Sirtqi fakultet



Download 101,22 Kb.
bet1/3
Sana04.03.2022
Hajmi101,22 Kb.
#482677
  1   2   3
Bog'liq
Мустакил иш. (Эссе)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI



SIRTQI FAKULTET

IQTISODIYOT, BOSHQARUV, SOLIQLAR VA SUG’URTA” KAFEDRASI



MENEJMENT” TA’LIM YO’NALISHI 2-KURS M-80 GURUXI TALABASI MANSUROV DAVRONJONNING
INNOVATSION TADBIRKORLIK” FANIDAN
MUSTAQIL ISHI


TOSHKENT-2021.


Mavzu: Innovatsion tadbirkorlikda startaplar va ularning o’ziga xos jihatlari
1. Startaplarning taraqqiyot yo’lidagi xissasi
2. Startaplarning о‘ziga xos xususiyatlari
3. Startaplarning ustunlik jihatlari va kamchiliklari
4. Xulosa



  1. Startaplarning taraqqiyot yo’lidagi xissasi

Rivojlangan mamlakatlar tajribasi kо‘rsatib turibdiki, qayerda startaplar rivojlanayotgan bо‘lsa, shu yerda taraqqiyot yanada yuqori darajaga kо‘tarilmoqda. Chunki о‘zini oqlagan startaplar an’anaviy biznesga qaraganda о‘sha sohani tezroq rivojlantiradi va yangi ish о‘rinlarini yaratadi. Shuning uchun ham mamlakatga startaplar va ularni yarata oladigan yangicha fikrlovchi intellektlar hamisha kerak.
Xorijiy nashrlarda startaplarga bag‘ishlangan tadqiqotlar turli-tuman va rang- barang. Respublikamizda ularni о‘rganishga bag‘ishlangan maqola va ma’lumotlarning juda kamligi yoshlar о‘rtasida startaplar haqidagi fikrlar tor doirada qolishiga olib keladi. Shuning uchun mazkur maqolada mamlakat taraqqiyotida startapning о‘rni, о‘ziga xos xususiyatlari, berilgan ta’riflar, ularning ustunlik jihatlari va kamchiliklari, vujudga kelib, rivojlanish bosqichlari va О‘zbekistondagi о‘ziga xos jihatlari о‘rganilgan, tahlil qilingan xulosa va takliflar berilgan.
Jahon tajribasi kо‘rsatmoqdaki, barqaror iqtisodiy о‘sishni ta’minlash axolining muammolariga tezda diqqat qaratadigan, uning turmush darajasiga hamda uning sifatini kо‘tarishda innovatsion kompaniyalar – startaplar muhim rol о‘ynamoqda, kuchli drayveri bо‘lib xizmat qilmoqda. Aynan startaplarning faoliyati innovatsion kompaniyalar sifatida yangi ishlab chiqarish, xizmat kо‘rsatish turlarini kо‘paytirish, ularga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish va muvofiq ravishda bu boradagi ilmiy-tadqiqqot ishlarini kuchaytirishga qaratilgan. Ular amaliyotda amaliy tadqiqotlar va ishlanmalar ustuvorligi yо‘nalishlarini о‘zgartirishga olib keladi. U-Report О‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda О‘zbekistonda Start-up loyixalari qanday rivojlanayotganini о‘rganish maqsadida sо‘rov о‘tkazdi. unda 8800 dan ortiq respondentlar qatnashgan. Ularning 68 %i startap loyihalari tо‘g‘risida aniq tasavvurga ega emas, ularning 22 %i javob berishga qiynalayotganlik- larini aytishgan, qolganlari esa startap mezonlariga javob bermaydigan turli xil variantlarni tanlashgan. Faqat 32% respondentlar fikriga kо‘ra, Start-up (startap) bu innovatsion biznes. Bu kо‘pchilik yoshlarimizning startap haqida tushunchasi yо‘qligini kо‘rsatadi.
Startaplarni tadqiq etishga bag‘ishlangan maqolalar turli nuqtai nazardan yondashib yozilgan, jumladan, amerikalik tadbirkor Stiven Blank startaplarni takrorlanadigan va kengaytirish imkoni mavjud vaqtinchalik biznes-model sifatida ta’riflaydi [2]. Erik Risning fikricha yuqori noaniqlik sharoitida yangi mahsulot yoki xizmatni yaratadigan tashkilotni startap deb atash mumkin [3]. Pol Grem esa texnologik innovatsiyalar va venchur kapital mablag‘lari mavjudligi muhim emas. Kichik yosh esa kompaniyani startaapga aylantirmaydi, deb ta’kidlaydi va kompaniyaning tez о‘sishini startapning asosiy xarakteristikasi sifatida kо‘radi (asosiy kо‘rsatkichlar haftasiga 4-7%gacha о‘sadi). Ruiqing Cao, Rembrand Koning, Ramana Nanda (Harvard Business School) raqamli platformadagi ma’lumotlarni tadqiq etish orqali iste’molchilarning tanlovlariga muvofiq ravishda startaplarning boshlang‘ich innovatsion yо‘nalishlariga ta’sir о‘tkazish masalalarini о‘rganilgan. H. Wang, P. Liang, H. Li, R.Yang о‘z ilmiy-tadqiqotlarida texnologik ishlanmalarga yо‘naltirilgan investitsion loyihalar va ularning moliyalashtirish manbalari, investitsiya riski о‘rtasidagi о‘zaro bog‘liqlikni о‘rganishgan.
L.A. Vartanovaning tadqiqoti startaplar uchun moliyalashtirish manbaini qidirib topishda vujudga keladigan munosabatlarni о‘rganishga qaratilgan. V. A. Vernikov о‘z maqolasida venchur investitsiyalarni jalb qilish uchun chet el tajribalarini о‘rganish asosida biznesni rejalashtirish nazariy va metodologik asoslarini tahlil qiladi. Aliyev T.X. tomonidan startaplar yaratish jarayonida marketing qanday о‘rin tutishi, roli, venchur bozorning о‘ziga xos xususiyatlari о‘rganilgan. Startap loyihalarda marketingga alohida diqqat qaratish zarurligi asoslangan. N.S. Nedzvetskiy startaplarni venchur invevtitsiyalashning asosiy obyekti sifatida qarab, ularni venchur moliyalashtirishning boshqa shakllaridan farqini, asosiy va maxsus tavsiflarini kо‘rsatadi. D.I. Rо‘ziyevaning tadqiqoti kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirishda investitsiyalarning о‘rni, tadbirkorlikning innovatsion salohiyatining oshirish yо‘llari, ularni qо‘llab-quvvatlashda venchur tadbirkorligining rolini kо‘rsatishga qaratilgan. Respublikamizda startaplar va ularning rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar nixoyatda kam. Ayniqsa, о‘quv adabiyotlari, ilmiy nashrlarda ham startap va ularning mazmun-mohiyatini ochib berishga qaratilgan tadqiqotlar yо‘qligi mazkur talqiqotning dolzarbligini belgilaydi. «Startap» sо‘zi Start-up tushunchasidan kelib chiqqan. Uning tarjimasi ish boshlash degan ma’noni bildiradi. U о‘tgan asrning 30-yillarida amerikalik ikki talaba - Hewlett va Packard kichik korxona tashkil etishgan va uni shunday atashgan. Uning kelajagi porloq bо‘lib, kelgusida HP - Hewlett-Packard nomi bilan mashhur bо‘lib ketdi. Internetda kо‘rsatishlaricha, bu termin birinchi marta 1976 yili avgustda Forbes, 1977 yili sentabrda Business Week jurnalida ishlatilgan bо‘lib, 1990 - yillarda iqtisodiy pufak dotkomlar vujudga kelishi bilan keng tarqalgan.
Startaplarning eng muhim jihati kompaniya rivojlanish va targ‘ib qilishni talab qiladigan biznes g‘oyasiga ega. Uni yaratuvchilari bozorni о‘rganish va uni qanday zabt etish uchun mablag‘ qidirish va topish bilan band. L.A. Vartanovaning fikricha startap - bu innovatsion loyiha, о‘z biznesini yangi innovatsion g‘oyalar asosida yoki yangi paydo bо‘lgan texnologiya asosida qurishga qaratgan rivojlanishning dastlabki bosqichida turgan (ehtimol yuridik shaxs bо‘lib ulgurmagan) daromadlarini hamda biznesining qiymatini о‘sishiga umid qilayotgan kompaniya.
Startap - yangidan yaratilgan, vaqtinchalik tarkib, qisqa muddat davomida yangi tovar va xizmatlar yaratish, kelgusida takror ishlab chiqarish, foyda olishga, rentabelli va kengaytirish mumkin bо‘lgan biznes modelni izlash, noaniqlik sharoitida istiqbolli bozorlarni tadqiq etish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot. Shuni ham anglash muhimki, startaplar kо‘pincha texnik taraqqiyot yutuqlarini ilgari surish bilan shug‘ullanmaydilar, balki undan foydalanadilar.
Boshqalar iste’molchilarga innovatsion tovarlar va xizmatlarni taklif etuvchi, ayni paytda mos keladiga biznes texnologiya va moliyaviy qо‘llab- quvvatlovchilarni qidirish bilan band kelajagi noaniq kompaniyalar sifatida tushunadilar. Har qanday kompaniya qaysi sohada bо‘lishidan qat’iy nazar startap bо‘lishi mumkin.

  1. Startaplarning о‘ziga xos xususiyatlari



Download 101,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish