5. Siyosatshunoslikning asosiy funksiyalari
jamiyat siyosiy tizimining asosiy funksiyalari
quyidagilardan iborat:
1. Integratsiya funksiyasi. Uning doirasida jamiyat sotsial struk-
turasining barcha elementlarini, jamiyatning yetakchi qadriyatlari,
siyosiy moljallari asosida birlashtirishga harakat qilinadi.
2.Maqsadga yo‘naltirish funksiyasi. Ushbu funksnyani amalga
oshirilishi natijasida jamiyat taraqqiyotining yetakchi maqsadlari va
yo‘nalishlari belgilab olinadi.
3.Tashkilotchilik funksiyasi. Uning doirasida jamiyat manfaatlari,
maqsad-muddaosini ro‘yobga chiqarish uchun mamlakat moddiy,
ma’naviy ijtimoiy resurslari safarbar etiladi.
4. Regulyativ funksiya asosan siyosiy hokimiyat va jamiyatda amal-
ga oshiriladigan siyosiy jarayonlaming legitimligini ta’minlanishi va
mustahkamlashdan iboratdir.
5.Nazorat qilish funksiyasi. Uning doirasida siyosiy tizim ijtimoiy
guruhlar o‘rtasidagi munosabatlar holatini, jamiyat sotsial tinchligi,
barqarorligi holatini nazorat qiladi. Jamiyatda ziddiyatli vaziyatlami
kelib chiqishini oldini olish va boshqa shu kabi vazifalar amalga
oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |