2.3 Uchinchi fasl
(PODSHOHNING MAZLUMLARINI QABUL QILISHI, ODIL VA YAXSHI XULQLI BO’LISHI HAQIDA)
Podshoh haftada ikki kun zulm ko’rganlarni qabul qilib, zolimlarni dodini berib, jazolab va raiyat so’zlarini bevosita eshitib borishi kerak. Agarda “podshoh dodhohlarni oldiga chaqirtirib, haftada ikki marotaba ularning so’zlarini eshitadi va zolimlarning jazosini beradi”, degan xabar mamlakatga tarqalsa, unda zolimlar qilmishlarini oqibatini o’ylab, qo’rqib bedodlik qilmaydilar.
Hikoyatda shunday deyiladi, Somoniylar o’rtasida eng odili amir Ismoil Inb Ahmad bo’lgan. U xudovand kishi to’g’risida ancha narsa yozilgan bo’lib uning otasi Xuroson-u Iroq, Movarounnarhga egalik qilardi. Ismoil Somoniy Iroqni bosib olganidan keyin, doiy (davit etuvchi. Ismoiliya mazhabini targ’ibotchisi)lar uni aldab, ismoiliya mazhabiga kiritadilar va u xalifaga qasd qilib, unga qarshi chiqadi. Keyin Bag’dodga yurish boshlab, abbosiylarni yo’q qilish uchun yo’lga chiqadi. Halifa Yaqubning Bag’dodni olishga mayl qilganini eshitadi. Bu ikki hukmdor o’rtasida bir necha bor elchilar bordi-keldisi bo’lib o’tadi, shunda Ismoil Somoniy sezadiki, Yaqub Ibn Lays botiniy (shia mazhabidagi bir jarayon)lar tasiriga tushib qolgan edi. Shunday qilib urush payti keldi, Bag’dod yaqinida bo’lgan voqealar ancha qiziq bo’lgan edi. Xalifa Yaqubning lashkari o’n mingtadan oshar edi. Ismoil Somoniyning lashkari esa bu borada nochor edi. Shunda Ismoil Ibn Ahmad tunda Yaqub Ibn Lays qo’shini amirlariga chopar yubortirib ayttiradiki, u (Yaqub) ochiq isyon ko’tarib, shialar tarafiga o’tmoqchi, bizning honadonimizga kelib, o’rnimizga dushmanlarimizni qo’ymoqchi degan xabar beradi. Bu ma’lumotni eshitganlarning ko’pchiligi agar shu holat rost bo’lsa, biz jang maydonida sening tarafingda bo’lamiz deyishadi. shunday ham bo’ldi va xalifa mag’lub bo’ldi. Uning ukasi ham bor edi xalifa Amru Ibn Lays degan. U ham Ismoil Somoniy bilan jang qiladi va yetmish minglik qo’shinini o’n minglik Somoniy lashkarlari yengadi va Amru Lays asirga tushadi. Ismoil Somoniy Amru Laysni xotamtoy, hudojo’yligini yaxshi bilar edi. U lashkar amirlariga va buyuklariga qarab dediki, Unga (Amir) birorta ham zarar yemasin, toki asirlikdan qutilsin deydi. Shunda Amir Ibn Lays o’ziga odam yuborilishini so’rab, unga muhim xabar yetkazishini aytadi va shunday deydi:
- “Bu mamlakatni xudoyi taolo mendan oldi va senga berdi, men senga faqat yaxshilik tilayman. Sen mulkimni olding ammo xazina va iztizxor
(oziq-ovqating) yo’q. Menda va akamdagi xazinalar ro’yxati ayni damda menda va uni hammasini senga taqdim etaman”. Shunda Ismoil Somoniyning javobi o’zgacha bo’ladi:
- “Otalaring bir misgar bo’lsa, senga va akangga xazina qayerdan kelardi? Osmoniy tasodif tufayli uni zo’ravonlik bilan oldingiz. Bularni hammasini odamlarga zulm qilib, noxaq yo’llar bilan, qari kishilar-u g’ariblarning moli, yetim-u zaiflarning xaqqini yeyish bilan qo’lga kiritgansiz. Shularning javobini xudoyi taolo oldilda o’zlaringiz berishingiz kerak. Sen makkorsan vas hu zulmni mening bo’ynimga qo’ymoqchisan.
Do'stlaringiz bilan baham: |