„O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida“ Qonun qabul qilindi. Mazkur qonunga muvofiq respublikaning hamma hududida mahalliy ijro hokimiyati organi sifatida hokim lavozimi ta’sis etildi. Hokimlar faqatgina ijro hokimiyati organla- rigagina emas, shuningdek, mahalliy vakillik organlariga ham rahbarlik qiladigan organ sifatida mustahkamlandi. Hokimning
Toshkent shahar hokimiyati binosi.
vakolat muddati 5 yil bo‘lib, u tegishli hududda vakillik organiga ham, ijro hokimiyatiga ham boshchilik qiladigan mansabdor shaxs hisoblanadi.
Ijro organlarida bog‘liqlikni ta’minlash maqsadida, viloyat hokimlari O‘zbekiston Prezidenti tomonidan, tuman va shahar hokimlari viloyat hokimi tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda bu masalalar tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi. Vakillik organ- lari tuzilmaydigan shahar tarkibidagi tumanlarda va tumanga bo‘ysunuvchi shaharlarda ham hokimiyatlar ta’sis etildi, ular- ning apparati — hokimiyat tashkil etildi. Viloyat hokimlari va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Prezidentining shu joy- lardagi vakili hisoblanadi. Toshkent shahar tumanlari hokimlari esa Toshkent shahar hokimining vakillari hisoblanadi.
1992-yilda Toshkent shahrida va 12 ta viloyatda, 159 ta qishloq tumani va 18 ta shahar tumanida hamda 120 ta shaharda hokimlar tayinlandi va tasdiqlandi, ularning apparati — hoki- miyatlar tuzildi.
Mahalliy hokimiyat organlari vakolatiga kiradigan masalalar va vazifalar Konstitutsiyaning 100- va 101- moddalarida aniq belgilab qo‘yilgan. Ular quyidagilardan iborat:
-
qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsiz- ligini ta’minlash;
-
hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;
-
mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‘imlarni belgilash, budjetdan tashqari jam- g‘armalarni hosil qilish;
-
mahalliy kommunal xo‘jalikka rahbarlik qilish;
-
atrof-muhitni muhofaza qilish;
-
fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash;
-
normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi qonun- lariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish;
-
O‘zbekiston Pespublikasi qonunlari, Prezident farmon- lari, davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga oshirish;
-
xalq deputatlari quyi Kengashlari faoliyatiga rahbarlik qilish, respublika va mahalliy ahamiyatga molik masalalarni muhokama qilishda qatnashish.
Mustaqillik yillarida mahalliy hokimiyatni shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar natijasida ijro hokimiyati bilan vakillik hokimiyati bir-biridan rasman ajratildi. Hokimlar xalq deputatlari Kengashlariga bo‘ysunmaydi, ammo Kengash oldida hisob berib turadi. Shu bilan birga hokimlarni joylarda ham vakillik, ham ijro hokimiyati organlariga boshchilik qilish holati- ni vakillik organlari hokimlarga bo‘ysunadi, deb tushunmaslik kerak. Vakillik organlari hokimlarga bo‘ysunmaydi, vakillik organlari ishini tashkil qilishga hokimlar boshchilik qiladilar.
Hokim mahalliy ahamiyatga molik barcha masalalarni fuqarolarning manfaatiga mos ravishda hal qilish bilan shug‘ullanadi. Shu maqsadda barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ba- jarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi. Hokimlar o‘zlari rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va faoliyati uchun shaxsan javobgardir.
O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot tarixi guvohlik beradiki, ayrim hokimlar o‘z faoliyatida jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ymoqdalar. O‘zlariga yuklatilgan mas’uliyatli vazifalarni bajarishni uddalay olmagan, o‘z lavozimini suiiste’mol qiluvchi hokimlar ham uchrab turadi. Bunday hollarda ular vakolat muddatidan oldin hokimlik lavozimidan chetlashtirilmoqda.
Shunday qilib, Mustaqillik yillarida markaziy, viloyat, shahar va tumanlar darajasidagi davlat hokimiyati va boshqaruv tartiblari tubdan yangi shaklda barpo etildi. Mahalliy davlat hokimiyatini shakllantirishda o‘zbek milliy davlatchiligining tari- xiy an’analari, rivojlangan davlatlarning zamonaviy tajribalari inobatga olindi.
hk. . Demokratik davlat qurilishida sud ho-
u о miya i kimiyatini shakllantirish muhim aha
miyatga ega. Sud hokimiyati demokratik davlatda uchinchi, mustaqil hokimiyat hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruv- chi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi. (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 106- moddasi).
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 1993- yil 2- sentabrda qabul qilingan „Sudlar to‘g‘risida“ gi qonun asosida sud islohotlari o‘tkazildi. O‘zbekiston tarixida birinchi marta O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Qoraqalpo- g‘iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi tuzildi. Konstitutsiyaviy sud siyosat va huquq sohasidagi mutaxassis- lardan tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Sudi:
0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Sudi
0‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI SUD TIZIMI
12- chizma
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi
-
qonunlarning, Prezident farmonlarining, hukumat va davlat hokimiyati mahalliy organlari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomalarining va boshqa majburi- yatlarning O‘zbekiston Pespublikasi Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi;
-
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining O‘zbe- kiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi;
-
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh beradi;
-
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan vakolat doirasida boshqa ishlarni ham ko‘rib chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi sud tizimining boshqa tarmoqlari tashkil etildi (12- chizma).
O‘zbekiston Respublikasi sud hokimiyati 2000- yil 14- dekabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi
Do'stlaringiz bilan baham: |