridan farq qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |