Siyosatshunoslik


Siyosiy ta’limot va qarashlarda yetakchi to‘g‘risidagi tasav-


bet123/253
Sana04.06.2022
Hajmi
#635742
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   253
Bog'liq
67. Siyo\'satshunoslik. Odilqoriyev X,T

172


Siyosiy ta’limot va qarashlarda yetakchi to‘g‘risidagi tasav-
vurlaraing shakllanishi va rivojlanishi. 
Yetakchilikdek murakkab 
va muhim ijtimoiy noyob hodisani o ‘rganish ham da tahlil 
etishning ibtidosi uzoq tarixga borib taqaladi. Qadimgi zamon 
tarixchilari Gerodot, Plutarx, Konfutsiy va boshqalar o ‘z davri 
yetakchilari — monarxlar, lashkarboshilarni tarix ijodkorlari deb 
hisoblaganlar.
Siyosiy yetakchilik hodisasini tahlil etishda Sharqda Abu Nasr 
Forobiy, N izom ulm ulk, Amir Temur, Alisher Navoiyning 
xizmatlari, G ‘arbda esa N. Makiavellining ilmiy merosi diqqat- 
ga sazovordir. Ularning flkricha, siyosiy yetakchi — butun jam i­
yatni jipslashtiruvchi, ijtimoiy tartiblarni saqlab qolish va 
mustahkamlash uchun har qanday vositalarni qo‘llovchi hukm- 
dordir.
Sharq Uyg‘onish davrining buyuk vakili Forobiy «Davlat 
arbobining hikmatlari» risolasida davlatni yetuk shaxs (m a’ri- 
fatli shoh), yetuk xislatlarga ega bo‘lgan bir necha shaxslar (ari- 
stokratiya) va saylangan shaxslar (demokratiya) yordamida 
samarali boshqarish mumkinligini, davlat boshlig‘i va davlat xiz- 
matchilari boshqaruv san’atini yaxshi bilishlari shartligini qayd 
etadi. Nizomulmulk esa «Siyosatnoma» («Siyar ul-muluk») asa- 
rida shohning jasur, dono, tadbirkor va qat’iyatli bo‘lishi g‘oyasini 
ilgari surgan. Davlatni idora qilishda amaldorlar (mas’ul xo- 
dimlar) katta o‘rin tutishgan, ulami tanlash va joy-joyiga qo‘yish- 
ga o ‘ziga xos talab darajasida qaralgan.
Siyosiy yetakchilik hodisasini o ‘rganishda o‘z davri va o ‘z 
xalqi talab-ehtiyojlarini to £g‘ri anglagan pragmatik hukmdor — 
Amir Temuming nazariy qarashlari va amaliy siyosiy faoliyati 
ham diqqatni jalb etadi.
Podshohsiz raiyat va davlatsiz jamiyat bo‘lishi mumkin emas, 
deb hisoblagan Alisher Navoiy jamiyat bo‘lishi uchun davlat 
bo'lishi zarurligini, turli manfaatlar kishilami bir-biridan ajrati- 
shini va ayni paytda birlashtirishini, bu — jam iyat qonuni 
ekanligini, shu qonunni nazorat qilish — odil podsho va bosh­
qaruv tizimining vazifasi, deb uqtiradi.
Umuman, siyosiy yetakchilikning sharqona tahlilida yetak- 
chiga nasihatgo‘ylik yondashuvi ustuvorlik qiladi. Unga ko‘ra
173


davlat arbobi siyosati har qanday vaziyatda ham axloqiy tamo- 
yillar: rostgo‘ylik, halollik, odamlarga xayrixohlik va hokazolarga 
zid bo‘lmasligi kerak. Ta’kidlab o‘tish lozimki, yetakchini axloqiy 
tamoyillarga rioya qilishga chorlovchi bunday sharqona qarashlar 
hozirgi zamon demokratik jamiyatlarida siyosatning insoniyla- 
shuvida, uning inson huquqlari kafolati sifatida tanilishida o ‘z 
ifodasini topmoqda.
Siyosiy yetakchilikni o ‘rganishda G ‘arbda siyosiy bilimlar 
rivojiga buyuk italyan gumanisti N. Makiavelli katta hissa 
qo‘shgan. Uning fikricha, siyosiy yetakchi - jamiyatni jipslash- 
tiruvchi hamda ijtimoiy tartib va o‘z hukmronligini saqlash uchun 
har qanday vositalardan foydalanuvchi podshoh. Masalan, «Mil­
liy davlatni qurish va mustahkamlashda davlat boshlig‘i sherdek 
dovyurak, tulkidek ayyor bo'lishi, agar pirovard maqsadga foydali 
bo‘lsa, o‘z va’dalarini bajarmasligi ham mumkin, chunki yuksak 
natijalar xuddi shunday yo‘l tutgan knyazlarga nasib etgan»1 
kabi Makiavelli tomonidan ishlab chiqilgan, ayyorlik va kuchni 
mohirona birlashtirishni taqozo etuvchi g‘arbona mentalitet aks 
etgan amaliy maslahatlar Kromvel, Napoleon va boshqa ko‘plab 
yevropalik siyosatchilar tomonidan yuqori baholangan.
XIX asrga kelib shaxs irodasini jamiyat taraqqiyotining bel- 
gilovchi kuchi, deb hisoblovchi volyuntaristik nazariyalar pay­
do bo'lgan. Yetakchilik to ‘g‘risidagi bu nazariya vakillari Tomas 
Karleyl (1795—1881) va Ralf Uoldo Emersonlar (1803—1882) 
fikricha, odamlarning ko‘pchiligi barcha munosabatlarda yetak- 
chilarning yo‘naltiruvchi ta ’sirisiz norm al hayot kechira 
olmaydilar.
XIX asrning ikkinchi yarmida Fridrix Nitsshe (1844-1900) 
tomonidan ishlab chiqilgan yetakchilik tamoyili o‘z davri siyo­
siy fikri va amaliy siyosatiga katta ta ’sir ko‘rsatgan. Nitsshening 
qarashlariga biologik turlarning evolyutsion rivojlanishi to ‘g‘ri- 
sidagi Ch. Darvin nazariyasi kuchli ta ’sir ko‘rsatgan. Shu bois, 
Nitsshening nazariy qarashlarida oliy biologik tip — yetakchi- 
inson, o‘ta qudratli odam shakllanishining zarurligini asoslash- 
ga qaratilgan urinishni ko‘ramiz. «Insoniyatning maqsadi, —

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish