Siyosatshunoslik


Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi


bet196/253
Sana04.06.2022
Hajmi
#635742
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   253
Bog'liq
67. Siyo\'satshunoslik. Odilqoriyev X,T

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. 
Dunyo hamja- 
miyati miqyosida inson huquqlarini ta’minlash, xalqaro muno- 
sabatlami insonparvarlik va axloqiy asoslarda o‘rnatish tinchlikni 
saqlash va mustahkamlashning eng muhim kafolati bo‘ladi. Alo- 
hida mamlakat doirasida ham, xalqaro maydonda ham ularga 
rioya qilinishi sog‘lom iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning, si­
yosatda odilona fikr tantanasining, shuningdek, agressiv ichki 
va tashqi siyosatning oldini olishning zarur shartidir. Shu ma’- 
noda bundan bir necha asrlar aw al — 1789-yildayoq inson va 
fuqaro huquqlari Fransiya deklaratsiyasining preambulasida inson 
huquqlarini bilmaslik, unutish va hurmat qilmaslik hukumat- 
ning korrumpiyalashgani va ijtimoiy baxtsizliklarning yagona 
sababi deyilgan edi. Shaxs huquqlarini hurmat qilish esa mam- 
lakatlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlaydi. Odam- 
laming o‘zaro turli xil muloqotlari va hamkorligi uchun qulay
267


sharoit yaratadi, xalqaro munosabatlarga axloqiylikni olib kira­
di. Shu bois inson huquqlarini hurmat qilish tufayli vujudga 
keladigan umumiy gumanistik qadriyatlar va huquqiy zaminni 
yaratmay turib, rna’rifiy xalqaro siyosatni ta’minlash mumkin 
emas.
«Inson huquqlari» tor ma’noda berilmaydigan, faqatgina 
davlat tomonidan kafolatlanadigan huquqlar bo'lib, ular kons- 
titutsiyada mustahkamlangan yoki mustahkamlanmaganidan va 
davlat chegaralaridan qat’i nazar amal qilaveradi. Ular jumlasiga 
barcha odamlarning qonun oldida tengligi, yashash va tan dax- 
lsizligi huquqi, inson sha’nini hurmat qilish, noqonuniy hibsga 
olish va tutib turishdan saqlanish erkinligi, vijdon va e’tiqod 
erkinligi, ota-onalarning bolalarni tarbiyalash huquqi, ezuvchi- 
larga qarshilik ko‘rsatish huquqi va boshqalar kiradi. Keng 
ma’noda inson huquqlari o‘z ichiga shaxsning juda keng mi- 
qyosdagi erkinlik va huquqlari majmuini, ularning turli ko‘ri- 
nishlarini qamrab oladi.
1948-yilda inson huquqlarining eng muhimlari: mehnat qilish, 
dam olish, ijtimoiy ta’minot, ta’lim, inson sha’niga munosib 
turmush tarzi va boshqalarga bo‘lgan huquqlar BMT Bosh 
Assambleyasi tomonidan qabul qilingan «Inson huquqlarining 
umumjahon deklaratsiyasi»ga kiritildi. Bu xalqaro hujjatning 
ahamiyati esa unda belgilangan ijtimoiy huquqlarning bir qator 
davlatlar konstitutsiyalari va qonunlarida mustahkamlab qo‘yi- 
lishida o‘z ifodasini topdi. Xalqaro siyosatning asosiy prinsipla- 
rini hayotga tatbiq etishda 1966-yilda qabul qilingan «Insonlar- 
ning fuqarolik va siyosiy huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro pakt» 
ham katta ahamiyat kasb etmoqda.
0 ‘zbekistonda davlat to m o n id an inson h u q u q lari 
kafolatlanganligining asosiy manbayi Konstitutsiyadir. Asosiy 
qomusimizning II bo‘limida bu masalaga ustuvor ahamiyat be- 
rilgan.
Shuningdek, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996- 
yil 31-oktabrdagi Farmoniga muvofiq inson huquqlari va erkin- 
liklarini muhofaza qilishning ta’sirli vositasini barpo etish, xal­
qaro va huquqni muhofaza qilish tashkilotlari bilan hamkorlik- 
ni kengaytirish hamda BMTning inson huquqlari va boshqaruv
268


tizimini demokratlashtirishni qo‘llab-quwatlash dasturiga muvo- 
fiq «Inson huquqlari bo‘yicha 0 ‘zbekiston Respublikasi Milliy 
markazi» tuzildi. Bu markazning asosiy vazifalaridan biri inson 
huquqlari sohasida 0 ‘zbekiston Respublikasining xalqaro va mil­
liy tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirishdir1.
2008-yildan «Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida»- 
gi, «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi 0 ‘zbekiston Res­
publikasi qonunlarining kuchga kirganligi, 2008-yilning 1-mayida 
esa Prezident I. A. Karimovning «Inson huquqlari umumjahon 
deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bag‘ishlangan 
tadbirlar Dasturi to‘g‘risida»gi farmoni doirasida keng ko‘lamli 
tadbirlarning amalga oshirilayotganligi mamlakatimizda inson 
huquqlari va erkinliklarini puxta hamda ishonchli himoya qiluv- 
chi samarali huquqiy mexanizm yaratilganligidan dalolat bera- 
di.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish