32
IJTIMOIY-SIYOSIY TA’LIMOTLAR:
SHAKLLANISHI YA RIVOJLANISHI
1. Insoniyat sivilizatsiyasi tarixida siyosiy-huquqiy
g ‘oyalarning kelib chiqishi
Siyosatshunoslikni ijtimoiy-tarixiy m uhit taqozo etuvchi
muayyan siyosiy qarashlar va g‘oyalarsiz tasaw ur etish qiyin.
Siyosiy fikr tarixan huquqiy fikr bilan bog‘liq bo‘lib, ular o ‘rta-
sida uyg‘unlik mavjud. Jumladan, u yoki bu shaxsning, gurah-
ning ijtimoiy tabaqa yoki sinfning mavqeyi huquqiy jihatdan
asoslangan siyosatni taqozo etadi. Siyosatshunoslikning o‘zak
g‘oyasi — siyosiy hokimiyat, jamiyatni boshqaruv, idora etish
g'oyasidir. Buni chuqurroq anglamoq uchun siyosiy g‘oyalaming
ilk shakllanish davriga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir.
Qadimgi Misr, Bobil, Hindiston va Xitoy xalqlari siyosiy-
huquqiy qarashlaridagi o‘ziga xos an’analar.
Siyosiy-huquqiy
qarashlar taxminan miloddan awalgi 4 ming yillikda insoniyat
sivilizatsiyasining ilk o‘choqlari bo'lgan Sharq o‘lkalari - Misr,
Mesopatamiya, Hindiston va Xitoyda paydo bo‘lgan. Siviliza-
tsiya insonlaming nafaqat oila, urug‘ yoki qabila tegrasidagi,
balki davlat doirasida kechadigan madaniy hayoti, o'zaro alo-
qalarini anglatadi. Buni goho submadaniyat deb ham atashadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlar, hukmronlik va bo‘ysunuvchilik
munosabatlari, odamlaming siyosiy-huquqiy tasawurlarida aks
etib, bu tasaw urlar jamiyat sivilizatsiyalashuvi darajasining mu-
him ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Dastlabki siyosiy-huquqiy fikrlar barcha qadimgi xalqlarda,
Sharqda ham, G 'arbda ham diniy negizdagi afsona va rivoyat-
lar ta’sirida shakllangan.
Qadimgi xalqlardan misrliklar, bobilliklar (Dajla va Frot
daryolari oralig‘ida yashagan aholi), xitoyliklar, hindlar, yahudiy-
lar, forslar, greklar va rimliklar yerdagi tartiblami koinot tartib-
larining uzviy bir qismi va kelib chiqishi jihatidan ilohiydir,
xudo uning bosh sababidir, deya talqin qilganlar. Bunday tafakkur
33
tarzi uzoq davrlar mobaynida ijtimoiy-siyosiy ongda chuqur
o‘rnashib, davlat, siyosatga oid g'oyalarda ham o ‘z ifodasini
topgan.
Hokimiyat — hukmdorlik tarixan jamiyatda mehnat taqsi-
moti, tengsizlikning vujudga kelishi, bu tengsizlikni siyosiy-
huquqiy jihatdan asoslashga yo‘naltirilgan ilk urinishlar natija-
sidir. Masalan, Qadimgi Misrda oliy siyosiy va diniy hokimiyatni
o ‘z qo‘lida jamlagan fir’avn xudo va odamlar o ‘rtasida vositachi
sifatida ilohiylashtirilib, xudo irodasini ifoda etuvchi fir’avnga
so‘zsiz va mutlaq itoat etish lozimligi miloddan avvalgi XXVIII
asrga oid «Ptaxotep o‘gitlari» nomli qadimiy siyosiy-diniy huj-
jatda ham o‘z aksini topgan.
Dajla va Frot daryolarining oralig‘i — Mesopatamiyadagi
siyosiy-huquqiy flkrlaming yorqin namunalari Vavilon, Assu-
riya va Xett podshohlarining qonunlari bo‘lib, ularda hokimi
yatning ilohiy tarzda kelib chiqqanligini ifodalovchi tasawurlar
aks etadi. Jumladan, miloddan avvalgi XVIII asrga oid Xam-
murapi (Vavilon podshosi) qonunlarida hukmdor o‘z fuqarola-
riga g‘amxo‘rlik qiluvchi, ayni paytda ilohiylik sifatlariga ega
xudoga monand mavjudot sifatida tavsiflanadi.
Qadimgi Hindiston xalqlarining siyosiy-huquqiy qarashlari-
ni o ‘rganishda miloddan avvalgi 2 ming yillikka oid muqaddas
bitik — Vedalar («Veda» — sanskrit tilida «bilim» degan m a’no-
ni anglatadi.) muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, xudolarga
bag‘ishlangan madhiyalardan iborat bo'lgan rigvedalar bu
masalada eng ko‘hna va yirik yozma yodgorlik bo'lib, ularda
azaldan yerda va butun koinotda oliy qudrat tom onidan
o ‘rn a tilg a n ilohiy ta rtib o t, o d am larn in g bu ta rtib o tg a
bo‘ysunishlari xususida so‘z yuritiladi.
Miloddan avvalgi IV—III asrlarda braxman Kautilya tomo
nidan yozilgan «Artxashastra yoki siyosat haqidagi fan» risolasida
o‘sha davrga oid davlat va xo‘jalik boshqaruvi bilan bog‘liq
bo‘lgan qator masalalar bayon etilgan. Xususan, ideal shoh
haqidagi qarashlarda uning adolatli va xalqparvar, o ‘z lafzida
turuvchi, yomonlikdan hazar qiluvchi, m a’rifatli, haqiqatga
intiluvchi, zolim amaldorlami boshqaruvdan chetlashtiruvchi
bo‘lishi lozimligi qayd etiladiki, bu g‘oyalar hoziigi zamon siyosiy
34
fa n i u c h u n h a m n ih o y a td a q im m a tli h is o b la n a d i.
«Artxashastra»da ichki va tashqi siyosat masalalari ham qalamga
olinib, hokimiyat va boylikni saqlab qolish hamda kuchaytirish
uchun har qanday vositalardan foydalanish m a’qulligi g‘oyasi
ilgari suriladi (Oradan 2 ming yillar o ‘tgach, bu g‘oyani N.
Makiavelli «Hukmdor» asarida takrorlagan edi).
Qadimgi Xitoydagi ilk siyosiy-huquqiy qarashlar o‘ziga xos
xususiyatlarga ega bo‘lib, ularda muqaddas bitiklarning emas,
balki mutafakkir olimlarning davlatni tashkil etish, boshqarish,
inson va jamiyat munosabatlari tahlili aks etgan ta ’limotlari
muhim o ‘rin egallaydi. Ular safida Konfutsiy (Kun-Fu-szi —
mil. av. 551—479) qarashlari alohida ahamiyatga molik. Xitoy-
ning keyingi taraqqiyoti uchun ham g‘oyatda ahamiyatli bo‘lgan
konfutsiychilik falsafiy-axloqiy va siyosiy ta’limoti dinning o'ziga
xos m uqobili vazifasini o ‘tagan. M am lakat tu rli m ayda
davlatchalaiga bo‘linib, ular o‘rtasida to‘xtovsiz nizolar va urush-
lar kuchaygan davrda yashagan bu mutafakkir davlatning pat-
riarxal-patemalistik konsepsiyasini rivojlantirgan. Uning fikri-
cha, davlat ulkan oiladir. Imperator hokimiyati oila boshlig‘i,
ya’ni otaning oiladagi hokimiyatidek, qo‘l ostidagilarga nisba-
tan adolat va mehr-shafqatga asoslanishi lozim. Hokimiyatning
ilohiy tarzda kelib chiqqanligini inkor etmagan holda Konfutsiy
o‘z diqqat-e’tiborini jamiyatda va davlatda ijtimoiy barqarorlikni
ta ’minlash masalalariga qaratadi. U qadimda mavjud bo‘lgan
adolatli davlat boshqaruvi to ‘g‘risidagi qarashlar va ular asosida
yotuvchi ko‘hna Xitoy urf-odatlariga sog‘inch hissini tuyib,
qadimgi e ’tiqod va an’analarga katta umid va ishonch bilan
qaraydi.
Konfutsiy «Lun-yuy» (Suhbat va mulohazalar) nomli riso-
lasida «Men hech narsani kashf qilganim yo‘q, balki o‘tmish
durdonalarini avlodlarga yetkazyapman. M en o ‘tmishga isho-
naman va uni sevaman», deb yozgan edi.
Mutafakkir davlat va jamiyat boshqaruvini, aw alo, intizom
va tartib bilan bog‘lab «Podshoh podshohdek, xizmatkor xiz-
matkordek, ota otadek, o‘g‘il o ‘g‘ildek bo‘lsin», deydi. Bunday
boshqarish — ham m ani joy-joyiga qo‘yish degan xulosani
chiqaradi. U odamlarni ijtimoiy kelib chiqishiga qarab to ‘rt
35
qatlamga ajratadi: aslzodalar (tabiiy tug‘ma qobiliyatli); bilimlarga
o‘qish-o‘rganish jarayonida ega bo'lganlar; bilimlarni qiyinchilik
bilan o ‘zlashtiruvchilar; bilim olishga intilmaydiganlar.
Konfutsiy fikricha, qatlamlararo tafovutlar ular o ‘rtasidagi
tengsizlikni keltirib chiqaradi. Bu tengsizlik kichiklaming kat-
talarga, quyi tabaqalaming yuqori tabaqalarga bo‘ysunishini,
hokimiyatning aslzodalar qo‘lida to ‘planishi zarurligini taqozo
qiladi. Konfutsiy siyosiy ta’limotining negizida ezgulik, insoniylik
g'oyasi yotadi. Insoniylik oilada va jamiyatda izzat-ikrom bilan
o ‘zini tuta olishda, o ‘z xizmatiga sidqidillik bilan yondashishda,
boshqa kishilar bilan munosabatlarda adolatli bo'lishda namo-
yon bo‘ladi. Konfutsiydan ko‘pgina hikmatlar yodgor bo‘lib qol-
gan. Ular axloq-odob, turmush tarzi, baxt va omad kabi mav-
zularga oiddir. Masalan, «Mamlakatda imkoniyat borligida faqir
va nochor bo‘lishga, bunday imkoniyat yo‘qligida boy va zoda-
gon bo‘lishga uyal»1, deydi. Oradan ikki yarim ming yil vaqt
o‘tgan bo'lishiga qaramay, Konfutsiy ta ’limoti hozirgi Xitoyda
hamon o‘z ta’sir kuchiga ega.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |