Siyosatshunoslikka


Partiyalar haqidagi ilk tasaw urlar J. J.Russo, Sh.Monteske, E.Berk



Download 7,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/176
Sana07.04.2022
Hajmi7,05 Mb.
#534689
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   176
Bog'liq
Siyosatshunoslikka kirish. Bito`rayev O`.B(1)


Partiyalar haqidagi ilk tasaw urlar J. J.Russo, Sh.Monteske, E.Berk 
va boshqa mutafakkirlar hamda siyosiy arboblaming nomlari bilan 
bog‘liq. Siyosiy partiyalar muammosi M.Veber, G.Moska, V.Pareto 
kabi XX asr boshlariga mansub mashhur G‘arb sotsiologlarining 
asarlarida ham katta o‘rin egallaydi. Lekin partiyaning vujudga ke- 
lish tarixi katta tarixiy davmi o‘z ichiga qamrab oladi.
Qadimgi rimliklarga qadar qadimgi Yunonistonda “partiya”ning 
ilk ko‘rinishlari mavjud bo‘lgan. “Partiyalar” hozirgi tushunchasi- 
dan tamoman farq qilgan holda muayyan bir hudud yoki mintaqadagi 
aholi gumhlari manfaatlarini ifodalagan. Qadimgi yunon faylasufi 
Arastu miloddan avvalgi VI asrda Attikadagi dengiz qirg‘oqbo‘yi va 
tog‘da yashovchi aholining “partiyalari” o‘rtasidagi kurashni yozib 
qoldirgan. Qadimgi Afinada mavjud bo‘lgan geteriylar kabi ba’zi 
gumhlami ham o ‘z davrining “partiyalari” deb atash mumkin. Ke- 
yinchalik qadimgi Rimda ma ’ lum bir shaxslar yoki konsepsiya(g ‘ oya)- 
lar atrofida aholining muayyan bir qismi-partiyalar to‘plana boshla- 
gan. Boshqacha aytganda, zamonaviy partiya mohiyatining ilk negiz- 
lari shakllangan. Masalan, aka-uka Grakxlar partiyasi muayyan bir 
siyosat, ya’ni yer islohotlari o ‘tkazilishi tarafdorlari va talabgorlarini 
o ‘z atrofida to ‘plagan.
Qadimgi davrda “partiyaviy” gumhlaming belgilarini o‘zida 
mujassamlashtirgan hamda nisbatan mukammalroq uyushmalaming
142


mavjud bo‘lishi o ‘rta asrlarga kelib ham davom etadi. Fransiyadagi 
ilk parlament (General Shtatlar)ni shakllantirishda ishtirok etgan aholi 
tabaqalari, shuningdek, Angliyadagi “Oq atirgullar” va “Qizil atirgul- 
lar” guruhlari, Yorklar va Lankasterlami bunga misol qilib ko‘rsatish 
mumkin. XVII-XVIII asrlarda esa burjua inqiloblari oralig‘idagi 
“partiyalar” diniy, tabaqaviy, urug‘-oilaviy birlashmalar ta’siri ostida 
bo‘lganlar, siyosiy uyushmalar sifatida mustaqil siyosat olib borma- 
ganlar41.
XVIII 
asr oxirida Yevropadagi burjua inqiloblarining g ‘alaba 
qozonishi hamda inson huquqlari va erkinlarining tantana qilishi 
asosiy turtki bo ‘lgan deb xulosa qilish mumkin. 1789-yildagi Inson 
va fuqarolaming huquqlari to ‘g ‘risidagi Fransuz deklaratsiyasida, 
shuningdek, 1776-yildagi AQSH M ustaqillik deklaratsiyasida si­
yosiy partiyalar haqida hech qanday ishora bo‘lmasa-da, fuqaro­
laming bir qancha shaxsiy, siyosiy huquq va erkinliklari mustah- 
kamlab qo‘yilgan. Bunday demokratik huquqiy hujjatlarning qa­
bul qilinishi natijasida jam iyatda muhim siyosiy o ‘zgarishlar avj 
oladi hamda ijtimoiy hayotda yangi siyosiy institutlar (xususan, 
siyosiy partiyalar)ning tom m a’noda shakllanishi ana shu siyosiy 
o‘zgarishlarning xarakteri bilan bog‘liq holda kechadi. Yanada 
aniqroq qilib aytganda, saylab qo‘yiladigan vakillar orqali amalga 
oshiriladigan xalq hokimiyatchiligi tizimining vujudga kelishi o‘z- 
o ‘zidan hokimiyat uchun demokratik kurashlarda aholi maqsad va 
manfaatlarini ifodalovchi siyosiy partiyalarning kelib chiqishiga 
sabab bo ‘ladi.
Shunday ekan olim M.Veber siyosiy partiyalarning shakllanish 
tarixi-ni uchta bosqichini ajratib ko‘rsatgan: 1 .zodagonlaming siyosiy 
to‘garagi, 2. siyosiy klub. 3.ommaviy partiyalar. Masalan, Angliyada 
Torilar to‘garagi undan keyin esa 1831 -yilda tuzilgan «Charlton klab» 
u o‘z navbatida konservatorlar partiyasiga aylandi; Viglar to‘garagi, 
undan so‘ng 1836-yilda tuzilgan «Reform klab» klubi keyin esa libe­
ral partiyaga asos bo‘ldi.

Download 7,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish