Siyosatshunoslik


Siyosiy yetakchilik tabiati va turlari


bet126/253
Sana04.06.2022
Hajmi
#635742
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   253
Bog'liq
67. Siyo\'satshunoslik. Odilqoriyev X,T

2. Siyosiy yetakchilik tabiati va turlari
Xislatlar nazariyasi. 
Yetakchilik tabiatini tushuntirishga 
bo‘lgan intilishlar ko'pgina nazariyalami paydo qildi. Ulardan 
eng qadimiyrog‘i va ahamiyatini hozirga qadar yo‘qotmagani 
xislatlar nazariyasidir. Ushbu nazariyaning asoschilaridan biri 
E. Bogardus fikricha, a’lo darajali intellektual iste’dodlar shaxsga 
ertami-kechmi yetakchilikka olib keluvchi ko‘zga ko‘ringan ma- 
vqeni beradi1.
Yetakchilik hodisasini yetakchining yuksak fazilatlari asosi­
da tushuntirish ushbu nazariyaning mohiyatini tashkil etadi. 
Yetakchining yuksak fazilatlariga o ‘tkir zakovat, fahm-farosat, 
tem ir iroda, qaynoq energiya, yuksak tashkilotchilik, kishilarga 
yoqa bilish, bilimdonlik, mas’uliyatni o ‘ziga ola bilish kiritiladi. 
Hozirgi demokratik davlatlarda siyosiy yetakchilarning zaruriy 
sifatlariga xushsuratlik, notiqlik xususiyatlari ham asosiy talab- 
lar sifatida qo‘yilmoqda.
0 ‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, shaxs- 
ning yetakchilik qilishi uchun unga xos muayyan xususiyatlar 
yig‘indisi katta ahamiyat kasb etadi. Raqobat muhitida yetakchilik 
o ‘rinlarini egallash uchun haqiqatan ham muayyan shaxsiy xis­
latlar kerak. Lekin bu zaruriy xislatlami mutlaqlashtirish dara- 
jasida emas. Bu xislatlar to'plami tarixiy davr, ayrim davlatlar 
va aniq vaziyatga bog‘liq holda o ‘zgarib boradi. Masalan, hozirgi 
zamonda ham siyosiy muvaffaqiyatlarga imkon beruvchi shaxsiy 
xislatlar Shvetsiya, Afg'oniston, Koreya va Somalida tubdan
1 Iqtibos manbayi: Bogardus E. Leadereship. — N ew York, 1934. — P. 138.
Qarang: Пугачев В.П., Соловьев А.И. Сиёсатшуносликка кириш. — Т., 2004.
- В. 171.
177


farqlanadi. Buning ustiga ko'pchilik, asosan, nodemokratik 
davlatlarda o‘rtamiyona, g‘o‘r, yorqin xislatlarga ega bo‘lmagan 
shaxslaming tez-tez siyosiy yetakchilar sifatida siyosat maydoniga 
kelishlari kuzatilgan.
Bulami hisobga olish xislatlar nazariyasining rivojiga — uning 
omiliy-tahliliy tamoyili yaratilishiga olib keldi. Bu tamoyil 
yetakchilaming sof individual xususiyatlarini va muayyan siyosiy 
maqsadlarini amalga oshirish jarayonida namoyon bo‘lgan xulq- 
atvorlarini taqqoslaydi. Masalan, Leninning yaqinlari bilan 
munosabatida namoyon bo‘luvchi individual xislatlari hech ham 
zo‘ravonlikka chanqoq va odamlarning kulfatlariga befarq
rahmsiz va zolimligidan darak bermasdi. Biroq uning o‘jarligi 
va utopik maqsadga intilishlari uni hokimiyatni saqlab qolish 
uchun jinoyatlar oldida to ‘xtamaydigan, umuminsoniy axloq 
m e’yorlarini inkor etuvchi diktatorga aylantirgan.
Xullas, yetakchi shaxsiga xos xususiyatlar yig‘indisi tarixiy 
davr va dunyodagi turli davlatlar sharoitlariga ko‘ra turlicha 
bo‘lishi mumkin.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish