Siyosatshunoslik


induksiya  va  deduksiya


bet15/253
Sana04.06.2022
Hajmi
#635742
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   253
Bog'liq
67. Siyo\'satshunoslik. Odilqoriyev X,T

induksiya 
va 
deduksiya,
analiz 
va 
sintez, modellashtirish, xayoliy eksperiment, matema-
tik, kibernetik bashorat 
kabilar kiradi.
Siyosatni tadqiq etishning uchinchi guruhini esa 
empirik tad-
qiqot, siyosiy voqelik to‘g‘risida birlamchi axborot olish usulla-
ri 
tashkil etadi.
Empirik usul anketa so'rovi, laboratoriya tajribalari, huj- 
jatlar tahlili, statistik tahlil, matematik modellashtirish, tajriba 
qilinayotgan vaziyat sharoitidagi odamlarning xulq-atvorini 
kuzatish kabilardan foydalanadi.
XX asrning 50-yillarida empirik tahlillar funksionalizmning 
o‘ziga xos hosilasi sifatida bixevioristik yondashuvni keltirib 
chiqardi. Bixevioristlar fikricha, siyosatshunoslik qat’iy ilmiy, 
empirik usullar yordamida odam larning bevosita kuzatish 
mumkin bo‘lgan siyosiy xulq-atvorini o ‘rganishi kerak. Dalillar 
va qadriyatlarni bir-biridan ajratish, fanni qadriyatli mulohaza- 
lardan xoli qilish tarafdori bo‘lgan bixevioristlar bilish jarayoni- 
da faqat dalillar va mantiqqa suyanishni taklif etadilar.
Bixevioristlaming kuzatish, statistik ma’lumotlar va hujjatlarni 
o ‘rganish, anketa so‘rovlari, laboratoriya tajribalarini keng 
qo‘llashni izchil rag‘batlantirishlari tadqiqotlaming yangi darajasi
— amaliy siyosatshunoslikning rivoji uchun shart-sharoit yaratdi. 
Amaliy siyosatshunoslik xulosalari, odatda, siyosiy barqarorlikni 
saqlab qolishga qaratilgan bo‘ladi. Uning asosiy vazifasi aniq 
tavsiyalar va qisqa muddatli bashoratlami muayyan subyektlar 
uchun ular faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida bayon 
etishdan iborat. Bu fanning imkoniyatlari hukumatning sog‘liqni 
saqlash, ijtimoiy, milliy va mudofaa siyosatida va boshqa 
faoliyatida dasturlar tuzishda, ijtimoiy ixtiloflarning oldini olish 
■yoki ularni hal etish yo‘llarini belgilashda, jamiyat uchun zarur 
bo‘lgan murosaga kelishda amaliy ahamiyat kasb etadi.
Umuman, siyosatshunoslik usullarini umumlashtirib:
1) siyosiy tahlil;
2) qiyosiy taqqoslash;
28


3) empirik sotsiologik usullarga bo‘lish mumkin.
Siyosatshunoslikning usullari uning nazariya va amaliyot uy- 
g‘unligidan iborat fan ekanligini ko‘rsatib turibdi. Siyosat­
shunoslik usullaridan samarali foydalanish asosida mamlakat va 
xalqaro maydondagi siyosat, uning o‘ziga xos xususiyatlari, rivoj- 
lanish istiqbollari to ‘g‘risida aniq m a’lumotlarga ega bo'lish 
mumkin.
Umuman, nazariy va amaliy siyosatshunoslik bir butunlikni 
tashkil etib, bir-birini to ‘ldirib boradi, siyosatning samarador- 
ligi va insonparvarligi yo‘lida muhim imkoniyatlar yaratadi.
Bugungi kunda siyosatshunoslik fanining o‘mi va ahamiyati 
tobora o ‘sib bormoqda. Bu bevosita quyidagi omillarga bog‘liq:
1) dunyoning bir-biriga qarama-qarshi ikki qutbga bo'lini- 
shi oqibatida kuchli qarama-qarshilik barham topganidan keyin 
ham dunyoda osoyishtalik qaror topmadi. Insoniyat XXI asrda 
ham ko‘pgina global muammolarga duch kelmoqda. Global 
xavfsizlik jahonda yangi siyosiy tartibni, ko‘p qutbli olamni, 
tolerantlik va harbiy-siyosiy muvozanatni shakllanishiga bog'liq 
bo‘lib, bu masalalar siyosat nuqtayi nazaridan atroflicha tahlil 
etib borishni taqozo etadi;
2) umumbashariy muammolami hal etishda mamlakatlar 
va xalqlar o ‘rtasidagi hamjihatlikka qaratilgan qarashlar, naza­
riya va tahlillarni ishlab chiqish bu fanning dolzarb vazifasiga 
aylanmoqda;
3) jadal kechayotgan siyosiy jarayonlaming dunyo hamjamiya- 
ti va inson manfaatlari bilan uyg‘unlashuviga erishish davr taqozo- 
sidir. Buning uchun siyosatga insonparvarlik ruhini olib kirish kerak. 
Bu ongli siyosiy faoliyatni, siyosatga ongli munosabatda bo‘lishni 
talab etadi. Bulami o‘iganish siyosiy fan vazifalaridir;
4) kuchayib borayotgan demokratik jarayonlar shaxsda siyo­
satga qiziqish, u bilan shug‘ullanishga ehtiyojning oshishi siyosiy 
bilimlar ahamiyatini yanada oshirmoqda;
5) demokratik tuzumga qarshi bo‘lgan va jamiyatga u yoki 
bu ijtimoiy utopiyani tiqishtirayotgan turli xil radikal mafkura- 
larga qarshi barqaror immunitetni fuqaro ruhiyatida shakllan- 
tirish zarurati siyosatshunoslikni keng o‘rganishni talab etmoqda;
6) sivilizatsiyaning bugungi kundagi buyuk kashfiyotlaridan
29


biri — shaxs va hokimiyat tizimlari o'rtasidagi o'zaro munosabat- 
larda adolatning, inson qadr-qimmatining ustuvor ahamiyat kasb 
etishi, shaxs erki va huquqlarini himoya qilishga qodir demokra­
tik qadriyatlaming shakllanganidir. Bu qadriyatlami o‘rganmay 
turib, demokratik institutlami shakllantirish, fuqarolik jamiyatining 
asoslarini yaratish mumkin emas. Bunda ham nazariy, ham amaliy 
jihatdan siyosatshunoslikka katta ehtiyoj sezamiz.
Barcha ijtimoiy fanlarda bo‘lganidek, siyosatshunoslikda ham 
subyektivizmga yo‘l qo‘ymaslik, uning oldini olish muammosi 
mavjud. Bu muammoni siyosiy jarayon, siyosiy bilimlarni 
o‘rganishda xolislik, ochiq-oydinlik va plyuralizmga rioya qilish 
orqali hal etish mumkin. M. Veber ta ’kidlaganidek, auditoriyada 
o'qituvchi ham, talaba ham siyosat bilan shug‘ullanmasliklari 
lozim. Zero, siyosiy ko‘rsatma va siyosiy muassasa yoki muayyan 
Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish