Siyosatshunoslik


bet119/253
Sana04.06.2022
Hajmi
#635742
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   253
Bog'liq
67. Siyo\'satshunoslik. Odilqoriyev X,T


Исмоилов H.
Сайлов тизимини янада эркинлаштириш ва демократлаш-
тириш йулида / / Халк сузи. — 2008. б-dek. - №237.
166


bilan qamrab olinmagan bir davrda rivoj topdi. 0 ‘zbekistonda 
samarali ko‘ppartiyaviylik tizimi shakllangan va jo ‘shqin rivoj- 
lanib borayotgan hozirgi sharoitda fuqarolarning tashabbuskor 
guruhi tomonidan nomzod ko‘rsatish instituti kabi saylovning 
bunday nomukammal shaklidan foydalanishga zarurat qolma- 
di.
Siyosiy plyuralizmning qaror topishi butun dunyoda bo'lga- 
ni kabi 0 ‘zbekistonda ham uzoq davom etuvchi jarayon bo‘lib, 
u faqatgina jamiyat hayotidagi shart-sharoitlarga bog‘liq bo‘lmay, 
balki jamoaning hamda har bir shaxsning ongidagi o ‘zgarishlar- 
ga, shaxsning ijtimoiy-madaniy va axloqiy m a’naviy fazilatlari 
kam olotiga ham bog'liqdir. Shuning u c h u n 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 10-moddasiga ko‘ra 0 ‘zbekiston 
xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va 
Prezidenti ish olib borishi mutlaqo to ‘g‘ridir. Jamiyatning biron- 
bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat 
yoki alohida shaxs 0 ‘zbekiston xalqi nomidan ish olib borishga 
haqli emas.
Prezidentlikka turli jamoat uyushmalari bilan bir qatorda 
siyosiy partiyalarning o ‘z partiyasidan nom zod ko‘rsatish 
huquqining mavjudligi va g‘alabadan so‘ng u yoki bu yetakchi 
partiya nomidan Prezidentning davlatni boshqarishi dunyodagi 
ayrim yetakchi davlatlar (masalan, AQSH) tajribasidan ma’lum. 
0 ‘zbekistonda ham Prezidentlikka nomzod ko‘rsatishda mavjud 
barcha siyosiy partiyalar teng asosda ishtirok etadilar. Ammo 
Prezident saylovdan keyin u g‘alaba qilgan partiya nomidan 
emas, balki butun xalq nomidan ish ko‘radiki, bu dunyoda davlat 
va jamiyat qurilishi tajribasini yanada boyitadi. (Germaniya, 
Gretsiya, Ruminiyada ham Prezident o‘z vakolati davrida biron- 
bir partiya a’zosi bo ‘lib turishi mumkin emas.) Buning ayrim 
obyektiv va subyektiv sabablari mavjud:
1. Awalo, Konstitutsiyamizning 10-moddasi buni taqozo eta­
di.
2. Bizdagi ko'ppartiyaviylikka asoslangan siyosiy 
tizim
har 
bir partiya uchun qonun doirasida o ‘z faoliyatini erkin amalga 
oshirishda zarur shart-sharoitlarni yaratib beradi.
3. Partiyaviylik biron-bir partiyaga mansublikni bildirsa,
167


Prezidentlik o‘ziga xos maqomga ega. U ayrim guruh, qatlam 
qarashlarini, manfaatlarini ko‘zlab emas, balki davlat hokimi- 
yatining birdan-bir manbayi bo‘lgan xalq nomidan ish ko‘radi. 
U siyosiy institutlar o‘rtasida hakamdir.
Bugun 0 ‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylikning rivojlangan tizi- 
mini rivojlantirish davr talabidir. Buning uchun:
— har bir siyosiy partiyaning o‘z elektorati — uni qo‘llab- 
quwatlaydigan ijtimoiy qatlami bo‘lishi kerak. Agar shunday 
bo‘lmasa, bu partiya haqiqiy siyosiy kuch bo‘la olmaydi;
— siyosiy partiyalar o ‘z g‘oya, maqsad va vazifalari bilan bir- 
biridan farq qilishi zarur. Shundagina ular jamiyatdagi xilma- 
xil qarash va manfaatlarni to ‘laqonli aks ettirgan bo‘ladi;
— partiyalar o‘z g‘oyaviy-siyosiy platformalarini himoya qila 
olishlari, shu bilan birga boshqa partiyalarning g‘oyaviy-siyosiy 
platformalaridagi kamchiliklarni aniqlay olishlari lozim;
— har qanday partiya umummilliy partiya sifatida faoliyat 
yuritishi, faqat Markazda qolib ketmasligi va joylarda albatta 
o‘z a ’zolari, faollari va tarafdorlariga ega bo'lishi lozim. Aks 
holda har qanday partiya siyosat sahnasidan tushib ketadi;
— partiyalar mamlakatimiz ijtimoiy hayotining va davlat tur- 
mushining u yoki bu voqealariga nisbatan o‘zlarining qat’iy mu- 
nosabatlarini jamoatchilik e’tiboriga yetkazishga harakat qilish- 
lari lozim. Aynan shu hoi partiyalarning g‘oyaviy-siyosiy plat- 
formalariga yanada sayqal berish, xalqqa o‘zini tanitish imko- 
nini beradi;
— siyosiy partiyalardagi ichki demokratiyani shakllantirish 
lozim. Chunki, unda yangi-yangi g‘oyalar, yangi qarashlar, yangi 
tendensiyalar vujudga keladi va ayni vaqtda ular mamlakatimiz 
taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi uchun xizmat qiladi;
— siyosiy partiyalarning keng omma bilan yaqinlashuvining 
mavjud mexanizmlaridan samarali foydalanishga erishish va 
uning zamonaviy usullarini ishlab chiqish lozim.
Bular siyosiy partiyalarning yangi bosqichdagi vazifalari 
hisoblanadi va o ‘z navbatida ularning siyosiy kuchiga kuch 
qo'shadi.
Yuqorida qayd etilgan masalalarning hal etilishi partiyalarga 
o‘z qiyofasi, o ‘z uslubiga ega bo'lish, o‘z saflarini anchagina
168


to ‘ldirish imkonini beradi va 0 ‘zbekistonning ko‘ppartiyaviylik 
tizimini yanada rivojlantirish imkonini yaratadi.
Xulosa shuki, 0 ‘zbekiston siyosiy partiyalari faoliyatlaridagi 
yuqorida qayd etilgan subyektiv omillarga bog‘liq kamchiliklar- 
ni tuzatish ulaming xalqdan ajralib qolmasliklariga, uning qalbiga 
yo‘l topa olishlariga yordam beradi. Dunyo xalqlari, millatlari 
sahnasida o‘z munosib o‘rnimizni bizga hech bir boshqa xalq, 
mamlakat yoki davlat yaratib bermaydi. Albatta, bu vazifani 
o‘zimiz bajarmog‘imiz lozim. Shuning uchun bugungi siyosiy 
jarayonlarda um um m illiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda 
Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish