USBning strukturasi
USB bir vaqtning o`zida komp`yuter va periferiya qurilmalari(PQ) orasidagi axborot almashinuvini ta`minlaydi.
Shinaning PQ orasidagi bo`linib o`tkazuvchanligi xost orqali rejalashtiriladi va markerlar pasilkasi orqali yuboriladi.
Shina xost ishlayotgan vaqtda qurilmalarni uchirishi,ulashi,konfiguraciyalashi va qullashi mumkin. Xozirgi zamonaviy komp`yuterlarda har xil qurilmalarni ulash uchun, arxitekturada tashqi shinalarga katta e`tibor berilgan. Bular bo`lishi mumkin: tashqi qattiq disk, CD, DVD- qurilma, skaner, printer, raqamli kamera va boshqalar.
Ketma-ket interfeysda ma`lumot etkazish sinxron va assinxron usul bilan amalga oshadi. USB qurilmalari xab hisoblanadi yoki uning funkciyasi yoki kombinaciyasidir.
Xab(NUB)- bu shinaga qo`shimcha periferiya ulash nuqtasidir. USB funkciyasi qo`shimcha imkoniyatlarni tashkil qiladi. Bular ISDNga ulanish raqamli djostik, akustik karnaylar va boshqalar.
USB qurilmasining interfeysi ham USB bo`lishi kerak. Chunki shu qurilma xaqida ma`lumot USB bayonnomasini qo`llab quvatlashi, standart operaciyalarni bajarishi va etkazib berishi kerak. Ko`pchilik USBga ulanadigan qurilmalar o`z tarkibida xab va funkciyalari bor.
USB sistemasining ishini xost- kontroller(Hast Controller) boshqaradi, u xost kontrollerda apparat dasturi hisoblanadi.
Qurilmalar fizik ulansa ko`p qirrali yuldo`zni tashkil qiladi. Har bir yuldo`zning o`rtasi xabdir, har bir kabel sigmentida ikkita nuqta—xab boshqa xab bilan yoki xab funkciya bilan ulanadi.
Sistemada birta va faqat birta xost-kontroller mavjud bo`lib, u ham bo`lsa qurilmalar va xablar piramidasining cho`qqisida joylashgan.
Xost- kontroller bir yoki bir nechta ulanadigan nuqta- ya`ni portlar ildiz xab bilan integraciyasini ta`minlaydi.
USB kontroller odatda ikki portli xabga ega bo`lib, chipsetlar tarkibiga kiradi. USB xabga ulangan yoki konfiguraciyalashgan har bir mantiqiy qurilma xost- kontrollerga ulangan deb qaraladi.
Har bir funkciya o`zida informaciyani yuborish, olish va shina orqali boshqarish qurilmasini mujassamlaydi. Funkciyalar o`zidan mustaqil kabel bilan xab portiga ulanadigan PQ tasavvur qiladi. Fizik jixatdan birta korpusda bir nechta birta portga ulashni ta`minlaydigan xab o`rnatilgan funkciya bo`lishi mumkin.
Bu kombinaciyalashgan qurilmalar xost uchun har doim ulangan xab qurilma funkciyasidir. Har bir funkciyada PQsining resurslarga talabini ifodalovchi konfiguracion axborotni beradi. Ishlatishdan oldin funkciya xost orqali konfiguraciyalashtirilgan bo`lishi kerak. Unga kanalda chiziq ajratilishi va konfiguraciya opciisi olinishi kerak.
Funkciya misollari:
Ko`rsatkichlar – sichqoncha, planshet, nurli pero.
Kiritish qurilmasi – klaviatura yoki skaner.
Chiqarish qurilmasi – printer, ovoz karnaylari.
Telefon adapteri ISDN.
USB qurilmalarini ulashga misol.
Xab – USB arxitekturasidagi PnP sistemasidagi kalit elementdir.
Xab kabel koncentratori hisoblanadi. Ulanadigan nuqtalar xab portlari deb nomlanadi. Har bir xab ko`p bo`lsa ham birta ulanadigan nuqtani tashkil etadi. Arxitekturada bir nechta xab ulashga ruxsat etilgan. Birta xab birta chiqish portiga ega bo`lib (Upstream Port), ular xostga yoki yuqoridagi xobga ulanish uchun mo`ljallangan. Qolgan portlar chiqmaydigan hisoblanib (Downstream Ports), ular funkciya yoki quyi qismdaga xablar bilan ulanishga mo`ljallangan bo`ladi.
Xab qurilmani portga ulanganligini, uni tok bilan ta`minlashni, ularni o`chirishni boshqarib turadi.Portlardan har biri to`liq yoki qisman almashinish tezligiga ruxsat berishi, taqiqlashi yoki konfiguraciyalashi mumkin. Xab past tezlikdagi segmentlar va yuqori tezlikdagi segmentlar o`rtasidagi izolyaciyani ta`minlaydi. Xab chiqmaydigan portlarning tok bilan ta`minlanishini boshqaradi. Har bir portga tok istemoli chegaralangan bo`ladi.
USB sistemasi ma`lum qoidalar bilan bog’lanadigan uchta urovenga bo`linadi. USB qurilmasida qism interfeysi, qurilma qismi va funkcional qismdan tashkil topgan. Xost ham 3 qismga bo`linadi:
USB ning fizik qurilmalari – foydalanuvchini qiziqtiradigan funkciya bajaradigan shinadagi qurilmalar.
Client SW- xost komp`yuterda bajariladigan, konkret qurilmaga javob beradigan perifirik jixoz.
USB System SW- USB ning sistemali qo`llab quvvatlanishi, konkret qurilmalardan va PQ klientlaridan mustaqil.
USB Hast Controller – xost komp`yuterga USB ga ulash uchun dasturiy va apparatli mahsulot.
COM KETMA – KET PORTLARI
Ketma ket interfeysli COM – port(Communication Port – kommunikacion port). Birinchi bo`lib IBM PC modellarida paydo buldi. U Intel 8250 qabul qilgich, o`tkazgichning asinxron mikrosxemalarida qo`llanilgan. Port BIOS ni qo`llab quvvatlaydi, lekin port bilan boglanish faqatregistr darajasida bajarildi. Shuning uchun barcha RS komp`yuterlarida ketma ket interfeys uchun I8250 ,bilan moslashuvi qabul kilib o`zatgichlardan qo`llaniladi. Rossiyada ishlab chiqarilgan komp`yuterlarda KR 580VV51 mikrosxemasi ishlatiladi.
Ushbu mikrosxema universal sinxron – assinxron qabul kilib yuborgich sanaladi. Ushbu komp`yuterlar RS bilan COM- port darajada moslashmaydi. Registr darajasidagi COM- port bilan moslashuv zarur holat sanaladi. RSning COM- porti haqida gapira turib I 8250 registri modeli va RS-232C asinxron interfeysi bilan moslashuv nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |