6. Siyosatshunoslik maktablari
siyo-
satshunoslik maktablari shakllandi. Masalan:
> AQSH-Buyuk Britaniya siyosatshunoslik maktabi
(S.Lipset, K.Rayt, S.Xantington, G.Morgentau, J.Sartari va boshq.).
Tadqiqot sohasi-siyosiy modemizatsiya, barqarorlik, siyosiy moja-
rolar, tashqi siyosiy masalalaming ishlab chiqilishi.
> Fransuz siyosatshunoslik maktabi (M.Dyuverje, J.Burdo,
M.Kroze,R.Aron va boshq.). Tadqiqot sohasi - siyosiy rejimlar
tipologiyasi, legitimlik, partiyaviy-siyosiy infratuzilma masalalari-
ning o‘rganilishi. Fransiya siyosatshunosligining o‘ziga xos jihati
siyosiy fanning asta-sekin Konstitutsiyaviy huquqdan ajralishi
va, asosan, siyosiy institutlar va munosabatlar, saylov tizimlari
va saylovlar, ijtimoiy boshqaruv bilan bog‘liq masalalaming
o‘rganilishidir.
> Nemis siyosatshunoslik maktabi (P.Mayer, K.Fon Beyme,
l.Fetcher, Xanna Arendt). tadqiqot sohasi-hozirgi zamon siyosat zariyasining eng muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida-siyosiy tizim-
larning qiyosiy tahlili, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatning amal
qilishi muammolari, siyosiy ta’limotlar tarixini o‘rganishga katta
e’tibor qaratilmoqda. Bunda nemis siyosatshunosligining doimiy
rivojlanib borayotgan tamoyili bu boradagi siyosiy tadqiqotlar doira-
sining kengayishidir.
Biroq sobiq Ittifoq va unga mafkuraviy tobe davlatlarda
siyosatshunoslik fani o‘qitilmadi, fanga doir biror jumal yoki gazeta
nashr etilmadi. Chunki mustabid tuzum fuqarolaming siyosat ilmidan
xabardor bo‘lishlari ularda kommunistik partiya va sovet davlati
siyosatiga nisbatan tanqidiy, hech bo‘lmasa tahliliy yondashuvni
shakllantirishidan xavfsirar edi. Faqat sobiq Ittifoqning parchalanishi
tezlashgach, ya’ni 1989-yildan boshlab Rossiyada bu fan plyuralistik
asosda mustaqil fan sifatida rivojlana boshladi. Sovetlardan keyingi
makonda tashkil topgan mustaqil davlatlarda siyosiy ta’lim va siyosiy
madaniyat masalalariga qiziqish ommaviy tarzda keskin kuchayib
ketdi.
Jumladan, 0 ‘zbekistonda ham davlat mustaqilligining qo‘lga
kiritilishi siyosiy fanlami o‘rganish va o‘qitishga nisbatan eskicha
yondashuvlami batamom o‘zgartirib yubordi. Mustaqillik sharoitida
oliy ta’lim tizimini takomillashtirishning dastlabki choralaridan biri
mamlakatimizda siyosatshunoslik fanini o‘rganish va o‘qitishga
kirishishdan iborat bo‘ldi. Mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida
1992-yildan boshlab siyosatshunoslik fanini o‘qitish yo‘lga qVyildi.
1992-yil 23-sentabrda 0 ‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan
Politologiya va boshqaruv instituti tugatilib, uning bazasida Jahon
iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tashkil etildi. Ana shu davrdan
boshlab Respublikamiz ta’lim tizimlarida, asosan Oliy ta’lim tizimida
siyosatshunoslik fanini o‘qitishning normativ, uslubiy asoslari shakl-
lailtirila boshlandi. Mamlakatimiz mutaxassislari sa’y-harakatlari bi-
lan bevosita dasturlar, o‘quv qo‘llanmalari va darsliklar yaratila bosh-
landi. Shuningdek, 0 ‘zbekiston Milliy universiteti, Jahon iqtisodiyoti
va diplomatiyasi universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik insti-
tuti kabi yurtimizning oliy ta’lim maskanlarida siyosatshunos kadrlartayyorlash ishlari boshlangan edi. Ayni paytda ilmiy siyosatshunos
kadrlar tayyorlash ishlari ham yo‘lga qo‘yilgan.
0 ‘zbekiston siyosatshunoslik maktabi tadqiqot sohasi sifatida-
qiyosiy siyosiy tizimlar, xorijiy mamlakatlaming demokratlashtirish
tajribasi, siyosiy institutlaming shakllanishi va rivojlanishi, siyosiy
modemizatsiya muammolarini keltirish mumkin. 0 ‘zbekistonda
siyosatshunoslik fani rivojlanishida Z.Munavarov, R.Jumayev,
S. Jurayev, B.Iminov, l.Ergashev, A.Qodirov, Sh.G‘oyibnazarov,
R.Farmonov, X.Odilqoriyev, S.Otamurodov, U.Idirov, D.Razzoqov,
F.Sharopov, N.To‘laganova, N.Jo‘rayev, B.Aliyev, T.Hoshimov,
A.Xaydarov, M.Qirg‘izboyev, Q .Jo‘rayev, Sh.Akromov, G.Yusupova,
X.Jabborov, S.G‘ofurov kabi olimlaming hissalari katta. Bugun mam-
lakatimiz oliy o‘quv yurtlarida siyosatshunoslik fani nufuzini yanada
yuksaltirish borasida ko‘plab yosh iqtidorli olimlar samarali mehnat qilmoqdalar
7. Siyosatshunoslik va boshqa fanlarning o'zaro aloqadorligi.
Siyosatning boshqa fanlar bilan aloqadorligi:
7araf-siyosatshunoslar uchun asosiy sanalami aniqlaydigan manba
sanaladi. Qachonki biz uchinchi fransuz Respublikasining (1871-1940
yy.) siyosatini, Franklin Ruzvelt (1933-1945) davrida prezidentlik
hokimiyatining yuksalishini va “Sovuq urush” singari yaqin o‘tmishdagi
voqealami muhokama etganimizda, biz tarixni o‘rganamiz. Ammo
tarixchilar va siyosatshunoslar turli narsalami qidirishadi va sanalarga
turlicha yondashishadi. Ingliz tarixchisi ta’kidlaganidek, “Tarix-bu
o‘tmishdagi siyosat, siyosat esa-bu hozirgi tarixdir”.Inson geografiyasi. Inson geografiyasiga (fizik geografiyadan
farq qiladi) yaqin yillarga qadar siyosatshunoslar tomonidan, garchi
u siyosatga ko‘proq ta’sir o‘tkazishiga qaramay, e’tibor qaratilmay
kelindi. Inson tabiatining hududiy komponentlari-chegaralar, dinlar,
etnik hududlar, savdo oqimlari va hokimiyatning markazlashuvi-
katta siyosiy oqibatlarga ega. Afg‘oniston, Iroq, Hindiston va
Turkiyadagi nizolar bu bevosita geografik muammolar sanaladi.
Fransuz siyosatshunos olimi Andre Zigfrid (1875-1959) xaritalardan
mintaqaviy siyosiy holatni o‘rganishda foydalanishni ilgari surgan.
Hozirda bu texnologiyalardan saylovlami o‘rganishda foydalaniladi.
AQSHdagi prezidentlik saylovlaridagi “qizil” va “moviy” shtatlar
siyosiy geografiya holatini namoyon etadi.Iqtisodiyot. Iqtisodiyot, bir qator iqtisodchilar e’tiroficha,
siyosatning asosiy masalasi hisoblanadi. To‘g‘ri, ko‘pgina siyosiy
nizolar iqtisodiy omillarga borib taqaladi: barqaror iqtisodiy
taraqqiyot demokratiya uchun asos hisoblanishi mumkin; nisbatan
kambag‘alroq davlatlar orasida demokratik davlatlar soni ko‘p emas.
Veymar Germaniyasi va yaqin o‘tmishdagi Rossiya bunga misol bo‘la
oladiSiyosatshunoslikning nisbatan yangi maktabi-“ratsional-tanlov
nazariyasi” maktabi vakillari iqtisodiy istiqbolni insonlaming
o‘z shaxsiy manfaatlari ketidan quvishda namoyon bo‘ladi deb,
hisoblashishadi.
Sotsiologiya va siyosatshunoslik bir-biriga o‘xshash fanlardir.
Sotsiolog Martin Lipset (1922-2006)ni haqli ravishda siyosatshunos
sifatida e’tirof etish mumkin. U birincnilardan bo‘lib, demokratiya
va farovonlik darajasi o‘rtasidagi yaqin aloqalami ko‘rsatib berdi.
Siyosiy qarashlar qanday qilib ijtimoiy sinflar, dinlar, mintaqalar,
jinslar va yosh guruhlar o‘rtasida turlicha ko‘rinishga ega bo‘lishini
siyosatshunoslik o‘rgansa, sotsiologiya esa siyosiy-madaniyat,
jamoat fikri va saylov sohasidagi bilimlar uchun emperik asos
bo‘lib xizmat qiladi.
Antropologiya. Odatda yozuv paydo bo‘lgan davrgacha
bo‘lgan jamiyatlarga e’tibor qaratuvchi antropologiya
siyosatshunoslikka nisbatan kamroq aloqasi borga o‘xshaydi.
Ammo antropologiyaning tasvirlovchi va ma’lumot beruvchi
texnikasi siyosatshunoslar tomonidan keng qabul qilingan.
Siyosiy madaniyat sohasi antropologiyaning tarmoqlaridan biri
sifatida ko‘rilishi mumkin.Psixologiya. Psixologiya, xususan ijtimoiy psixologiya,
siyosatshunoslikka katta hissa qo‘shgan bo‘lib, insonlaming
qanday xarakterlari siyosatchilar e’tiborini tortishi, nega va qanday
sharoitlarda insonlar hokimiyatga bo‘ysunishi, insonlaming
qaysi millat va guruhdan kelib chiqqanligi va ovoz berishdagi
moyilligini tushunishda yordam beradi. Gitler, Stalin, Mao
Szedunlami o‘rganish odatda psixologik nazariyalarga asoslanadi.
Psixologlar ayniqsa metodologiya bilan yaxshi ishlashadi. Ular
narsalami obyektiv tarzda o‘rganish yo‘llarini ishlab chiqishadi va
ular bizga muammosi bor turli da’volami ko‘rib chiqishda shubha
bilan yondashishni o‘rgatishadi. “Ko‘r” uslubda savol so‘rash
va muayyan omillami “nazorat qilish” psixologiyadan olingan
uslublar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |