Siyosatshunoslikka


  G'ofurov S.М., Xaydarov A.A., To‘laganova N .0 ‘. Siyosatshunoslik



Download 7,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/176
Sana07.04.2022
Hajmi7,05 Mb.
#534689
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   176
Bog'liq
Siyosatshunoslikka kirish. Bito`rayev O`.B(1)

33 
G'ofurov S.М., Xaydarov A.A., To‘laganova N .0 ‘. Siyosatshunoslik
asoslari: o ‘quv qoilanm a -Т.: Alisher Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston milliy
kutubxonasining nashriyoti; Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 2006.
- B . 102-103
123


Ijtimoiy-iqtisodiy nazariya davlatning kelib chiqish manbalarini 
mehnat taqsimotidan, jamiyatni boshqarish faoliyatining ajralib chiq- 
ishidan qidiradi. Uning eng qadimiy ko‘rinishi - Platon qarashlari.
Marksistik nazariyaga ko‘ra, davlat iqtisodiy jihatdan hukmron sinf 
manfaatlarining ifodachisi sifatida jamiyatning sinflarga bo‘linishi 
natijasida paydo bo‘ladi. Davlatning barham topishi muammosi bu 
nazariyaning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.
Davlat paydo bo‘lishining zamonaviy nazariyasi - yuridik naz­
ariya hisoblanadi, chunki u davlatni xalqlaming huquqlarida ko‘radi 
va hokimiyatni inson huquqlari, ya’ni belgilangan darajadagi inson 
erkinliklarining asosiy talablarini hokimiyatga bo‘lgan munosabat 
bilan bog‘laydi.
2. Davlatning belgilari va funksiyalari
Davlatning milliylik va suverenligi masalasining rivojida Yevropa 
kechgan “0 ‘ttiz yillik urush”ning (1618-1648) ahamiyati muhim
boisi urush yakuni natijasida xalqaro munosabatlarda Vestfaliya 
tizimi shakllandi va uning asosiy prinsipi sifatida “milliy suveren 
davlat prinsipi” namoyon bo‘ldi. 0 ‘sha davrda milliy suveren davlat 
bo‘lish uchun qo‘yidagi asosiy talablar shakllandi:
- muayyan hududga ega bo‘lish;
- o‘sha hududda yashovchi muayyan aholiga ega bo‘lish;
- xalqi tomnidan tan olingan boshqaruvning mavjudligi;
- boshqa davlatlar tomonidan tan olinish.
Aytmoqchimizki, bugungi kunda davlatning institut sifatidagi 
rivojlanishi mukammal darajaga chiqdi va o‘ziga xos belgilari shakl­
landi:
• 
Suverenitet - mustaqillik har qanday davlatning eng muhim 
va hal qiluvchi belgisidir. Davlat suvereniteti o‘zining ichki va tashqi 
jihatlari bilan ajralib turadi. Davlat suverenitetining tashqi jihatlari 
boshqa davlatlaming suveren davlat ichki ishlariga aralashmasligi 
uning mustaqilligini hurmat qilinishini nazarda tutadi. Suverenitet- 
ning ichki tomoni esa mamlakat doirasida siyosiy hokimiyatni mus­
taqil ravishda amalga oshirish huquqi bilan izohlanadi.
124


• ommaviy hokimiyat-har bir davlat o‘zining keng tarmoq- 
li davlat hokimiyati organlari va muassasalariga ega. Ulardan eng 
muhimlari quyidagilar:
-vakillik-qonunchilik organlari;
-ijro etuvchilik-rahbarlik organlari;
-sud organlari;
-davlat nazorat organlari;
-m a ’murit.
• hudud-davlatning m a’lum chegaralar bilan belgilangan 
o‘z hududining mavjudligi;
• Oshkora kuch ishlatish, jismoniy majburlash monopoli- 
yasi. Davlatning majburlash doirasi erkinlikni cheklashdan tortib, to 
insonni jismoniy yo‘q qilishgacha tarqalishi mumkin.
• Mamlakat hududidagi barcha aholi uchun bajarilishi maj- 
bur boTgan qonunlar va me’yorlar qabul qilishning yagona huquqiga 
ega boTganligi.
• Aholidan soliqlar va turli yig‘imlar olish huquqi.
• Davlat ramzlari - gerb, bayroq, madhiya.
• Xalq-har bir davlat hududida joylashgan bir millatli 
yoki ko‘p millatli aholi davlatning eng yetakchi belgisi hisoblanadi. 
Yuqorida keltirilgan asosiy belgilar davlatning nihoyatda keng qam- 
rovli siyosiy institut ekanligidan dalolat beradi.
Demak, siyosiy instituti sifatida davlat bir qator funksiyalarni ba­
jaradi:
Odatda, davlat funksiyalari ichki va tashqi funksiyalarga boTinadi. 
Davlatning ichki funksiyalari quyidagi sohalar: iqtisodiy (iqti­
sodiy siyosatni ishlab chiqish, davlat korxonalarini boshqarish, narx 
siyosatining huquqiy asoslarini belgilash, tashqi iqtisodiy munosabat­
lami tartibga solish), ijtimoiy (ish bilan bandlikning ijtimoiy kafo- 
latlarini ta’minlash, fuqarolaming ijtimoiy himoyasi), ta’lim (ta’lim 
olishni demokratlashtirish, uning uzluksizligini ta’minlash, ta’lim ol­
ish uchun barchaga teng imkoniyatlar berish), ekologik, soliq yig‘ish, 
madaniy hamda fuqarolaming huquq va erkinliklarini o ‘z ichiga oladi.
125


Davlatning tashqi funksiyalari:
-xalqaro munosabatlarda davlat manfaatlarini himoya qilish va 
ro‘yobga chiqarish.
-davlatni himoya qilish;
-dunyoviy tartib-qoidalami qo‘llab-quvvatlash;
-xalqaro global muammolami hal qilishda ishtirok etish.
Jahon 
tajribasi 
ko‘rsatishicha, 
agarda 
davlat 
faoliyati 
Sh.Monteskyoning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati 
funksiyalarini ajratish haqidagi g ‘oyalari asosida qurilgan bo‘Isa, ho­
kimiyat organlari samarali faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Ularga yana 
davlat boshlig‘ining hokimiyati qo‘shiladi.
Bugungi kunda davlatni bir qator mezonlar asosida quyidagi turla- 
rini sanab o‘tish mumkin:
1. Diniy tashkilotlarga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra: diniy, dun­
yoviy, ateistik davlat.
2. iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga ko‘ra: rivojlanayotgan yoki 
uchinchi dunyo mamlakatlari - ular asosan qishloq xo‘jalikgiga asos- 
langan, tabbiy resurslaming katta qismini eksport qiluvchi davlatlar
industrial (sanoatlashgan) davlatlar - iqtisodiyoti asosini sanoat ish­
lab chiqarish tashkil etadi; postindustrial - bu davlatlarda iqtisodiyot 
asosini sanoat ishlab chiqarishi va xizmat ko‘rsatish sohalari tashkil 
etadi.
3. Davlatda mafkuraning ustuvorligiga ko‘ra: mafkuralashgan va 
mafkuralashmagan.
4. Davlat o‘z funksiyalarini bajara olishi qobiliyatiga ko‘ra. Ushbu 
bo‘linish nisbatan zamonaviyroq hisoblanadi:
4.1. Davlat o‘z funksiyalarini samarali bajamvchi davlat (effective 
state).
4.2. Kuchsiz davlat (weak states) - samarali boshqamvga ega 
boim agan, jinoyatchilik, korrupsiya avj olgan davlat.
4.3. Tanazzulga yuz tutgan davlat (failed states) - minimal tarzda 
ham boshqaruvga ega bo‘lmagan, aniq bir hukumat shakllanmagan 
davlat34.

Download 7,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish