Sitall shisha moddalaridan tarkibi asosan kristall va qisman shisha tuzilishiga egaligi, boshqa
kristall moddalaridan esa nafis va bir tarkibli mikrokristall tuzilishga
ega ekanligi va tarkibida
shisha fazasining borligi bilan farqlanadi. Agar sitall kristallarining o’lchami kichik va ko’rinishi
ignasimon bo’lsa uning mexanikaviy mustahkamligi juda yuqori bo’ladi.
Sitall uchun xarakterli narsa ularning kristall donalari razmeri juda kichik,
askariyati bir
mikron va undan ham kichik o’lchamda bo’lishidir.
3. Sitallga xos xususiyatlar.
Barcha sitall buyumlari uchun xos xususiyatlar mavjud:
1. Ular o’ta yuqori mexanikaviy mustahkamlikka egadirlar. Ularning mustahkamligi prokat
list shisha mustahkamligiga taqqoslanganda 10 marta va undan kattadir;
2. Sitall yuqori mikroqattiqlikka egadir. Bu raqam 1 kvadrat mm yuzaga hisoblanganda 1100
kg atrofida bo’ladi;
3. Yumshash temperaturasi ham yuqori. Agar tarkibiga ishqor oksidi kirmagan shisha
kristallanganiga qadar 800
o
S
atrofida yumshasa, kristallan-ganidan so’ng 1350
o
S atrofigacha
yumshamaydigan bo’lib qoladi;
4. Sitallning issiqlikka chidamliligi etarli darajada bo’lib, 300-700
o
C atrofida bo’ladi.
5. Yuqori darajada elektr izolyastiyasi xossasiga ega;
6. Solishtirma og’irligi past. U 2,6-3 g/sm
3
ni tashkil etadi.
Yuqorida keltirilgan va sitallarga xos xususiyatlar ularning strukturasiga kelib taqaladi.
Sitallardagi o’lchami 1 mkm dan kam bo’lgan kristallar miqdori hajmning 20-90%
ni tashkil
qilishi mumkin. Ko’pincha tarkibi 85-90% mayda ninasimon kristall donalari va 0-15% shisha
qoldig’idan tashkil topgan materiallarning sifati juda yuqori bo’ladi.
Sitallarning issiqlikka
chidamlilik, elektr o’tkazuvchanlik, termik kengayish kabi xossalari mayda kristallarning
kimyoviy tarkibiga ham bog’liq. Agar kristall zarrachalarining
kimyoviy tarkibi spodumen,
kordierit, vollastonit, anortit, apatit, melilit, diopsidlarga to’g’ri kelsa,
u holda mahsulotning
ekspluatastion ko’rsatkichlari etarli darajada bo’ladi.
Sitalldagi qoldiq shisha va mayda kristallarning o’zaro “mato to’qish” usulida tabiiy
birikishi, ipsimon kristallarning soqol tolasi o’lchamidagi shishalar bilan “bir tan” va “bir jon”
maqomida to’qilib ketishi natijasida
buyumning amaliy mustahkamligi nazariy mustahkamlikka yaqinlashib qoladi. Masalan,
oddiy qurilish shishasining cho’zilishdagi mustahkamligi 700-2000 kg/sm
2
bo’lsa, 1 mkm
qalinligidagi kvarst shishasidan yasalgan ipning cho’zilishdagi qarshiligi 8000 kg/sm
2
ga teng
bo’ladi. Bu raqam sun’iy olmosning mustahkamligiga to’g’ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: