Nazorat savollari:
Interfeys deganda nimani tushinasiz?
Tizimli shina sifatida qanday shinalar ishlatiladi?
Periferiyali interfeys tushunchasini izohlang?
Kengaytirish shinalari turlari va vazifasini tushuntiring?
Lokal shinalar nima vazifani bajaradi?
Periferiya shinalari afzalliklarini ayting?
Yangi universal ketma-ket periferiya shina deganda qaysi shina tyshiniladi va uning vazifasi nimadan iborat?
Port deganda nimani tushinasiz?
USBning strukturasi qanday?
USB portlar qanday qurilmalar uchun mo’ljallangan?
Fizik interfeys tushunchasini izohlang?
Bayonnoma nima vazifani bajaradi?
COM porti qanday maqsadlarda qo’llaniladi?
ELEKTRON XOTIRA
Reja:
Xotira tushunchasi
Mikroprocessorli xotira
Registrli kesh-xotira
Asosiy xotira
Asosiy xotirannng mantiqiy strukturasi
Tashqi xotira
Tayanch iboralar: xotira, mikroprocessorli xotira, registrli kesh-xotira, asosiy xotira, tashqi xotira, maxsus registrlar, SD RAM xotirasi, doimiy eslab qolish qurilmasi, segment adresi, siljish adresi, tashqi xotira, taymer.
6.1. XOTIRA TUSHUNCHASI
Xotira – har bir axborot so`zini saqlovchi joy xizmatini o`tovchi yacheykalar majmuasidir. Son yoki buyruq qiymatini saqlash uchun xotira yacheykasi ajratiladi. Xotiraga so`zni yozish uchun shu so`z saqlanishiga ajratilgan yacheyka adresi ko`rsatilishi lozim.
Barcha komp’yuterlar tuzilishi Fon Neyman printsipiga asoslangan to`rt qismdan iborat va ularning bir qismi xotira deb aytgan edik. Xotira ma`lumot va programmalar saqlash uchun xizmat qiladi.
Shaxsiy kompyuterlar xotiraning 4 ta ierarxik darajasiga ega:
• mikroprocessorli xotira (MPX);
• registrli kesh-xotira;
• asosiy xotira (AX);
• tashqi xotira (TX).
Ko’rsatilgan xotira tiplarining ikki muhim tavsifi xotira sig’imi va uning tezkorligi. Birinchi uchta tipdagi eslab qoluvchi qurilmalarning tezkorligi ularga murojaat qilish vaqti (tmur) bilan o’lchanadi, tashqi eslab qoluvchi qurilmalarning tezkorligi esa ikkita parametr bilan: murojaat qilish vaqti (tkid) va o’qish tezligi (Vo’qish) bilan o’lchanadi.
Tmur - malumotlarni qidirish, o’qish va yozish vaqtlari yig’indisi;
tkid - yig’uvchida (tashuvchi) malumotni qidirish vaqti;
Vo’qish - axborotning yonma-yon baytlarini ketma-ket (transfer) o’qish tezligi.
Umumiy qabul qilingan qisqartirishlarni eslatib o’taniz: sekund, ms - millisekund, mks - mikrosekund; 1 s=103 ms=106 mks=109 ns.
MIKROPROCESSORLI XOTIRA
Mikroprocessorli xotira (MPX) - unchalik katta bo’lmagan, lekin o’ta tezkor xotiradir (MPX ga murojaat qilish vaqti, ya’ni bu xotiradan ma’lumotlarni o’qish, qidirish yoki yozish vaqti nanosekundlar - mikrosekundning mingdan bir ulushlari bilan o’lchanadi).
U mashina ishlashining yaqin taktlarida hisoblashlarda qatnashadigan ma’lumotlarni qisqa vaqt saqlash, yozish yoki berish uchun mo’ljallangan; MPX mashinaning yuqori tezkorliligini ta’minlash uchun ishlatiladi, negaki asosiy xotira (AX) tez harakat qiladigan mikroprocessorni samarali ishlashi uchun kerak bo’lgan ma’lumotlarni qidirish, o’qish va yozish tezligini har doim ham ta’minlay olmaydi.
Mikroprocessorli xotira razryadliligi mashina so’zidan kam bo’lmagan tez harakat qiladigan registrlardan tashkil topgan. Registrlarni soni va razryadliligi turli mikroprocessorlarda turlicha: 8086 MP da 14 ta ikki baytli registrlardan to Pentium MP dagi turli uzunlikdagi bir nechta o’nlab registrlargachadir.
Mikroprocessor registrlari umumiy vazifali va maxsus registrlarga bo’linadi.
Maxsus registrlar turli adreslarni (xotira segmentlarining adreslari - Asegm, xotira yacheykalarining segmentlar ichida siljish adreslari - Abaza, Aqayd , Asil buyruqlar va b.), amallarni bajarilish natijalari va SHK ning ish rejimlari belgilarini (masalan, bayroqchalar registri) va b. saqlash uchun ishlatiladi.
Umumiy vazifali registrlar universal hisoblanadi va istalgan ma’lumotlarni saqlash uchun ishlatilishi mumkin, lekin ularning ba’zilari bir qator jarayonlarni bajarishda albatga ishlatilgan bo’lishlari shart.
MPX registrlarining tarkibi va vazifalari to’g’risidagi batafsilroq ma’lumotlarni [4] ishda ko’rib chiqish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |