O‘zR vazirliklari
|
|
O‘zR davlat qo‘mitalari
|
|
O‘zR agentliklari
|
Adliya vazirligi Ichki ishlar vazirligi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Moliya vazirligi Mudofaa vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi
Tashqi ishlar vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Xalq ta’limi vazirligi Iqtisodiyot vazirligi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
|
|
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Davlat bojxona qo‘mitasi Davlat geologiya va mineral resurslari qo‘mitasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha davlat qo‘mitasi Davlat soliq qo‘mitasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Davlat statistika qo‘mitasi
Davlat mulk qo‘mitasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
|
|
O ‘ zkommunxizmat agentligi Energetika va elektrlashtirish agentligi
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Aloqa va axborotlash- tirish agentligi
|
publikada tashqi aloqalarni ta’minlaydigan yaxlit tizim tarkib topdi.
O‘zbekistonning ishlab chiqarish, transport bo‘yicha tarmoq vazirliklari tugatilib, ular o‘z-o‘zini mablag‘ bilan ta’minlaydi- gan uyushmalarga, konsernlarga, korporatsiyalarga va boshqa xo‘jalik birlashmalariga aylantirildi. Avtomobil transportida, qurilishda boshqaruv tizimi qayta tuzildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligining strukturasi, faoliyati va ish yuritish usullari tubdan o‘zgardi.
Umummilliy ahamiyatga molik bo‘lgan tarmoqlarda, masa- lan, sayyohlik, transport, madaniyat, kino, televideniye va radio tizimi va boshqalarda iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‘lgan mil- liy kompaniyalar tashkil etildi.
Shunday qilib, mustaqillik qo‘lga kiritilgandan beri o‘tgan qisqa tarixiy davrda huquqiy davlat, uning zamonaviy hokimiyat organlari barpo etildi, ixcham, ochiq rivojlanishga ega bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy tizim yaratildi.
Mahalliy davlat hokimiya- Mahalliy davlat hokimiyati tubdan isloh tining tashkil topishi qilindi. Islohotlar O‘zbekiston Respub-
likasining Konstitutsiyasi, „Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida“ gi Qonun (1993- yil 2- sentabr), „Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar to‘g‘risida“ gi Qonun (1994- yil 5- may) asosida amalga oshirildi.
Konstitutsiyaning 99- moddasida viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan shaharlar, shuningdek, shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo‘lib, ular davlat va fuqarolarning manfaat- larini ko‘zlab o‘z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar, deb belgilab qo‘yildi.
Konstitutsiyada mahalliy hokimiyatning ikki mustaqil organga — vakillik va ijro hokimiyat organlariga bo‘linishi belgilandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |