Sirtqi” fakulteti “ ” kafedrasi


Iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida tovar tushunchasi va korxonalarda tovar ishlab chiqarishni samarali tashkil etish



Download 0,79 Mb.
bet3/7
Sana09.04.2023
Hajmi0,79 Mb.
#926331
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tovarning nafliligi va qadr qimmati toʻgʻrisidagi nazariyalar

Iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida tovar tushunchasi va korxonalarda tovar ishlab chiqarishni samarali tashkil etish



Tovar-pul munosabatlarini tushunishda tovarning mazmunini, uning xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga egadir. Tovarga ta’rif berishda ham iqtisodchilar tomonidan turlicha yondashuvlar mavjud. Jumladan, ye.F.Borisov ta’rifiga ko‘ra «Tovar – bu bozorda boshqa tovarga ekvivalent asosida ayirboshlashga mo‘ljallangan, mehnat orqali yaratilgan ijtimoiy naflikdir».
Bundan ko‘rinadiki, u tovarga inson mehnati mahsuli sifatida qaraydi.
V.I.Vidyapin va boshqalar tahriri asosida tayyorlangan darslikda «ne’mat» va «tovar» tushunchalariga keng izoh berilgan. Unda tovar iqtisodiy ne’matning maxsus shakli bo‘lib hisoblanishi ko‘rsatib berilgan: «Tovar – bu ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan maxsus iqtisodiy ne’mat». Bu va boshqa qator olimlarning fikrlari asosida ta’kidlash mumkinki, tovar – bu biron-bir naflilikka va qiymatga ega bo‘lgan ayirboshlash uchun yaratilgan mehnat mahsuli.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida mamlakatlarda ishlab chiqarilayotgan millionlab turdagi mahsulotlar va ko’rsatilayotgan xizmatlar tovar shaklini olgan. Jumladan, O’zbеkistonda ham ishlab chiqarilayotgan ko’plab turdagi tovarlardan ba’zilarini misol kеltirish mumkin
Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida tovar ishlab chiqarishni rivojlantirish iqtisodiyotni modеrnizatsiyalash va divеrsifikatsiyalash jarayonlarini kuchaytirishni taqozo etib, bu mamlakatimizdagi 2019-2012 yillarga mo’ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturida ham o’z ifodasini topgan1. Ishlab chiqarishni zamonaviy tеxnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan tеxnik va tеxnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o’z ichiga oluvchi ishlab chiqarishni modеrnizatsiyalash jarayoni pirovardida tovarlar miqdorining oshishi, sifatining takomillashuvi va turlarining ko’payishiga imkon yaratadi. Ayniqsa, ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, mahsulot va xizmatlarni sotish bozorlarini kеngaytirish maqsadida tarmoq va korxonalar faoliyat sohalarini kеngaytirish, mahsulot va xizmatlar assortimеntlarini ko’paytirish, ularning sifatini takomillashtirishdan iborat divеrsifikatsiya jarayoni tovar ishlab chiqrishni kеngaytirishning muhim yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.

1-jadval 2

O’zbеkistonda 2017-2018 yillarda ishlab chiqarilgan ba’zi tovar turlari


Tovar mahsulotlari nomlari

2017 yil

2018 yil

Еngil avtomobillar, dona

171809

195038

Avtobuslar, dona

1116

1556

Avtomobillar uchun ehtiyot qismlar, mln. so’m

103959,4

141522,4

Traktorlar, dona

2411

2437

Traktor kultivatorlari, dona

1562

1773

Akkumulyatorlar, ming dona

443

447

Tеlеvizorlar, dona

93527

47621

Muzlatgichlar va sovutgichlar, dona

10774

6218

Paxta tolasi, ming tonna

1125,4

1174,2

Gazlamalar, mln. kv.m

160,5

114,1

Trikotaj buyumlar, ming dona

30883

29163

Sut va sut mahsulotlari, ming tonna

16,4

19,4

Mеva-sabzavot konsеrvalari, mln. Shartli banka

112,9

157,9

Shakar, ming tonna

170,9

254,3

O’simlik yog’i, ming tonna

277,5

284,6

Un, ming tonna

1440,7

1425,6

Manba: O’zbеkiston Rеspublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.


Tovar ikki xususiyatga ega: birinchidan,
u kishilarning qandaydir ehtiyojini qondiradi; ikkinchidan, u boshqa buyumga ayirboshlana oladigan buyumdir. Boshqacha aytganda, tovar iste’mol va almashuv qiymatlariga ega.
Buyumning iste’mol qiymati shundan iboratki, u kishilar uchun foydali, naflidir. U shaxsiy iste’mol buyumi yoki ishlab chiqarish vositalari sifatida kishilarning biron- bir ehtiyojini qondiradi.
Naflilikni aniqlashda ham turlicha yondashuvlar mavjud. Masalan, marjinalizm maktabi asoschilari ham, ularning keyingi davomchilari ham tovarlar nafliligini aniqlashda alohida olingan individning hayolidagi psixologik yondashuv bilan, ya’ni hech kim bilan aloqasi bo‘lmagan o‘rmondagi cholning yoki kimsasiz orolda bir o‘zi qolib ketgan Robinzonning hayoli bilan aniqlash usulini qo‘llaydilar. Xolbuki, tovar ayirboshlash jamiyat a’zolari o‘rtasida, gavjum bozor qatnashchilari o‘rtasida sodir bo‘ladi. Ular naflilikning negizida obyektiv iqtisodiy jarayon borligini, naflilik tabiat ashyosi bilan jonli mehnatning birikishi natijasida, to‘g‘rirog‘i naflilik aniq mehnat bilan tabiat ashyosining xususiyatlari o‘zgartirilishi natijasida vujudga kelishini o‘ylab ham o‘tirmaydilar. Albatta, tabiatda mavjud bo‘lgan yoki inson mehnati bilan yaratilgan har qanday narsa ham naflilikka ega bo‘lavermaydi.
Shuning uchun iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy zaruriy naflilik degan tushuncha ishlatiladi va bozor mana shu ijtimoiy zaruriy naflilikni tan oladi.

Ijtimoiy zaruriy naflilik deb talab miqdoriga mos keladigan miqdordagi naflilikka aytiladi.


Ne’matlar tovar bo‘lishi uchun, ular ayirboshlashga mo‘ljallangan, ma’lum mehnat sarflangan, bozorga sotishga chiqarilgan bo‘lishi zarur. Shunga ko‘ra, Tovar mahsulotdan farqlanadi. Tovar, eng avvalo, o‘z iste’moli uchun emas, balki boshqalarning iste’moli uchun bozorga sotish maqsadida tayyorlanadigan mahsulotdir. Tovarning natural-buyum va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlari, xususiyatlari ana shundan kelib chiqadi.
Tovarning almashuv qiymati bu biror turdagi naflilikning boshqa turdagi naflilikka ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbatidir. Masalan, bitta bolta 20 kg donga ayirbosh qilinadi. Ayirbosh qilinadigan tovarlarning bu miqdoriy nisbatida ularning almashuv qiymati ifodalanadi.
Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari fikriga ko‘ra, tovarlar qiymatining umumiy asosi bo‘lib mehnat hisoblanadi, shu sababli ular ma’lum miqdorlarda bir- biriga tenglashtiriladi. Tovarlarning og‘irligi, hajmi, shakli va shu kabi tabiiy xususiyatlaridan birortasi qiymatning umumiy asosi bo‘la olmaydi. Ayirboshlashning zarur sharti bo‘lib tovarlarning turlicha nafliligi hisoblanadi. Biroq, turli tovarlarning nafliligi sifat jihatidan farq qilish bilan birga miqdoriy o‘lchamga ega emas. Miqdor jihatdan taqqoslash uchun tovarlarda mavjud bo‘lgan umumiy narsa – ularni yaratish uchun sarflangan mehnatdir.
Tovarlar o‘lchovdosh bo‘lishining boisi shuki, bularning hammasi umuman inson mehnati mahsulidir, ya’ni inson kuchi, miyasi, mushagi, asablari va hokazolari sarfning mahsulidir. Tovarda mujassamlashgan ijtimoiy mehnat uning qiymatini tashkil qiladi. Bu qiymat tovar ayirboshlaganda ko‘rinadi, shuning uchun almashuv qiymati (ya’ni iste’mol qiymatlarini ayirboshlash nisbati) qiymat shakli bo‘lib, uning ichki mazmunini tashkil etadi. Bu holat L.M.Kulikov tomonidan qiymat va almashuv qiymatini tovarning alohida asosiy xususiyatlari sifatida ajratilib ko‘rsatilishida namoyon bo‘ladi. «Qiymat bu tovar ishlab chiqarish va uni sotish (ko‘pincha qisqacha qilib «ishlab chiqarish xarajatlari» deb ataydilar) qanchaga tushganligi ifodasidir. Tovarni ayirboshlaganda (sotilganda) ishlab chiqaruvchi (sotuvchi), tabiiyki, o‘z xarajatlarini qoplashni istaydi, biroq bozorda boshqacha nisbatlar tarkib topishi mumkin. Endi ularni boshqa ko‘rsatkich – almashuv qiymati ifodalaydi. Bu bir tovar boshqasiga ayirboshlanadigan miqdoriy nisbatdir»3 Tovarning o‘zi esa ikki tomon naflilik va qiymatning uzviy birligidan iboratdir.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, L.Kulikov tomonidan qiymatga berilgan yuqoridagi ta’rif ba’zi hollarda iqtisodchilar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan yanglish fikrlardan ham holi emas. Ya’ni, qiymatning ishlab chiqarish xarajatlari bilan ayniylashtirilishini u tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolik deb hisoblaymiz (ishlab chiqarish xarajatlari qiymatning bir qismi bo‘lib, miqdor jihatidan undan kamdir).
Tovar qiymatining miqdori ijtimoiy-zaruriy ish vaqti orqali hisoblanadi. Ijtimoiy zaruriy ish vaqti muayyan ijtimoiy normal ishlab chiqarish sharoitida va muayyan jamiyatdagi mehnat malakasi va jadallashuvi darajasi o‘rtacha bo‘lgan sharoitda biron bir tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan ish vaqtidir. Tovar qiymatining miqdorini hisoblashda mehnatning oddiy va murakkab, malakali va malakasiz, aqliy yoki jismoniy turlari hisobga olinadi. Qiymatni hisoblashda nisbatan murakkab mehnat ko‘paytirilgan yoki darajaga ko‘tarilgan oddiy mehnat sifatida hisobga olinadi, shu sababli oz miqdordagi murakkab mehnat ko‘p miqdordagi oddiy mehnatga tenglashtiriladi.
Tovarning ikki xil xususiyatga ega bo‘lishiga sabab tovar ishlab chiqaruvchi mehnati tabiatining ikki tomonlamaligidadir. Bir tomondan, bu – muayyan turdagi aniq mehnatdir. Shuning uchun, iste’mol qiymatni yaratgan mehnat aniq mehnat deb nom olgan (1-rasm).










Aniq mеhnat

Ijtimoiy nafliligi

Ijtimoiy zaruriy naflilik

Mеhnat


Tovar

Talabga mos miqdordagi tovar

Abstrakt mеhnat

Ijtimoiy qiymati

Ijtimoiy zaruriy mеhnat
1-rasm.4 Mehnatning ikki yoqlama xarakteridan kelib chiquvchi tovarning ikki xil xususiyati.
Ikkinchi tomondan, mehnat – aniq shakldan qat’iy nazar, umuman sarflangan inson ishchi kuchidir, jami ijtimoiy mehnatning bir qismidir. U o‘zining shu sifatida abstrakt mehnat deb ataladi. Bu mehnat esa tovar qiymatini yaratadi.
Qiymat tovarning emas, balki faqat mehnatning ijtimoiy xossasi bo‘lib, unda tabiat ashyolarining birorta ham molekulasi, zarrachasi yo‘qdir. Qiymatning asosida odamlar bir-birlari uchun mehnat qilishlarini bildiruvchi ijtimoiy mehnat yotadi. Biroq, alohidalashgan tovar ishlab chiqaruvchilar mehnati o‘zining ijtimoiy xususiyatini faqat mehnat mahsullarini ayirboshlash orqali ko‘rsatadi.
Tovarlar qiymatining miqdori mehnat unumdorligiga qarab o‘zgaradi. Mehnat unumdorligi ma’lum ish vaqti birligi mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan ish vaqti bilan o‘lchanadi. Mehnat unumdorligining o‘zgarishi tovar birligi qiymatining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Mehnat unumdorligi o‘ssa, tovar birligining qiymati kamayadi yoki aksincha, mehnat unumdorligi pasaysa, tovar birligining qiymati oshadi.
Mehnat intensivligi ish vaqti birligi mobaynida sarflangan mehnat miqdori orqali tavsiflanuvchi ko‘rsatkich hisoblanadi. Mehnatning intensivligi deganda ish vaqti birligi davomida ishchi kuchi sarfi orqali aniqlanuvchi mehnat jadalligining darajasi tushuniladi. Mehnatning jadallik darajasini aniqlashda ish kunining davomiyligi yoki bir soat vaqt birligi sifatida qabul qilinadi. Mehnat intensivligining oshishi muayyan vaqt davomida ko‘proq qiymat yaratilishiga imkon beradi.
Tovarlarni tasniflash (klassifikatsiya1)- bu ularni biror bir umumiy belgilariga bog‘liq holda kategoriyalarga, darajalarga taqsimlab chiqishning mantiqiy jarayonidir. Tasniflash inson faoliyatining barcha sohalarida muhim ahamiyatga egadir. Fanda u tadqiqotlar natijalarini umumlashtiradi va tartibga soladi hamda ilmiy izlanuvchanlikning muhim vositasi hisoblanadi.
Tovarshunoslikda tovarlar, ularning xususiyatlari, sifat ko‘rsatkichlari kabilar tasniflanadi. Bugungi kunda bozorda o‘n minglab nomdagi tovarlar mavjuddir, ilmiy-texnik taraqqiyot natijasida esa ularning nomenklatura2si yanada kengayib bormoqda.
Ko‘pdan-ko‘p ashyolarni biron umumiy alomatiga ko‘ra guruhlar, sinflar va boshqa bo‘linmalarga taqsimlash tasniflash deyiladi. Mahsulotni birgina alomatiga ko‘ra tartibga solish guruhlash deyiladi. Odatda tasnif­lash oddiy guruhlashdan farq qiladi va o‘zaro bog‘langan bir necha taqsimot bosqichlari bo‘ladi. Bir-biriga muayyan tarzda bo‘ysinishgan bo‘linmali mahsulotni tasniflash yo‘li ierarxik tartibga solish deyiladi.



  1. Tovar nafliligi turlari, tovarning xususiyatlari va sifati

Sanoat mahsulotlarining asosiy tasniflash alomatlari quyidagilardir: kelib chiqishi (qora metallurgiya, mashinasozliq kimyo sanoati, neftni qayta ishlash sanoati va hakazolar); ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvi (xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg‘i hamda elektr energiyasi va boshqalar); vazifasi (flyuslar, dizel yoqilg‘isi, sovutuvchi suyuqliklar, payvand elektrodlari va h.k.). Ishlab chiqarish-texnik ahamiyatidagi mahsulot shakli, kattaligi va boshqa alomatlardan iborat tabiiy holatiga ko‘ra ham tasnif qilinadi.


Mahsulot sarfini hamda mahsulot zahiralarini me’yorlashtirishda, moddiy texnika ta’minoti rejalarini ishlab chiqishda, milliy iqtisodiyotni moddiy resurslar bilan ta’minlash holatini nazorat etib turishda va boshqa ishlarda ana shu tasnifikatordan foydalaniladi. Kodlashtirish natijasida mahsulot nomlariga shartli belgilar (kodlar, shifrlar, nomenklatura nomeri) qo‘yiladi, bu narsa murakkab nomlardan qochishga, iqtisodiy axborot ishlab chiqishni avtomatlashtirishga imkon beradi.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish