Sistemasi boshqariladigan obyektning faoliyatini zaruriyatga qarab o‘zgartiradi. Qabul qilingan qaror boshqaruv jarayonining asosidir



Download 183,19 Kb.
Sana16.01.2022
Hajmi183,19 Kb.
#371625
Bog'liq
Тemur Xoldorov SM 51 2


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


SIRTQI BO’LIM

Menejment yo`nalishi

SM-51 guruh talabasi Xoldorov Temurning Moliyaviy tahlil fanidan

M U S T A Q I L I SH I

Bajardi: Temur Xoldorov

Fan: Moliyaviy tahlil fanidan

Kurs: 3


Guruh: SM-51

Toshkent – 2021

Moliyaviy tahlilning muhim tamoyillari
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini tahlil qilish natijasiga asoslanib ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilinadi va u tufayli boshqaruv

sistemasi boshqariladigan obyektning faoliyatini zaruriyatga qarab o‘zgartiradi. Qabul qilingan qaror boshqaruv jarayonining asosidir.

Yangi xo‘jalik yili uchun ishlab chiqilgan reja bu korxonani kelajakda rivojlanishini ta’minlaydigan qarordir. Korxonalarning xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish jarayonida korxonada qabul qilingan biznes-rejalarning asoslanganligi tekshiriladi, rejada ko‘zda tutilmagan imkoniyatlar

aniqlanadi. Moliyaviy va boshqaruv tahlili rejalashtirish darajasini talab

darajasiga ko‘taradi, uni yana ham ilmiy asoslanganlik darajasini ta’minlaydi. Shuning uchun ham rejalashtirish bilan tahlil o‘rtasidagi bog‘liqlik aniq ko‘rinib turadi. Biznes-reja tuzish korxona faoliyatining tahlili bilan

boshlanadi va yakunlanadi. Biznes-rejaning aniq va puxta ishlab chiqilishi korxonalarning iqtisodiy rivojlanishiga zamin yaratib beradi.

Tabiat va jamiyatdagi voqelikni o‘rganuvchi va ularning tadqiq qilish obyekti deb qarovchi alohida fanning o‘zi amal qiladigan tamoyillari mavjud bo‘ladi. Tamoyillar o‘rganiladigan obyektni bir butunligi,

realligi va voqeligini tavsiflaydi. Shu jihatdan tahlilning ham iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o‘rganishda o‘zi amal qiladigan tamoyillari bor.

Mazkur tamoyillar tahlil fani obyektlarining obyektivligini,mantiqliligini, shakl-mazmunini, miqdor-sifatini va shu kabi jihatlarni tavsiflab real voqelikni yagona tushunchasini hosil qiladi.

Bu tamoyillarning xalqaro va milliy hisob andozalari asosida quyidagi shakllarini aytib o‘tish mumkin . Iqtisodiy tahlil fanining tamoyillari Tamoyillar Mazmuni Tizilmalilik Tahlil etilayotgan obyekt alohida bir butun tizilma yoki

tizilmaning elementi deb qaraladi.Ishonchlilik Olingan ma’lumotlarda xato yo‘qligi va haqqoniy

ekanligi, realligi Taqqoslanuvchanlik Ko‘rsatkichlar taqqoslanuvchanligi, ularning bir asosli tarzda turli davrlar va boshqa korxonalar faoliyati to‘g‘risidagi xuddi shunday ma’lumotlar bilan qiyosiy o‘rganish Betaraflilik Axborot foydalanuvchilarni bir guruhining zarari

hisobiga boshqa guruhlar manfaatlarining qondirishning o‘rinsizligi Davriylik

Olingan ma’lumotlarning davriy oralig‘i, xo‘jalik

faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan vaqtida

ta’minlab turish Pulli baholash Barcha aktivlar, kapital va majburiyatlarning so‘mda

ifoda etilishi Hisobga olish Daromad va xarajatlarning yuzaga chiqish vaqti, o‘rni

va markazlari bo‘yicha hisobga olinishi Mazmunning shakldan ustunligi

Ma’lumotlarning hisob va hisobotdagi shakllardan huquqiy jihatdan uning mohiyati va iqtisodiy voqeligi bo‘yicha hisobga olishdagi ifodasini ustunligi Aniq baholash Aktivlar va foydaning joriy davr bozor narxlarida qayta

Ifodalanishi Uzluksizlik Korxona xo‘jalik faoliyati yuzasidan barcha jarayonlarni o‘z yakuniga qadar hisobda uzluksiz aks ettirilishi Boshqa tamoyillar Iqtisodiy tahlil umumqabul qilingan tamoyillarga qat’iy asoslanishi lozim. Korxonalarning xo‘jalik faoliyati tahlilida tamoyillar bilimning turli jabhalari uchun qo‘llaniladi: obyektivlik, ilmiylik, tizimlilik,

aniqlik, komplekslilik, muntazamlik, taqqoslanuvchanlik. Ixtiyoriy

darajadagi xo‘jalik faoliyati tahlilini olib borishda ularga asoslanish talab qilinadi. Obyektivlik tamoyili tadqiq etilayotgan hodisa, vaziyat,

jarayonlar tekshirilgan va ishonchli iqtisodiy axborotlar tizimida ifodalangan obyektiv voqelikni aks ettirishi lozim.

Ilmiylik tamoyili tahlil o‘tkazishda ilmiy asoslangan metodika va tartiblarga tayanish lozimligini anglatadi. Tizimlilik tamoyili – tadqiq etilayotgan jarayonlar, iqtisodiy

hodisalar, xo‘jalik operatsiyalari bir-biri bilan o‘zaro aloqadorlikda, yagona tizimda o‘rganilishini anglatadi. Aniqlik tamoyili o‘rganilayotgan iqtisodiy hodisa va jarayonlar

konkret real ma’lumotlarga asoslanishi lozim, natijalar esa aniq analitik hisob-kitoblarga asoslanadi.

Komplekslilik tamoyili tizimli tahlilning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi va butun va uning qismlariga dialektik yondashuv sifatida

ko‘rib chiqiladi. Tahlil va sintez birligi haqida mulohazalarga tayangan holda hodisa va jarayonlarning barcha jihatlari ichki aloqadorlikda hamda omillar ta’sirida o‘rganish asosida xo‘jalik faoliyati haqida aniq bilimlarga ega bo‘lish va uni to‘g‘ri baholash mumkin. Demak, komp-leks yondashuv faoliyatning barcha jihatlarini qamrab olish, korxonalar iqtisodiyotidagi sabab bog‘lanishlarini har tomonlama o‘rganishni talab qiladi. Muntazamlik tamoyili hodisadan hodisagacha emas, balki oldin-dan belgilangan vaqt oralig‘ida doimiy ravishda, uzluksiz tahlil olib borilishini talab qiladi. Amaliylik tamoyili korxonalar faoliyatida kamchilik va xatolik-larni o‘z vaqtida aniqlash va kelgusida bu holatlarga yo‘l qo‘ymaslikni anglatadi. Ishlab chiqilgan tavsiyalar belgilangan natijalarga erishish maqsadida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etishga yo‘naltiriladi.

Taqqoslanuvchanlik tamoyili taqoqslanuvchanlik shartiga rioya

qilinishini talab qiladi. Taqqoslanuvchanlik ta’minlanishi uchun taqqoslanayotgan davrlarda ko‘rsatkichlar o‘lchanishi va aks ettirilishi



yagona uslubiyot bo‘yicha amalga oshirilishi lozim. Korxonalar faoliyatini tavsiflovchi axborot barcha ma’lumotdan qulay va qayta ishlashda

tushunarli bo‘lishi lozim. Mutanosib axborot manbalarida aks ettirilgan ma’lumotlar va natijalar foydali, mazmunli va turli hisobot davrlari uchun taqqoslanuvchan bo‘lishi darkor.
Download 183,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish