Siyosatshunoslikka



Download 7,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/176
Sana07.04.2022
Hajmi7,05 Mb.
#534689
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   176
Bog'liq
Siyosatshunoslikka kirish. Bito`rayev O`.B(1)

3. Internet saytlari:
1. www.gov.uz/
2. www.uz-info.com/
3. www.press-service.uz/
4. www.uzreport.com/
5. www.xs.uz/
6. www.elections.uz/
200


10-mavzu. DEMOKRATIYA VA UNING RIVOJLANISHI
Darsning maqsadi:
• 
talabalarga siyosatshunoslik fani haqida ma’lumot berish;
• 
demokratiya nazariyasi va uning hayotga tatbiq etilishi haqi­
da bilimlarini shakllantirish;
• 
yoshlar orasida sog‘lom ma’naviy-ilmiy muhitni shakllanti­
rish.
Tushunchalar va tayanch iboralar:
Demokratiya, demokratik qadriyatlar, Avraam Linkoln, xalqning
hokimiyat manbai deb tan olinishi, Afina demokratiyasi, demokratiya
t o ‘g ‘risida zamonaviy qarashlar, liberal-demokratiya, sotsial-de-
mokratiya, plyuralistik demokratiya, poliarxiya, S.Xantington, R.Dal,
R.Darendorf
Asosiy savol:
1. Demokratiya tushunchasi mohiyati va uning rivoji.
2. Demokratiyaning zamonaviy talqini va uning vazifalari.
3. Demokratiyani joriy etish masalasi: shart-sharoitlar va to‘siqlar.
4. Demokratiya modellari va shakllari.
1. Demokratiya tushunchasi mohiyati va uning rivoji
Bugungi kundalik hayotimizda “demokratiya” tushunchasi bilan 
deyarli har kuni to‘qnashamiz. Uning “tenglik”, “shaxs erkinligi”, 
“so‘z erkinligi” yoki “davlat boshqaruv usuli” sifatidagi bir qator 
talqinlari qo‘llaniladi. Hatto xalqaro munosabatlarda ro‘y bergan 
“rangli inqiloblar” demokratiyaga nisbatan G'arbning mahsuloti sifa­
tidagi qarashlaming shakllanishiga ham sabab bo‘ldi.
Hozirgi kunda dunyoda 200 dan ortiq davlat mavjud bo‘lsa, ular- 
ning 160 ga yaqini demokratik taraqqiyot yo‘lidan bormoqda. Bu 
davlatlarda demokratiya milliy va umumbashariy qadriyat sifatida
201


qaror topganligi dunyo hamjamiyati tomonidan e‘tirof etilmoqda. 
Aynan hozirgi davrga kelib, demokratiya insoniyat hayot tarzining 
eng maqbul rivojlanish yo‘li ekanligini dunyo jamoatchiligi tomoni­
dan e‘tirof etilayotganligi demokratiyani milliy va umumbashariy 
qadriyat sifatida o‘rganishni taqozo etayotgan sabablardan biridir54.
Demokratiya - jamiyatni idora etishning eng maqbul uslubi, fuqa­
rolik jamiyatini qurishning bosh yo‘li sifatida e ’tirof etilgan umumin- 
soniyat tafakkuri va faoliyatining mahsulidir.
“Demokratiya” termini aslida ikki yunoncha so‘zning birikma- 
sidan hosil bo‘lgan: “demos” - xalq va “cratos” - hokimiyat. “De­
mokratiya” so‘zi “xalq hokimiyati” degan m a’noni anglatadi. Shu 
nuqtayi nazardan qaraydigan bo‘lsak, demokratiyaning asosiy bel- 
gisi alohida olingan u yoki bu mamlakatda xalqni oliy hokimiyatning 
manbai ekanligini amalda e ’tirof etishdir. Ayni paytda, turli xalqlar 
demokratiyaning shakli va mazmunini turli davrlarda turlicha talqin 
etishgan. Demokratiyaning antik davrdagi talqini bilan hozirgi zamon 
talqini aynan bir xil emas.
Ilmiy manbalarda demokratiyaning vujudga kelish asoslari qa- 
dimgi Gretsiya nomi bilan bog‘lanadi. Ularda demokratiya yana quyi- 
dagi m a’nolami: a) isyonkor yo‘qsillar tantanasi; b) kambag‘allar 
hukmronligi; d) polis ishida barcha fuqarolar ishtiroki; e) rasmiy tad- 
birlar orqali(saylov, navbat, tayinlash) boshqaruvni amalga oshirishni 
bildirgan.
Ibtidoiy jamoa tuzumida qadimgi harbiy-qabilaviy davlatchilik 
bosqichlarida o‘ziga xos demokratik boshqamv shakli mavjud 
bo ‘ lgan. Qadimgi Yunonistonda demokratiya boshqaruvning boshqa 
usullari (tiraniya, despotizm, oligarxiya, aristokratiya kabilar) bi­
lan o‘zaro o ‘rin almashib turgan. Qadimgi Rimda esa Respublika- 
cha demokratiya bir necha asrlar mobaynida amal qilib kelgan va 
keyinchalik imperiya tipidagi monarxiya boshqaruvi tizimiga o ‘z 
о‘mini bo‘shatib bergan edi.

Download 7,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish