50-rasm. Bir va ikki pog’onali sitall buyumlari olishning sodda tizimi.
Sitall xom-ash’yosi
haqida gapirsak, texnik sitalli xom-ash’yosi ko’p komponentli, sanoat
chiqindisi va tog’ jinslari asosida olinadigan sitallar xom-ash’yosi esa kam komponentli bo’ladi.
Texnik sitallarini olishda kvarst qumi, ohaktosh, soda, potash kabi xom-ash’yo turlari ko’p
ishlatiladi. Shisha olishda ular boyitilar edi. Tarkibga kiruvchi temir
birikmalari sitall ishlab
chiqarishda katalizatorlar rolini o’ynaydi. Bu esa sitall tannarxini pasayishiga olib keladi.
Shixtaga katalizatorlar metall, oksid va turli birikmalar xolida qo’shiladi.
Xrom va titan
xrom (III) oksidi va titan (IV) oksidi formulasida kiritiladi. Fotositall olishda esa ularning o’rniga
kumush xloridi 0,002-0,2% miqdorida,kumush sulfati 0,1-0,3% atrofida, oltin xloridi 0,001-0,11%
atrofida kiritiladi. Agar shisha shixtasi tarkibiga ftor qo’shilishi kerak bo’lsa, u kriolit yoki natriy-
kremniy ftoridi xolida kiritiladi.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, sitall shixtasi shisha shixtasidan tarkibga kristallanishga
xizmat qiluvchi katalizatorlar qo’shilganligi bilan farq qiladi. Ammo xom-ash’yolarni maydalash,
quritish, sortlash kabi jarayonlar shishasozlikda ham, sitall ishlab chiqarishda ham bir xil.
Shixtani eritish shishasozlik texnologiyasi jarayonlari kabi kechadi. Hosil bo’lgan shishaning
tiniq va yuqori sifatli bo’lishi sitallning ham sifatli tarzda olinishini ta’minlaydi.
Shishalarni kristallanish jarayoni muxim va murakkab jarayonidir. Kristallash haroratini
to’g’ri aniqlash o’ta muhim. Aks holda buyum qo’yilgan talablarga javob bermaydi.
Sitall ishlab chiqarishda buyumga past haroratda bir necha soat davomida ishlov beriladi.
Shu vaqt ichida kristallanish katalizatorlari shisha massasidan ajrab chiqadi va juda ko’p
miqdordagi kristallanish markazlarini hosil qiladi.
Sitall kristallarining markazlarini maksimal darajada hosil qiluvchi
harorat differinstial
termik analizi orqali aniq topiladi. U DTA chizig’idan issiqlik yutish, ya’ni
endotermik effekti
pikiga to’g’ri keladi (turli tarkibli sitallar uchun 600-1000
o
C). Bunday sharoitda gomogen shisha
massasidan katalizatorlar ajralib chiqadi. Ularning o’lchami 10-100A atrofida bo’lganligi tufayli
shishaning tiniqligi va shaffofligi buzilmaydi.
Keyingi jarayon katalizator markazlari atrofida sitall kristallarini o’stirish. Buni ta’minlash
uchun o’tdondagi harorat 200-300
o
C ga oshiriladi (800-1250
o
C) va shu sharoitda shishaga 1-4 soat
davomida ishlov beriladi. Bu vaqt ichida kristallanish markazlari atrofida asosiy kristall faza o’sa
boshlaydi va o’lchami 0,1 dan 1 mkm atrofida bo’lganda bir-biri bilan to’qnashadi. Kristallarning
o’sish temperaturasi ham DTA chizig’i orqali aniqlanadi. U DTA chizig’idan issiqlik chiqarish,
ya’ni ekzotermik effektga to’g’ri keladi.
Shlak-sitallar, yan’ni sanoat chiqindilari va tog’ jinslari asosida sitall olishda ularning
tarkibiga aniqlik kiritiladi va ko’pincha tarkibini piroksen yoki melilit
kristallari tarkibiga
to’g’rilab qo’yiladi. Ulardan xuddi yuqorida aytganimizdek avval shisha, so’ngra
bir yoki ikki
usulli termik ishlov berib, kerakli tarkibga ega bo’lgan rangli sitall materiallari olinadi.Tog’ jinslari
bazalt, piroksen, melilit va boshqalardan ham sitallar olish shlaksitalli olishga o’xshash bo’lib, shu
jinslarning kristallanishga bo’lgan qobiliyati to’la o’rganish orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: